Ҳасанова манзура (бту)
Download 301.5 Kb.
|
Harakatli o`yinlardan maqsadli foydalanish asosida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarini jismoniy sifatlarini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI………38-58
- XULOSA……………………………………………………………….59-61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………..62-64 KIRISH Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi.
MUNDARIJA KIRISH..................................................................................................3-7 I BOB. HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI……..………………....8-37 Harakatli o`yinlarning umumiy tavsifi, xilma-xilligi va ularning o`quv jarayonida qo`llanilishi……………………………………………………….8-18 Harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida……………………………………………………………….18-28 Jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli o`yinlardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari……………………………………………………28-37 II BOB. HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI………38-58 2.1. Harakatli o`yinlar vositasida o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni…………………………………………..38-49 2.2. O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish……………………49-58 XULOSA……………………………………………………………….59-61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………..62-64 KIRISH Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlantirilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. So`nggi yillarda Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir. Huquqiy demokratik davlatimiz, ochik fuqarolik jamiyatining eng ustuvor yo`nalishlaridan biri sanalmish ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maksadi- bu jarayonning sifati va samaradorligini oshirishga karatilgan tadbirlar majmuasidan iborat. Shu boisdan, mamlakatimiz mustaqilligidan so`ng yosh avlodning tarbiyasiga, sog`ligiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan chiqarilgan «Mamlakatimizda sportni rivojlantirish to`g`risida»gi Farmoni,O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo`mitasining «O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va foydali mashg`ulotlar bilan ta’minlash to`g`risidagi (1999 yil 21 sentyabr, 277q201q693 sonli) bo`yrug`i kabi me’yoriy hujjatlarda yoshlarning jismoniy kamoloti masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Jismoniy tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Tana a’zolarining mo`tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya-sog`liqni saqlashda ulug`vor usuldir», -deydiki, bu fikr xalq pedagogikasidagi: «Kimki qilsa harakat- sog`ligida bo`lar barakat» degan naqlni eslatadi. Jismoniy tarbiyaga e’tiborni kuchayganligini umumiy o`rta ta’lim maktab o`quvchilari o`rtasida «Umid nihollari», kollej va akademik litsey tinglovchilari ishtirokida «Barkamol avlod», oliygoh talabalari o`rtasida «Universiada» sport musobaqalarining tashkil etilganligi va muntazam o`tkazilib kelinayotganligida, yoki sportning ko`plab turlari bo`yicha O`zbekistondan Olimpiada va jahon chempionlari etishib chiqib, mamlakatimiz dovrug`ini butun dunyoga tarannum etishida ham ko`rish mumkin. Bundan tashqari barcha maktablarda, mahallalarda ham turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda, ayrim oilaviy musobaqalar ham o`tkazish yo`lga qo`yilib borilmoqda. Jismoniy tarbiya - bu sof sport musobaqalaridan iborat bo`lgan soha emas. Bu tarbiya orqali bolalarda ko`plab ahloqiy-irodaviy hislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, ularning sog`ligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat’iylik, mustaqillik kabi ahloqiy hulq me’yorlari tarkib topadi, yetuklik sari qadam tashlanadi. Maktab o`kuvchilarida ahloqiy fazilatlarni milliy harakatli o`yinlar orqali shakllantirish jamiyatimizdagi madaniy-ma’rifiy sohalarda ilgari bosilgan qadam bo`lib hisoblanadi. Milliy tavsifga ega bo`lgan jismoniy mashqlar, sport va harakatli o`yinlarning hilma-hilligi ularni o`quv-tarbiya jarayonining juda ko`p sohalarida qo`llash imkonini beradi. Bola maktabga qadam qo`ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg`otish, uyushqoqlik, shuchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarni sevimli harakatli o`yinlaridan (sport va harakatli o`yinlardan) foydalanish ayni muddodir. O`yinlar hayotdagi to`siqlarni engish hamda har hil hislat va qobiliyatlarni ro`yobga chiqarish bilan bog`liq bo`lgan jismoniy mashqlarning turli majmuasini o`z ichiga oladi. bundan tashqari, odatda, bolalar sevib o`ynaydigan ularga baxt, quvonch bahsh etadigan harakatli o`yinlar kiradi. O`quvchi yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning yangi yo`llarini izlash, birinchidan, ko`rsatilgan ziddiyatlarni hal etish zarurati bilan, ikkinchidan, o`sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tayyorgarligi rivojlanish jarayonini takomillashtirish qonuniyatlarini, metodologik va usuliy sharoitlarini o`rganish zarurati bilan bog`liq. Sog`lom, jismonan baquvvat bola kasalliklarga kamroq chalinish bilan birga ruhiy jihatdan ham yaxshiroq rivojlanadi. Bundan shunday fikr kelib chiqadiki, o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy rivojlanish darajasida jismoniy tayyorlikning o`tish ko`prikchasini yaratish zarurki, yuqori sinf o`quvchisi o`quv kuni tartibida yuzaga keladigan jiddiy zo`riqishlarga bardosh bera oladigan bo`lsin. Shunga ko`ra, o`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismonan sog`lomlashtirish, bolarning harakat sohasini rivojlantirish, chaqqon, kuchli, jasur bo`lishdek hayotiy ehtiyojlar asosida harakatga bo`lgan qiziqishini kuchaytirishni samarali vositalarini izlab topish dolzarb masala hisoblanadi. Bunda o`quvchilarning harakat faoliyatini tashkil etishning o`yin shakllari eng qimmatli sanaladi. Taniqli pedagoglar ta’rificha, nafaqat maktabgacha yoshda balki maktab davrida ham o`yin yetakchi faoliyat bo`lib, u tufayli o`quvchilar ruhiyatida katta o`zgarishlar yuz beradi. Harakatli o`yinlar o`quvchi yoshdagi o`quvchilari uchun ham eng qulay faoliyat shakli bo`lib, harakatlar ko`nikmasini ongli ravishda takrorlashni ko`zda tutadi. Ko`pgina tadqiqotchilar harakatli o`yin tufayli bolalar tabiiy harakat faolligi sharoitida o`z jismoniy imkoniyatlarini namoyish etib, tengdoshlari bilan murakkab munosabatlarga kirishishlarini qayd etadilar. Biroq harakatli o`yinlar asosida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalasi xususida ayrim ishlarda to`htalib o`tilgan bo`lsa ham, batafsil so`z yuritilmagan. YUqorida bayon etilganlaridan ko`rinib turibdiki, 5-9 sinf o`quvchilar jismoniy tarbiyasida ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlaridan foydalanishga yangi usulliy yondashuvlarni izlash hamda ishlab chiqarishga bag`ishlangan bitiruv malakaviy ishimiz mavzusi juda dolzarb. Download 301.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling