Asbesttsement issiqlik izolyatsiya materiallari. Reja: Asbosement xomashyo


Asbosement buyumlar ishlab chiqarish


Download 315.15 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi315.15 Kb.
#1633044
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asbesttsement issiqlik izolyatsiya materiallari

2. Asbosement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi


Asbosement buyumlar hol, yarim quruq va quruq usullarda ishlab chiqariladi. Ho'l usulda buyum tarkibida 8-16% asbest va sement hamda 92-84% suv bo'lgan suspenziya qoliplanadi. Yarim quruq usulda buyum tarkibida 20-40% suv bo'lgan qaymoqsimon massa qoliplanadi. Quruq usulda buyum tarkibida 12-16% suv bo'lgan asbosement massa qoliplanadi.
Asbosement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi operatsiyalardan iborat: asbest shixtasini tayyorlash, asbestni ezib hurpaytirish, sement, asbest va suv aralashmasini tayyorlash, buyumni qoliplash, qotirish, mexanik ishlov berish.
Asbest shixtasi bir necha navli asbestlarni optimal zichlikdagi, suv ushlashlik xususivati yuqori bo'lgan massa hosil qilish uchun tayyorlanadi. Asbestni xurpaytirish ikki bosqichda amalga oshiriladi: begun yoki valikli mashinalarda ezg'ilash, so'ngra ezilgan asbestni gollenderlar yoki gidromexanik uskunalar vositasida hurpaytirish. Yarim quruq va quruq usullarda asbest dezintegratorlar yordamida hurpaytiriladi.
Asbosement qorishmasini tayyorlash buyumlar ishlab chiqarish usullariga ko'ra turli uskunalarda amalga oshiriladi. Asbosement suspenziyasi gollenderlar yoki turboqorgichlarda tayyorlanadi. Bunda gidravlik usulda hurpaytirilgan asbest suspenziyasi, sement va qo'shimcha suv (97-86%) birgalikda aralashtiriladi. Yarim quruq usullarda asbosement qorishmalar ikki bosqichda aralashtirib olinadi: avval quruq komponentlar qorgichida, keyin davriy ishlaydigan betonqorgichda suv qo'shib tayyorlanadi. Buyumlarni qoliplash asbosement massa tarkibidagi ortiqcha suvni zichlashtirib chiqarib yuborish va buyumga zaruriy shakl hamda olcham berishdan iboratdir. Ho'l usulda listli buyumlar tayyorlash silindrsimon plastik asbosement yarimfabrikatlarni dumaloq furli mashinalarda olib, so'ngra press yoki to'lqin hosil qiluvchi moslamalar vositasida presslab yoki to'lqin berilib amalga oshiriladi (1-rasm).






Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling