kataloglashtirish – arxiv fondlariga kataloglar tuzish bilan bog’liq
ishlar
Rubrika – arxiv katalogining sarlavhasi
kataloglar – hujjatlar haqidagi ma’lumotlar mantiqiy o’zaro bog’liqlik negizida tuzilgan kataloglar (sistematik, mavzuiy, xronologik va hokazo)
Alfavit kataloglar – hujjatlar haqidagi ma’lumotlar o’zaro
bog’lanmagan holda, ya’ni alfavit bo’yicha tuzilgan kataloglar (ismlar, geografik nomlar bo’yicha tuzilgan kataloglar)
Sistematik katalog – hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bilim sohalari
yoki ijtimoiy faoliyat sohalari bo’yicha guruhlashtirilgan katalog
Mavzuiy katalog – konkret bir mavzularga doir hujjatlar
guruhlashtirilgan katalog
Xronologik katalog – hujjatlar tarixiy davrlarga qarab guruhlashtirilgan
katalog
Ismlar katalogi – tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatiga doir
hujjatlarni guruhlashtirgan katalog
Geografik katalog – mamlakatlar, viloyatlar, shaharlar va tumanlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni guruhlashtirgan katalog
Katalog deb nimaga aytiladi?
«Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish» degan iboraning mazmunini izohlab bering.
Kataloglar tuzilishini nima belgilaydi?
Arxiv kataloglarining qanday turlarini bilasiz?
Mantiqiy tuzilishdagi kataloglarga qaysi kataloglar kiradi?
Alfavit kataloglari haqida nimalarni bilasiz?
Sistematik kataloglar haqida so’zlab bering.
Mavzuiy kataloglar qanday tuziladi?
Xronologik kataloglar haqida nimalar deya olasiz? 10.Ismlar katalogi qanday tuziladi?
Geografik kataloglar haqida so’z lab bering.
Kataloglar tuzishda axborotni bayon etish usuli haqida so’zlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |