2-mavzu. Oʼzbekistonda arxiv ishi tarixi.
Turkistonda xonliklar davrida qozixona va devonxonalarning ish yuritishi. Qoʼqon va Xiva xonliklarining Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingach xonlik arxivlarining talon taroj etilishi. 1917 yil oktyabr toʼntarishidan soʼng Turkistonda YaDАJ ni tashkil etilishi shart sharoitlari. Turkiston arxiv ishlari bosh boshqarmasining tashkil etilishi.
3-mavzu. Shoʼrolar Turkistonida arxiv ishi.
Turkiston MIQ ning 1919 yil 5 noyabrda qabul qilingan “arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish toʼgʼrisidagi” dekretining ahamiyati. Аrxiv tashkilotlarida hujjatlarni saqlash borasidagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar. Аrxiv hujjatlarini saqlash va yoʼq qilish toʼgʼrisidagi 1923 yil 25 yanvardagi qarori. Viloyat arxiv jamgʼarmalari toʼgʼrisidagi hukumat qarori va uning ahamiyati.
4-mavzu: Oʼzbekistonda 1925-1939 yillarda arxiv ishi tarixi.
Shoʼrolar Ittifoqi tomonidan 1924 yilda Oʼrta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishining oʼtkazilishi. Turkiston YaDАJ hujjatlarining respublikalar oʼrtasida taqsimlanishi.1924 yil 28 dekabrda Oʼz SSR MIQ huzurida arxiv ishlari markaziy boshqarmasining tashkil qilinishi. 1931 yil 20 mayda Markaziy arxiv boshqarmasi va mahalliy idoralari toʼgʼrisidagi nizomning ahamiyati. Ikkinchi jahon urushi arafasida arxiv tashkilotlarining axvoli.
5-mavzu: kkinchi jahon urushi davrida arxiv ishi.
Urush yillarida arxiv tashkilotlarining dolzarb vazifalari.Oʼzbekiston Respublikasi kino-foto-fono hujjatlari davlat arxivining 1943 yil 18 martda tashkil etilishi. Аrxivdagi ishlarning dastlabki yoʼnalishlari. Аrxivdagi Oʼrta Osiyo xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqidagi foto suratlar. Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivlaridagi XX asrning boshlaridagi siyosiy, madaniy ahvolga oid maʼlumotlar. Oʼzbekiston Respublikasi kino-foto-fono hujjatlari arxividagi tarixiy fono yozuvlar.
6-mavzu: Urushdan keyingi yillarda Oʼzbekistondagi arxiv ishi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Oʼzbekiston arxiv tashkilotlari oldida turgan muoʼim vazifalar. Hukumatning davlat va joriy arxivlarni ishini yaxshilash toʼgʼrisidagi qarorlari. Oʼzbekistonda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari toʼgʼrisidagi qarori. Shaxsiy tarkibga oid hujjatlar toʼplamini nashr qilinishini boshlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |