Arxivlarda foydalanilgan hujjatlarni hisobga olish yo’lga qo’yilgan. Har bir yig’majildda
«Foydalanish varaqasi» mavjud bo’lib, unda mazkur yig’majilddagi hujjatlardan kim,
qachon
va nima maqsadda foydalanganligi qayd etiladi.
Arxiv o’quv zallarida tadqiqotchilar haqida, ularnin bu yerga tashrifi va ularga berilgan yig’majildlarning miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar yozib boriladi. Arxivlarda tadqiqotchilarning shaxsiy yig’majildlari
saqlanadi, ularning mavzulari qayd etiladi va tashriflar kitobi yuritiladi. Bundan tashqari arxivga kelgan talabnomalar, ularga muvofqi berilgan ma’lumotnomalar hisobi ham olib boriladi.
Hujjatlardan
foydalanish – arxivlarda saqlanayotgan hujjatlardan ilmiy,
ijtimoiy, iqtisodiy va shaxsiy maqsadlarda istifoda olish
maqsadlari – arxiv hujjatlaridan foydalanishni taqozo etuvchi konkret ehtiyojlar (ilmiy, xo’jalik, ijtimoiy, shaxsiy, ma’naviy-ma’rifiy va hokazo.)
Hujjatlardan foydalanish
shakllari – arxiv hujjatlari mazmunini mutaxassislar va keng jamoatchilikka
yetkazish usullari
Nazorat savollari
Arxivlarning faoliyat ko’rsatishidan asosiy maqsad nima?
Hozirgi kunda arxiv hujjatlaridan qanday maqsadlarda foydalanilmoqda?
«Arxivlarning tarix fanini rivojlanishidagi o’rni»mavzusida fikr yuriting.
Arxiv hujjatlaridan foydalanishning qanday shakllarini bilasiz?