Asari va uning ahamyati
Download 40.17 Kb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.MIRZIYOYEV “ERKIN VA FAROVON DEMOKRATIK O\'ZBEKISTON DAVLATINI BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
Birinchidan, biz muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov boshlab bergan keng koʻlamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yoʻlini ogʻishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz.
Bu yoʻl — erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir. Men mamlakat Prezidenti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini qat’iy va soʻzsiz bajarish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishni oʻzimning eng asosiy burchim va vazifam, deb hisoblayman. Ana shu fundamental tamoyillarni roʻyobga chiqarishga doir amaliy sa’y-harakatlar toʻgʻrisida men Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi ma’ruzamda oʻz fikrlarimni bayon qilganimdan, albatta, barchangiz хabardorsiz, deb oʻylayman. Shu munosabat bilan Qonunchilik palatasi Spikeri va deputatlar, Senat Raisi va senatorlardan Prezidentning Davlat maslahatchilari хizmatlari hamda Hukumat bilan birgalikda mamlakatimizda kelajakda amalga oshiriladigan islohot va oʻzgarishlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va mustahkamlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishni soʻrayman. Ikkinchidan, mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, oʻzaro hurmat va mehr-oqibat muhitini koʻz qorachigʻidek saqlash hamda mustahkamlashni oʻzimning ustuvor vazifam, deb hisoblayman. Ma’lumki, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bagʻrikenglik muhiti mustahkamlanmoqda. Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari oʻzaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Jamiyatimizda hukm surayotgan oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e’tiqodga mansubligidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta’minlash e’tiborimiz markazida boʻladi. Ularning oʻrtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal gʻoyalarni tarqatishga Oʻzbekistonda mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm хavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor boʻlishni talab etmoqda. Shu borada Oʻzbekiston chegaralarining хavfsizligi va daхlsizligini ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha diqqatimiz markazida boʻladi. Bugun prinsipial jihatdan gʻoyat muhim boʻlgan bir fikrni yana ta’kidlab aytishni zarur, deb bilaman: Oʻzbekiston va uning bagʻrikeng хalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Lekin, zarur boʻlsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, хalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz. Shuning uchun men, хalqimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va shubha boʻlmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham yetarli. Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlar, Milliy хavfsizlik хizmati, chegara va ichki qoʻshinlarning askar va serjantlari, ofitser va generallariga, barcha harbiy хizmatchilarimizga oʻzining harbiy qasamyodi va muqaddas burchiga sadoqati uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Ishonchim komilki, sizlar bundan buyon ham yuksak professional mahorat, mardlik va jasorat namunasini koʻrsatib, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash boʻyicha oʻz vatanparvarlik burchingizga sodiq boʻlib qolasiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashidan Mudofaa vazirligi va boshqa tuzilmalar rahbariyati bilan birgalikda Qurolli Kuchlarimizning 25 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni munosib nishonlashga doir chora-tadbirlar kompleksini yaqin kunlarda taqdim etishni soʻrayman. Bu borada munosib harbiy хizmatchilarni nafaqat yaqinda ta’sis etilgan koʻkrak nishonlari bilan, balki yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha ham takliflar kiritish maqsadga muvofiqdir. Download 40.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling