Asarlarida badiiy asar syujetining qiyosiy tahlili


  «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»


Download 150.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.02.2023
Hajmi150.97 Kb.
#1201958
1   2   3   4
Bog'liq
ZDIFT0302 (1)

14 
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» 
nomli ilmiy-amaliy konferensiya 
yuzaga chiqadi. U bolalar uyida, mehribon odamlar qurshovida tinchgina 
yashayotgan uka singillarini och va yupunlik, boshpanasizlikka boshlagani 
uchun, ularni qiynab qo’ygani uchun o’zini kechira olmaydi. Bad ham xuddi 
Orifjon kabi otasi deb o’ylagan insonni toppish uchun piyoda yo’lga tushadi va 
Lefty Levisning ko’magi bilan uni topadi, ammo u inson chindan ham uning 
otasimi, u Badni qanday qabul qiladi degan savollar kulminatsiya cho’qqisida 
yotadi. 
Yechimda ikki jasur qahramonlar ham o’z kutgan natijalariga erisha olmaydilar, 
ammo ularning taqdiri tasviri xayrli xotima topadi. Orifjon barcha ukalarini bir 
joyda jamlay olmasa-da ustlari but qornilari to’q yurishiga imkon topadi, o’zi esa 
hayotda o’rnini topadi. Bosh qahramon mexnatkashligi va halolligi uchun 
kolxozga brigadir etib tayinlanadi hamda Zulayxo singlisini o’qishga yuborib, 
qolgan uka singillarini ham o’qitishni niyat qiladi. Bad esa qidirgan otasini topa 
olmasa-da, o’z uyini, oilasini topadi! H.Kallovay uning buvasi bo’lib chiqadi. U 
musiqiy guruh a’zosiga aylanib, ko’ngli xotirjamlikda baxtli hayot kechirishni 
boshlaydi.
Xudoyberdi To’xtaboyev voqealar tavsilotida qahramon his-kechinlmalaridan 
unumli foydalangan bo’lsa, Xristofer Paul Kurtis pratogonistning xotiralariga 
asoslanadi. Mualliflarning hayotiga asoslangan ushbu asarlar “hayotiy syujet” 
asosida yaratilib, syujetni harakatga solgan kuch ijtimoiy va psixologik 
konfliktlar. Ba’zi bir qisa o’rinlarda shaxsiy konfliktlar ham ko’zga tashlanadi 
Ko’rib turganimizdek asarlar asosidagi ayrim voqealar, asarlar yechimi o’zaro 
o’xshash bo’lsa-da, mualliflar hikoya qilishda o’ziga xos usullardan 
foydalanganlar. Xristofer Paul simvolik obrazlardan, Xudoyberdi To’xtaboyev 
xalq og’zaki ijodi namunalaridan – askiya va maqollardan mahoratli 
foydalanganlar. Badiiy tasvir vositalari, obrazli ifodalar, frazeologik birikmalar, 
simvolik obrazlar va xalq og’zaki ijodi namunalari ijodkorning iste’dod qirralari, 
syujet qurish mahoratini ko’rsatuvchi omillar bo’lib xizmat qilgan. 

Download 150.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling