Asarlarni o
Download 292.21 Kb.
|
xolyorov diplom ishi(1)
Sharhlash metodi- bu metod ham yuqoridagi metodlarimiz kabi o‘zimizning innovatsion metodlarimizdan. Bu metod ko‘pincha chorak so‘ngida, mustahkamlash darslarida,ochiq darslarda o‘z nomini oqlaydi.Chunki bu metodda o‘qituvchi guruhni ma’lum bir nomlar ostida (masalan yigitlardan iborat “Farhodlar”,“Qayslar”, “Shirinlar”, “Laylilar”) kabi guruhlarga bo‘linadi.Birinchi jamoa jumla keltiradi ikkinchi jamoa sharhlaydi ketma ketlik davom etadi.Natijada she’riy parchaning mohiyati o‘quvchi miyasida chuqurroq o‘rnashadi. Misol uchun: “Zohid, sanga - hur, manga - jonona kerak, Jannat - sanga bo'lsun, manga -mayxona kerak.” Baytini birinchi jamoa ikkinchi jamoaga yo‘llaydi. 1 daqiqa vaqt ichida javob aytilishi belgilanadi.
G‘azallarni poetik xususiyatlarini o‘rganish metodlari Adabiyot darslarida she’riy asarlarni o‘rganishda izohli o‘qish lirik asar tahlilining samarali usuli sifatida alohida ahmiyat kasb etadi.She’riy asarni o‘qish va tahlil qilish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga alohida e’tibor beriladi. O‘rta bahoga o‘qiydigan o‘quvchiga ham o‘ylash va savolga ongli ravishda javob berish, matndan tegishli o‘rinlarni topish uchun vaqt ajratilsa, u asta-sekin faollasha boshlaydi. Mustaqil fikr she’rni estetik baholashdagi mustaqillikka ham yo‘lochadi.Natijada, o‘quvchilarning she’rni badiiy idrok etishini chetdan kuzatish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, o‘z vaqtida tegishli maslahatlar bilan yordam qo‘lini cho‘zish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Adabiy ta’lim jarayonida she’riy asarlar tahlilida estetik jihatlarga e’tibor qaratish orqali o‘quvchilar she’riyatga oshno bo‘ladilar.Navoiy ijodiga oid darslar vositasida o‘quvchilar ongi va tasavvurida buyuk adib siymosini – uning ijodiy qiyofasini shakllantirish mumkun bo‘ladi. Navoiyning tashqi qiyofasi unga zamondosh bo‘lgan san’atkorlar tomonidan chizib qoldirilgan. Imkoni bo‘lsa, darsda shu rasmlardan foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi. Adibning so‘z vositasidagi portreti esa ko‘plab ijodkorlarda mavjud. Biz Oybek ijodiga ( “ Navoiy “ romani ) murojat qilishimiz mumkun. Boburning “ Boburnoma “ sidagi ham asqotadi: “Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. To turkiy til bila she’r aytibturlar, hech kim onchalik ko‘p va xo‘p aytqon emas”. Navoiyning shaxsiy fazilatlari, alohida qobiliyat va iqtidori haqida ham maxsus to‘xtash zarur. Ayniqsa uning zehni, xotirasi haqidagi tarixiy faktlar o‘quvchilarning qalbiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi va bu holat ularning adib ijodiga bo‘lgan qiziqishlarini oshiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra adibning yod olgan asarlari, zamonaviy va o‘tgan adiblardan yod olingan she’rlarning miqdori haqidagi mulohazalarni ularni yetkazish o‘rinli bo‘ladi. Navoiy favqulotda qobiliyat egasi bo‘lgan. Uning iqtidori cheku chegara bilgan emas.U juda erta shuhrat qozongan.O‘zidan yoshi ulug‘ bo‘lgan zamondoshlari uning iqtidorini tan olishgan, unga qoyil qolishgan. Navoiy she’riyati bilan muloqot o‘quvchilarning ichki olamini, ma’naviyatini boyishiga katta hissa qo‘shadi. Navoiyning vatan va vatanparvarlik haqidagi she’rlari faqat o‘sha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki bugungi avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi bo‘lishi tabiiydir. O‘quvchilar ongiga mana shu holatlar yetkazilishi kerak. Download 292.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling