Arxivshunoslik fanining boshqa fanlar ichida tutgan õrni va ahamiyati. Reja


Download 31.35 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi31.35 Kb.
#1387269
Bog'liq
ARXIVSHUNOSLIK FANINING BOSHQA FANLAR ICHIDA TUTGAN ÕRNI VA AHAMIYATI


ARXIVSHUNOSLIK FANINING BOSHQA FANLAR ICHIDA TUTGAN ÕRNI VA AHAMIYATI.
Reja:



  1. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti arxiv ishi o‘rganuvchi fan sifatida

  2. Fanning boshqa fanlarbilan aloqadorligi.

  3. 3Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti arxiv ishi o‘rganuvchi fan sifatida

Ma’naviyatni va tarixiy xotirani tiklash O‘zbekistonni suveren, xuquqiy demokratik davlat sifatida rivojlanishi va mamlakatni xalqaro xamjamiyatga faol integratsiyasini ta’minlash uchun O‘zbekistonda arxiv ishiga aloxida e’tibor bilan qaralmoqda. Chunki arxivlar insoniyat tarixini moddiy saqlovchi vosita bo‘lib, bugungi kunda xalqimiz tarixi jamiyatni rivojlanishi uchun o‘lkan axamiyat kasb etadi va arxivlar o‘zida yozma, ilmiy-texnik, audio-vizual, elektron ma’lumotlarni saqlanishi bilan qimmatbaxo tarixiy manba xisoblanadi. Shuningdek arxivlarda bugungi kunda xalq xo‘jaligiga, fan tarixi, madaniyat, odamlar xaqida muxim ma’lumotlar saqlanmoqda. O‘zbekiston xukumatini arxiv ishiga ajratilayotgan e’tibori “O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi qonuni”, O‘zbekiston Respublikasining Milliy Arxiv fondi to‘g‘risidagi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 fevraldagi № 49-sonli qarori O‘zbekistonda davlat arxivlarini boshqarish tizimini zamonaviy tuzilishini belgilab berdi.


Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti (AINA) arxivshunoslik tushunchasiga kiruvchi asosiy ilmiy fanlardan biri hisoblanadi.
AINA fanining maqsadi bo‘lajak arxivshunoslarni arxivlar tarixi, arxivlar faoliyatini tashkil qilish, arxiv xujjatlarini yig‘ish asoslarini, arxiv materiallarini saqlash va ulardan foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Shuningdek fanning vazifalaridan biri talabalarni arxiv ishi soxasida chuqur nazariy bilimlarini egallashi, talabalarni xuquqiy normativ xujjatlarni to‘g‘ri taxlil qilishni va ulardan arxiv ishi amaliyotida samarali foydalanishga, arxiv xujjatlari va arxivda ish yuritish, arxiv etikasi qoidalarini o‘rgatish xisoblanadi.
AINA fani doirasida arxivni jamiyat xayotidagi roli, Respublikamizdagi arxiv ishini boshqarish tizimi, arxivlarni turlari, arxiv fondlarini komplektlash uni turlarga bo‘lish va tizimlashtirish, arxiv apparatlarini ilmiy so‘rovnomalarini tashkil qilish, arxiv materiallaridan foydalanish qoidalarini, arxiv muassasalarida ish yuritish kabi bilimlarni o‘rganiladi.
AINA fanining o‘zlashtirish jarayonida talabalar qo‘yidagilarni bilishi kerak:
-mamlakatimizda arxiv ishini boshqarish to‘g‘risidagi bilimlarni, arxivshunoslikni ilmiy faoliyatini, arxiv ishi nazariyasi va amalayotini egallashi;
-arxiv xujjatlari va fondlarini o‘ziga xos tomonlarini, xujjatlarni ekspertiza qilishni, arxiv materiallarini xisobga olish va saqlashni, ilmiy so‘rovnoma apparatini tuzishni o‘ziga xos tomonlarini, arxiv xujjatlarini nashrga tayyorlashni, arxeografiya va arxiv eviristikasini o‘rganishi;
-arxiv terminlarini asoslarini, fondlash asoslari nazariyasini, qoidalarini, xuquqiy me’yoriy xujjatlar mazmunini, arxiv fanlaridagi adabiyotlar bilan ishlashni, xujjatlarni ekspertizasini tashkil qilish to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni bilishi;
-bo‘lg‘usi mutaxassis sifatida fandan fanni ob’ektini farqlay olishni, fanni funksiyalarini, o‘rganilayotgan fanning yordamchi tarixiy fanlar bilan o‘zaro aloqasini ocha olishni, arxivda ish yuritishni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, arxiv ishi soxasidagi bilimlarni egallashi;
AINA fanining o‘rganish ob’ektlari qo‘yidagilar xisoblanadi:
-qog‘ozga tushirilgan matnli xujjatlar;
-ilmiy-texnik va kino foto xujjatlar;
-yozilgan ovozlar;
- turli ma’lumot tashuvchilarda saqlanayotgan mikrofilmlar va boshqa xujjatlar.
AINA fanining predmeti sifatida hujjatlar bilan ishlashning quyidagi tamoyillari (prinsiplari) va uslublarini qayd etish lozim:

  1. Arxivda saqlanishi lozim bo‘lgan xujjatlarni saralash usullari va prinsiplari;

  2. Xujjatlarni to‘liq saqlanishini ta’minlovchi saqlash xujjatlari;

  3. Xujjatlarni mazmuni xaqidagi axborot tizimini yaratish;

  4. Xujjatlarda ma’lmotlarni xar tomonlama ishlatishni tashkil qilish;

  5. Arxiv muassasalari faoliyatini tashkil qilish.

Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti fani bir nechta arxivshunoslikka oid tarmoq fanlar bilan bog‘liq, xususan:

  • arxivshunoslik nazariyasi va uslubiyoti;

  • arxiv ishi tarixi va tashkil etilishi;

  • arxeografiya;

  • arxiv huquqi;

  • arxiv atamashunosligi;

  • arxiv statistikasi;

  • avtomatlashtirilgan arxiv texnologiyalari.

Arxivshunoslik nazariyasi va uslubiyoti sohasi arxivshunoslik fanining asosiy qismlaridan sanaladi va uning negizida arxivshunoslikning nazariy hamda uslubiy qonuniyatlari bilan birga arxiv ishini tashkil qilishning nazariy va amaliy masalalari mujassamlanadi.
Arxiv ishi tarixi va tashkil etilishi sohasida esa insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida arxivlar faoliyati va arxiv ishining yuritilishi jarayonlari davriy hamda hududiy nuqtai nazardan o‘rganiladi.
Navbatdagi soha arxeografiya bo‘lib, u arxiv hujjatlarini nashrga tayyorlashning qoida va usullari haqidagi arxivshunoslik fanidir.
Har bir mamlakatda va xalqaro miqyosda arxiv ishini tashkillashtirshning huquqiy asoslari bo‘lib xizmat qiluvchi arxiv sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati bilan arxiv huquqi fani tanishtiradi.
Arxivshunoslik fani hamda sohasida qo‘llaniluvchi aynan arxiv ishi bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni talqin qilish vazifasini arxiv atamashunosligi fani bajaradi.
Arxiv statistikasi fani arxivlar faoliyati bilan bog‘liq miqdoriy ko‘rsatkichlar, shuningdek, sohaga oid dinamik o‘zgarishlarni tadqiq etadi.
Avtomatlashtirilgan arxiv texnologiyalari nomli sohasida arxiv idoralarida qo‘llaniluvchi texnik vositalar va jihozlar turlari va ulardan foyalanish qoidalari, shuningdek, zamonaviy arxivlarda yangi texnika, elektron asboblar bilan ishlash hamda ularni takomillashtirish yo‘llari o‘arganiladi.
O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi mustaqil fan tarmog‘i bo‘lishiga qaramay, o‘z maqsad va vazifalarini yechishga bir qator gumanitar va tabiiy fanlar, ilmiy yo‘nalishlarga tayanadi. Xususan, tarix, davlat muassasalari tarixi, manbashunoslik, yordamchi tarix fanlari, hujjatshunoslik, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi.
Tarix fani – inson jamiyatining taraqqiyoti jarayonlarini, mazkur rivojlanishning sabab va omillarini o‘rganadi. Mazkur fan yutuklariga asoslanib, arxivshunoslik hujjatlari bilan ishlash uslublari yaratiladi.
Davlat muassasalari tarixi – muassasa, tashkilot, idoralarning tashkil etilishidan to oxirgi kungacha bo‘lgan tizimi va vazifalarini, aniqroq qilib aytganda ularni tarixini o‘rganadi. U turli xil muassasalarning faoliyati va vazifalari doirasiga ko‘ra arxiv fondlarini tashkil etish yo‘llarini aniqlashda yordam beradi.
Manbashunoslik –arxiv hujjatlarini davlat saqloviga tanlab olishda, turkumlashda va tarif berishda, hujjatlarning tashqi va ichki tahlilini olib borishda yordam beradi.
Arxivshunoslikning yordamchi (maxsus) tarix fanlar bilan bog‘liq-ligini o‘rganishda quyidagi fanlarga alohida to‘xtalib o‘tish zarur:
Paleografiya – qadimgi qo‘lyozmalarni o‘qish, sanasini hamda aslini aniqlash maqsadida ularning yozma belgilari hamda boshqa tashqi alomatlarini o‘rganadi. Demak, paleografiya qadimgi qo‘lyozma hujjatlarni saqlash uchun tanlab olishda ularning muallifi, yaratilgan joyi, sanasini aniqlash va mazmunini o‘qib tushunishda yordam beradi.
Tarixiy xronologiya –tarixda mavjud bo‘lgan vaqt birliklariga zamonaviy vaqt birliklariga taqqoslab bilish va hujjatlar yaratilgan joyini aniqlash uchun foydalaniladi.
Tarixiy metrologiya –qadimgi davrdagi ulchov birliklarini tushinish va ularni zamonaviy birliklar bilan solishtirish, hujjatlarning yaratilgan joyi va vaqtini aniqlashga ko‘maklashadi.
Sfragistika – yordamida hujjatlarga qo‘yilgan muhrlar orqali ularni qaysi davlat, hudud, idora, familiya yoki shaxsga tegishli bo‘lganligini aniqlash mumkin.
Geraldika – davlatlar gerblarining kelib chiqishi, ramzlarining ijtimoiy-huquqiy mohiyatini aniqlashga va tushunishga yordam beradi.
Bundan tashqari epigrafika, geneologiya, numizmatika, diplomatika va tarixiy geografiya kabi yordamchi fanlar ham muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fani boshqa fanlar bilan bevosita aloqador bo‘lib, ularning yutuqlaridan keng foydalanadi va o‘z navbatida o‘zi ham boshqa fanlarning rivojiga ko‘maklashadi.
Arxivshunoslik – arxivlar haqidagi fan bo‘lib, arxiv ishining tarixi, arxiv faoliyatining maqsadi vazifalari va ularning davriga, maqsadlariga bo’liq xususiyatlari, hujjatlarni tizimli komplektatsiya qilish tamoyillari, arxiv hujjatlaridan foydalanishni tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Arxiv so‘zi atamasiga kelsak, bu lotincha “arxivium - hukumat binosi so‘zidan kelib chiqqan. Lekin “Arxiv” atamasining hozirgi qo‘llanish ma’nosi birmuncha kengroq.
Yangi zamonda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar sonining keskin oshganligi tufayli ularni saqlash va foydalanish bilan bog’liq ishlar tobora murakkablashib bordi. Natijada, hujjatlarni hisobga olish, ularni bir tizimga solish va ro’yxatga olishning yangi-yangi usullari ishlab chiqildi va amalda qo’llanildi. Shu tariqa arxivshunoslik fani paydo bo’ldi.
Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga hujjat va materiallarni turkumlash, ularni bir tizimga solish, saqlash, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish to’g’risidagi fandir. Mazkur ko’makchi tarix fani arxiv ishining umumiy qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va saqlash, ulardan foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi.
Hozirgi kunda hujjat va materiallarning umumiy miqdori va turlari nihoyatda ko’pdir. Shuning uchun ham arxivshunoslik fanini rivojlantirmasdan, hujjatlarni saralash va saqlashning zamonaviy usullarini egallamasdan turib arxiv ishini to’g’ri yo’lga qo’yish amri maholdir.
Arxivshunoslik asoslarini yaxshi bilish bo’lajak tarixchi uchun g’oyat muhimdir. Arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublarini egallash ilmiy-tadqiqotlar uchun yo’l ochib beradi, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarga yuqori ilmiy saviyadagi bitiruv-malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash imkonini beradi.
Mazkur fanni o’rganish arxivshunos kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan ham zarur. Hozirgi kunda ayrim kasb-hunar kollejlarida “Hujjatshunoslik, arxivshunoslik” mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlashga kirishildi. Lekin respublikamizning birorta universitet yoki institutida oliy ma’lumotli arxivshunoslar tayyorlanmaydi. Shu boisdan bu fanni tarix fakulpteti talabalariga o’rgatish arxivlarni oliy malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ham muhimdir.
Arxivshunoslik kursini o’rganish jarayonida biz O’zbekistonda arxiv muassasalarining vujudga kelishi, ularning rivojlanish bosqichlari, arxivlarning hozirgi ahvoli, faoliyatining asosiy yo’nalishlari bilan tanishib boramiz. Shu bilan birga arxivlarning maqsad va vazifalari, arxivlarga topshiriladigan hujjatlarni tanlash va saralash, ularni saqlash va turkumlash, hisobga olish, ulardan foydalanish usullarini o’rganamiz.
“Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida “arxiv” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan; “Arxiv – arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxiv hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy bo‘linma” deb ta’rif berilgan.
Arxivshunoslik fanining predmetini arxivlar va ularning faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi.
Arxivshunoslik fanining ob’ekti sifatida arxivlar, arxiv hujjatlari, arxiv ishini tashkil qilish va rivojlantirish omillari hamda uslublari tushuniladi.
Fanning maqsadi davlatchilikda mahkamachilik ish yuritish tizimi, devonxona ish usullari va arxivlashtirish tarixini, arxiv muassasalari faoliyatining xususiyatlarini o‘rganish hamda arxiv ishining nazariy-uslubiy va amaliy jihatlarini yoritishdan iborat.
Fanning vazifasi talabalarni devonxona va arxiv ishining taraqqiyot dinamikasi bilan tanishtirish; qadimgi zamon arxivlarining tarixiy funksiyalari haqida ma’lumot berish; arxiv haqidagi materiallar orqali manbashunoslikning muhim sohasi haqida bilim berish, davlatchilik jarayonlari rivojida arxivshunoslikning ahamiyatini ko‘rsatib berish bilan yosh tarixchi-sharqshunos kadrlarda arxiv tarixi faktlaridan o‘z ilmiy va amaliy faoliyatlarida samarali foydalanish malakasi hamda ko‘nikmasini berish. Arxivlar mustaqil muassasalar, tashkilotlar, korxonalar bo‘limi bo‘lib, hujjatli materiallarni, shuningdek muassasalar, jamiyatlar va ayrim shaxslarning ish faoliyati natijasida paydo bo‘lgan hujjatlar to‘plamlarini saqlaydi. Shuni alohida aytish kerakki, arxivlar manbalar to‘plami sifatida ilmiy izlanish maqsadlari, xo‘jaliklarning, davlat boshqaruvining, alohida shaxslarning, jamoat tashkilotlarining ehtiyojlariga xizmat qiladi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish – bu tarixchi izlanishining poydevoridir. Mustaqil O‘zbekistonda tarix fanining rivojlanishida arxiv ma’lumotlari katta ahamiyatga egadir. Ma’limki, O‘zbekiston Respublikasida tarix fanini rivojlantirishga, tarixiy o‘tmishni ob’ektiv, xolisona o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Ma’naviyatni tiklashda, davlatimizni ma’naviy rivojlantirishda tarix asosiy elementdir.
Arxivshunoslik arxiv hujjatlashtirish ishlari, arxiv hujjatlariga ilmiytexnikaviy ishlov berish uslublari va ularning tarixiy qimmatini aniqlash ekspertizasi, tarixchi-arxivchi olimlar faoliyati sohasi va arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparatini tashkil qilish masalalari, arxivda tadqiqotchilik faoliyati, qimmatli arxiv hujjatlarini ommalashtirish va boshqalar bilan bog‘liq masalalarni tahlil qiladi.
Tarix tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan har bir olim, ilmiy izlanuvchi arxiv hujjatlarini, tarix fani uchun yordamchi tarixiy fanlar nomi ostida birlashtiriladigan ilmiy va amaliy sohalarni chetlab o‘ta olmaydi. Shundan kelib chiqib, tarixiy voqelikni to‘laqonli yoritishda arxivshunoslik fanining o‘rni katta bo‘lib, u o‘z navbatida yordamchi tarixiy fanlar sohalariga tayanadi. Yordamchi tarixiy fanlarning har biri mustaqil fan sifatida shakllanish va rivojlanish yo‘lini bosib o‘tmoqda. Har bir yordamchi tarix fani umumiy va maxsus tarix fanlarini chuqur va keng hamda mufassal o‘rganishga yordam beradi. Yordamchi tarix fanining har bir bo‘limi alohida bir tarmoq bo‘lib tarix fani oldidagi muammolarni, kamchiliklarni to‘ldirish bilan birga o‘zining alohida tadqiqot usuli va tadqiqot ob’ekti, o‘z yo‘nalishlariga ega. Tariximizdan ma’lumki, qadimiyatdan boshlab davlat ish yuritish tizimida tarixiy jarayonlarni hujjatlashtirish, uni saqlash, avlodlarga uzatish, arxiv muassasalarini tashkil qilish, jamg‘armalarni shakllantirish, hujjatlarni tasniflash ishlari amalga oshiriladi. Bugungi kunda hujjatlarning tarixiyligi, qimmatliligi, muhimligini belgilash jarayonida arxivshunoslarga chuqur tarixiy bilimlar zarur bo‘ladi. Arxiv jamg‘armalarini tashkil etishda hujjatlarning dastlab davriyligi, uning ma’lum tashkilot yoki shaxsga tegishliligi, so‘ngra arxiv hujjatining turini aniqlaydilar. Arxivariuslar fondlarni shakllantirishda hujjatlarning tarixiy davrlari va ulardagi muhim voqeahodisalar bilan bog‘liq jarayonlar, yashab o‘tgan mashhur tarixiy shaxslar, turli sohalarda yuz bergan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishlari lozim.
Arxiv muassasalarining asosiy ishlash ob’ekti bu arxiv hujjatlari bo‘lgani bois, ushbu soha mutaxassislari hujjatlarning turi, tizimi, ularni yaratish qoidalari, rasmiylashtirilishi, yuritilishi, saqlanishi, foydalanish uchun taqdim etilishi kabi jarayonlar xususida aniq tasavvurga va puxta bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Hujjatshunoslikka oid bilimlar yordamida arxivarius hujjatlarning ilmiy qimmatini aniqlash, unga ishlov berish, ekspertizadan o‘tkazish, ularni tasniflash va ro‘yxatga olish shakllarini to‘g‘ri tashkil qilishi kerak.
Tarix manbashunoslikka tayanadi. Manbalar esa, moddiy-ashyoviy hamda yozma turlarga bo‘linadi. Moddiy narsalar inson faoliyati mahsuloti sifatida faralardi va tarixchi-arxeologlarning talqinlari orqali tarix faktlariga aylanadi. Yozma yodgorliklar esa, ular tadqiqotiga etkazgan ma’lumotlari bilan qadarlanadi. Biroq yozma yodgorliklardan ular qanday yozuvda bitilganligi, yozuvning uslubi, qanday materialga bitilganligi, yozuvning qanday siyohda yozilganligi, saqlanish holati, yozuv ashyolari kabi masalalar bilan bog‘liq paleografik ma’lumotlarsiz o‘z mazmunini to‘la ochib bermaydi.
Tarixiy informatika tarix fani va ta’limini axborotlashtirish jarayoni qonuniyatlarini o‘rganuvchi bilimlar sohasidir. Tarixiy informatika asosida barcha turdagi tarixiy manbalarning elektron versiyalarini yaratish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlar majmuasi yotadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. Alimov I., Ergashev F., Bo’tayev A. Arxivshunoslik: O’quv qo’llanma. Toshkent, 1997.

  2. Теория и практика архивного дела в УзССР. Под ред. Ф. И. Долгих и И. К. Руделсон. Москва, 1980.

  3. Архивы // Историческая энциклопедия. Т. 1. Москва, 1961,

  4. Arxivlar // O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 1-jild. Toshkent, 2000.

  5. Xolmatova M. Arxivlar hamkorligi // Xalq so’zi. 2003. 19 iyun.

  6. Alimov I va B. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.

Download 31.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling