Muammoning o`rganilganlik darajasi. Mamlakatimiz va chet el olimlarining fiziologiya, psixologiya, tibbiyot, falsafa, pedagogika sohasida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning harakat faoliyatlari hamda umumiy rivojlanishi orasidagi o`zaro aloqasi hamda o`zaro munosabati to`g`risidagi qoidalar ilmiy-nazariy jihatdan o`rganilgan. Jumladan o`quvchi yoshdagi o`quvchilari jismoniy tarbiyasi to`g`risidagi nazariy qoidalarning tarbiyalash boshqaruvining yahlit, ko`p tarkibiy qismli jarayon sifatidagi yig`indisi Ahlidinov R.SH, Xodjayev A, Nasirova F, Kamilova M.lar tomonidan, harakat sifatlarini rivojlantirish nazariyasi Bogen M.M. Kudratov R.K., Rasulov O.B.lar, harakatli o`yinlarni o`quvchi yoshdagi o`quvchilarga har tomonlama ta’sir ko`rsatuvchi vosita sifatida belgilash Andris E.R., Kudratov R.K. Abdumalikov R.A.lar tomonidan atroflicha o`rganilgan.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti. O`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlardan foydalanish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Harakatli o`yinlar vositasida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish mazmuni hamda uslubiyati.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Harakatli o`yinlardan maqsadli foydalanish asosida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarini jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni, shakl va metodlari bilan tanishish.
Qo`yilgan maqsadga erishish bitiruv malakaviy ishning quyidagi vazifalarini bajarishni talab qiladi:
harakatli o`yinlarning umumiy tavsifi, hilma-hilligi va ularning o`quv jarayonida qo`llanilishi.
harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida.
- jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli uyinlardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari.
- harakatli o`yinlar vositasida o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni.
- o`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |