Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha
Download 273.08 Kb.
|
ARXIVSHUNOSLIK MUTAXASIS TAYYORLASHDA HARAKTERI VA XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish
Manbalar va adabiyotlarAlimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997. Arivlar to’g’risida: O’zR 1999 yil 15 aprelp qonuni// O’zbekistonning yangi qonunlari. 21-son. Toshkent, 1999. - Mavzu: Arxiv muassasalari ishini tashkil etish Reja: Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etishArxivlarda mehnatni tashkil etish Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlariArxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi huzuridagi Arxiv Boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining arxiv bo’limlari arxiv ishini boshqaruvchi vakolatli davlat organilari hisoblanadi. O’zR va QQR davlat arxivlari (ularning filiallari), viloyat davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivi bevosita arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlariga bo’ysunadi. Arxiv ishini boshqarish vakolati organining faoliyatini tashkil etish tartibi hamda tuzilishi O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat arxiv muassasalarini moliyalash tegishli byudjet mablag’lari hisobiga, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. Pulli xizmat ko’rsatishdan hamda moliyalashning boshqa qo’shimcha manbalaridan olinadigan mablag’lar arxiv muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda ularning xodimlarini moddiy rag’datlantirishga yo’naltiriladi. 68 O’zbekiston Respublikasi «Arxivlar to’g’risida»gi Qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga binoan arxivlarni boshqarish vakolatli organlari o’z ishini tashkil etadi. O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi: hujjatlarni ekspertiza qilish va DAFni to’ldirish ishiga boshchilik qiladi; hujjatlarni davlat arxivlariga taqsimlash masalalarini hal etadi; barcha muassasalar, tashkilotlar va korxonalar uchun majburiy bo’lgan hujjatlar bilan ishlashning qoida va yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqadi; DAF hujjatlarining ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish, ulardan foydalanish va ularni saqlash ishlarini tashkil etadi; davlat va muassasa arziqlarida saqlanayotgan hujjatlarni markazlashgan holda hisobga oladi; arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, hujjatlarni nashr etishga boshchilik qiladi; chet el arxiv muassasalari bilan hamkorlik qiladi; kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va tarbiyalash bo’yicha ish olib boradi; arxiv inshootlari, laboratoriya va ustaxonalar qurilishi hamda ularni ta’mirlash masalalari bilan shug’ullanadi. Viloyat arxiv bo’limlari ham o’z vakolati doirasida mazkur masalalar bilan shug’ullanadilar (chet el arxiv muassasalari bilan aloqa qilish, umumdavlat miqyosidagi normativ hujjatlar chiqarish kabi masalalar bundan mustasno). Markaziy va mahalliy arxivlarni boshqarish vakolatli organlari arxiv ishining istiqbolini belgilaydi, har bir bosqichda arxiv muassasalarining ustivor vazifalarini belgilab beradi. Markaziy davlat arxivlari bevosita Bosh arxiv boshqarmalariga, viloyat arxivlari va ularning filiallari esa viloyat arxiv bo’limlariga bo’ysunadilar. Yuqori arxiv organlari tomonidan boshqarish ishini tashkil etish asosan 3 ta vazifani bajarishga qaratilgandir: 1) vazifalarni belgilash; 2) yordam berish; 3) nazorat qilish. Arxivlar ishlarini takomillashtirishda yuqori tashkilotlar tomonidan olib boriladigan tekshirishlar muhim o’rin tutadi. Arxiv faoliyati vaqti-vaqti bilan kompleks tarzda yoki konkret yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi. Tekshiruvchilarning vazifalari faqatgina kamchiliklarni oshkor qilishdan emas, balki ishni yaxshilash yo’llarini ko’rsatish hamda ilg’or ish uslublarini aniqlash va yoyishdan iboratdir. Davlat arxiv xizmatining muhim vazifalaridan biri idoraviy arxivlarga tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlik qilish va muassasalarda ish yuritishni nazorat qilishdan iboratdir. Bu ish arxiv bo’limlari hamda markaziy va viloyat davlat arxivlari tomonidan amalga oshriladi. Har bir arxiv, odatga ko’ra, hujjatlarini unga topshiradigan tashkilotlar va muassasalar arxivlarining ustidan nazorat olib boradi. Ko’p xollarda davlat arxivlari xodimlari bir necha muassasalar ustidan murabbiylik qiladilar, ularga har tomonlama yordam ko’rsatadilar. Download 273.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling