Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha
Download 273.08 Kb.
|
ARXIVSHUNOSLIK MUTAXASIS TAYYORLASHDA HARAKTERI VA XUSUSIYATLARI
Kataloglarning turlariArxiv kataloglari tuzilish qoidalariga ko’ra ikkiga bo’linadi: mantiqiy tuzilishdagi kataloglar va alfavit tuzilishidagi kataloglar. Birinchi tur kataloglarda arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar mantiqiy uzaro bog’liq holda bo’ladi. Ikkinchi tur kataloglarda esa hujjatlar haqidagi ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan holda, ya’ni alfavit bo’yicha joylashgan bo’ladi. Mantiqiy tuzilishdagi kataloglar qatoriga sistematik, xronologik, mavzuiy asoslarda tuzilgan kataloglar kiradi. Alfavit tuzilishli kataloglar tarkibiga – ismlar katalogi, geografik nomlar katalogi va boshqa shunga o’xshash kataloglar kiradi. Sistematik katalog arxiv kataloglari turlaridan biridir. Bunda hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bilim sohalari yoki ijtimoiy faoliyat sohalari bo’yicha guruhlashtiriladi. Keyin mantiqiy bog’langan holda ketma-ket joylashtiriladi. Sistematik katalog umumiy va ayrim tushunchalarning o’zaro bog’liqligi va munosabati asosida tuziladi. Masalan, «Din» umumiy tushunchasiga quyidagi ayrim tushunchalar kiradi: «Islom», «Xristianlik», «Induizm», «Iudaizm» (yaxudiylik), «Buddaviylik». O’z navtabida «Islom» ham umumiy tushuncha bo’lib, ayrim tushunchalarga bo’linadi. Bunday bo’linish «oliydan oddiyga», «umumiydan ayrimga» tamoyili bo’yicha davom etadi. Barcha turkum tarhlari ichida sistematik kataloglar tarhlari eng murakkabidir. Hozir butun dunyo kutubxona va arxivlarida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida «Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» sistematik kataloglar uchun keng foydalaniladi. Bu turkum asosida davlat arxivlarida sistematik kataloglar uchun turkum tarhi ishlab chiqilgan. «O’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning mohiyati shundaki, bitta umumiy tushunchaga bo’ysungan, bog’langan bir guruh predmetlar bir deb qabul qilingan. Umumiy tushunchalar ayrim tushunchalarga bo’lingan. Bu tizimga binoan arxivdagi barcha ma’lumotlar 10 klassga (1 dan 9 gacha, 0 - umumiy) bo’lingan. Ular o’z navbatida yuzdan, ming-dan bir qism va boshqa mayda bo’laklarga bo’linadi. «Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning asosiy bo’limlari quyidagilar: Umumiy bo’lim. Falsafa. Din. Ijtimoiy fanlar. Filologiya. Tilshunoslik. Matematika. Tabiiy fanlar. Amaliy bilimlar. Tibbiyet. Texnika. San’at. Fotografiya. Tomoshalar. Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Ulkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix. «Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» kutubxona kitoblari uchun ishlab chiqilgan bo’lsa-da, undan ish yuritish va arxiv materiallarini turkumlash uchun ham foydalansa bo’ladi. Mavzuiy kataloglar. Davlat arxivlarida sistematik kataloglar 60-yillardan keng tarqala boshlagan. Unga qadar arxivlarda asosan mavzular bo’yicha kataloglar tuzilgan. Hozir ham mahalliy shahar, viloyat davlat arxivlarida - sistematik kataloglar tuzish imkoni bo’lmaganligi sababli mavzu bo’yicha kataloglar asosiy ma’lumotnomalardan biri hisoblanadi. Bunday kataloglarda mavzu yana kichik mavzuchalarga bo’linadi. Ular o’z navbatida yana mayda bo’laklarga bo’linadi. Masalan, Turkiston general-gubernatorligida milliy-ozodlik harakati mavzusi bo’yicha katalogda quyidagi kichik mavzular bo’lishi mumkin: Po’latxon qo’zg’oloni, 1898 yilgi Andijon qo’zg’oloni, 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni va hokazo. Bularning har biri yana mayda bo’laklarga bo’linishi mumkin. Xronolog katalog. Bunday katalog turkumi tarhi davrlar, asrlar, yillar kabi bo’laklarga bo’linadi. Masalan, MDAda saqlanayotgan vaqfnomalar uchun xronologik katalog tuzilsa, u asrlar bo’yicha bo’lishi mumkin: XIII asr, XIV asr, XV asr, XVI asr, XVII asr, XVIII asr, XIX asr. Xar bir asr katalogning bo’limi hisoblanadi. Bo’limlar bo’linmalarga ellik, o’ttiz, yigirma, o’n yilliklarga bo’linadi. Masalan, XVIII asr: 1701-1710, 1711-1720, 1721-1730, 1731-1740 yillar va hokazo. Ismlar katalogi. Ismlar katalogida bo’limlar familiyalardan iboratdir. Bo’limlar ichida bo’linmalar u yoki bu shaxs faoliyatining u yoki bu qirralarini yoritadi. Masalan, Fayzulla Xo’jayev: Davlat faoliyati; partiyaviy faoliyati; ilmiy faoliyati; kitoblar; broshyuralar; maqolalar; ma’ruzalar; xatlar, u haqidagi maqolalar. Bo’limlarda familiyalar alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Bo’linmalar va bo’linmaning bo’lakchalari alfavitlar bo’yicha emas, sistematik mantiqiy ravishda birin-ketin joylashtiriladi. Geografik katalogning turkum tarhi alfavit tartibida joylashgan geografik va topografik nomlardan: viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqalardan iborat. Viloyatlar, shaharlar nomlari bo’limlar hisoblanadi va alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Masalan, Toshkent shahri quyidagi bo’limlarga bo’linadi: tarixi, aholisining soni va tarkibi, oliy o’quv yurtlari, texnikumlar, maktablar, sanoat korxonalari va hokazo. Hozir barcha yirik davlat arxivlarida sistematik, ismlar, geografik kataloglar mavjud. Bu ma’lumotnomalar tadqiqotchiga ishlayotgan mavzu bo’yicha kerakli arxiv hujjatlarini tezda topish va foydalanish imkonini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling