Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha
Arxivlarda mehnatni tashkil qilish
Download 273.08 Kb.
|
ARXIVSHUNOSLIK MUTAXASIS TAYYORLASHDA HARAKTERI VA XUSUSIYATLARI
Arxivlarda mehnatni tashkil qilishArxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash, eng avvalo, bu yerda bu yerda ishlayotgan xodimlarning malakasiga va ularning mehnatini tashkil etishga bog’liqdir. Arxiv xodimlari yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi, chuqur kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari shart. Arxiv xodimi hujjatlar bilan ishlash uslublarini mukammal bilishi, tadqiqotchilik ko’nikmalariga ega bo’lishi, yuqori malakali va ma’lumotli inson bo’lishi zarur. Arxivlarda kadrlar bilan ishlash tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim asosan quyidagilardan iborat: kadrlarni to’g’ri tanlash, xodimlar malakasini, tajriba va shaxsiy hislatlarini hisobga olgan holda ulardan arxiv ishining turli bo’g’inlarida foydalanish; arxiv xodimlari turli guruhlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyatini ishlab chiqish; xodimlar malakasini muttasil oshirib borish; mehnat intizomini mustahkamlash; xodimlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirishni yo’lga qo’yish; jamoada yaxshi psixologik muhitni yaratish Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ularning egallab to’rgan lavozimiga mos kelishini hisobga olish zarur. Shu maqsadda arxiv direktorlaridan bo’lim boshlig’igacha bo’lgan rahbar xodimlar uchun tegishli malakaviy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari har bir xodimning ishchanligi va professional sifatlarini e’tiborga olish zarur. Shuni ham hisbga olish kerakki, rahbariy lavozimdagi xodimdan faqat chuqur bilim va ishchanlikgina emas, amaliy ish sohasida boy tajribasi bo’lishi ham talab qilinadi. Hamma sohada bo’lgani kabi arxiv xodimlarining barcha guruhlari uchun mansab instruksiyalari ishlab chiqilgan. Kadrlar bilan ishlashning muhim yo’nalishi ularning malakasini oshirishdir. Arxiv xodimlari malakalarini oshirish jamoaviy va yakka tarzda quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Oliy o’quv yurtlari va aspiranturada tahsil olish; Rahbar va ilmiy xodimlarning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlarini o’tkazish. Bunday anjumanlarda xodimlar arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya, manbashunoslik fanlarining dolzarb nazariy va uslubiy muammolariga doir ma’ruzalar eshitadilar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling