Asab tizimining(miopatiyalari) nasliy kasalliklari. Tibbiy genetikada qo‟llaniladigan yangi zamonaviy tekshirish usullari


Download 1.91 Mb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1466661
1   2   3
Bog'liq
Tayloqov Abdurauf. Miopatiyalar

Dyushenn va Erb falaji
  • XVIII va XIX asrlarda yashab o„tgan fransuz nevropatologi Dyushenn hamda nemis shifokori Erb umurtqa pog„onasining yuqori qismida joylashgan bo„yin va yelka chigali falaji haqida ma‟lumot yozib qoldirishgan.
  • 1872 yilda G. Dyushenn yangi tug„ilgan chaqaloqlarda tug„ruq jarayonida doyaning ehtiyotsizligi sababli yelka chigali falaji yuzaga kelganini kuzatdi. Oradan to„rt yil o„tib esa V. Erb kattalarda bu xastalik nima sababli paydo

  • bo„lishi va ushbu kasallikni klinik belgilari, uning anatomik jihatdan
    ko„rinishi, hamda dard qanday kechishi (patogenezi) xususida to„liq bayon
    etdi.
  • Bu falajlikning chaqaloqlarda kuzatilishiga sabab, ularning tug„ruq

  • jarayonida shikastlanishidir. Akusher-ginekologning bolani qo„ltiq ostiga barmog„ini tiqib, uning yelkasini chiqarib olishda noto„g„ri harakat qilgani yoki akusherlik qisqichlari bilan bolaning boshini tutib, uni keskin buragani sababli yelka chigali jarohatlanadi.
  • Yana yelka falaji rivojlanishiga gripp va O„RVI (o„tkir respirator virusli

  • infeksiyalar)ning asorati ham sabab bo„ladi. Doyaning qo„pol harakati natijasida esa yelka chigali haddan tashqari cho„ziladi va yirtiladi.
    Shuningdek, go„daklik davridagi yelka asab chigali falajiga tug„ruq davrida chaqaloqning umurtqa pog„onasi, bo„yin qismi hamda orqa miya asab tolalari jarohatlanishi sabab bo„ladi.
  • Orqa miya jarohatlari bosh miya jarohatlariga nisbatan 2-3 marotaba ko„p

  • uchraydi. Chaqaloqlarda bo„yin va yelka chigali shikastlanishi asosan
    tug„ruq jarayonida uchraydi. Shu sababli bu xastalik akusherlik qo„l
    falajlari deb nomlanadi.
  • Kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda esa birovning qo„lini keskin siltab

  • tortish, og„ir va keskin harakatli sport mashg„ulotlari, bo„yin va yelka bo„g„imining lat yeyishi, uyquda qo„llarni keskin harakat bilan boshning
    tagiga qo„yish sabab bo„ladi. Yana bo„yin sohasining o„q otar qurollar bilan
    shikastlanishi sababli ham bemor yelka chigali falaji kuzatiladi. Kattalarda
    esa yuqorida bayon etilgan sabablardan tashqari bo„yin va yelka chigali
    jarohatlari yo„l transport hodisalarining 2-2, 5 foizini tashkil etadi.

Go„dak tug„ruq yo„llarida o„tayotganda uning yelka va bosh suyagi asosi cho„zilsa, ya‟ni akusher-ginekolog chaqaloqning boshini maxsus akusherlik qisqichi bilan qisib olib
noto„g„ri harakat qilsa yoki bolaning boshi vakuum-ekstraktor tibbiy asbobi bilan tortib olinsa, shuningdek, doyaning keskin qo„l harakatlari sababli ham bo„yin-yelka chigali falajiga sabab bo„ladi. Shuningdek, bola dumbasi yoki yuzi bilan kelganda (25 foiz holatda) ham ushbu xastalik uchraydi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling