Asbesttsement issiqlik izolyatsiya materiallari. Reja: Asbosement xomashyo


-rasm. Asbosement buyumlar ishlab chiqarish quyuvchi


Download 315.15 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi315.15 Kb.
#1633044
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asbesttsement issiqlik izolyatsiya materiallari

1-rasm. Asbosement buyumlar ishlab chiqarish quyuvchi mashina sxemasi:
1 - melall vanna; 2 - asbosement massa uzatuvchi tarnov;
3 - konveyer tasmasi; 4 - siquvchi val; 5 - asbosement massa qatlami;
6 - vakuum quticha: 7 - formatli baraban; 8 - yetakchi val; 9 - tortuvchi
valik; 10 - metall to'r tortilgan baraban.


Asbosement buyumlarning qotishi ikki bosqichdan iborat: zavod hududida transportirovkalash uchun yetarli bo'lgan dastlabki mustahkamlikkacha qotirish va markadagi mustahkamlikkacha qotirish. Qoliplangan buyumlar normal sharoitda 6-8 soat saqlangach, bug'lash kameralarida 50-60°C haroratda 12-13 soat issiqlik bilan ishlov beriladi. Quvursimon va shu kabi buyumlar dastlabki qotishi suvli basseynlarda 20°C kam bo'lmagan haroratda 3-8 sutka davom etadi.
Portlandsement asosidagi buyumlar iliq omborxonalarda normal sharoitda kamida 7 sutka davomida qotishi oxiriga yetkaziladi. Kvars kukunli sement asosidagi buyumlar qotishi avtoklavlarda 0,8 MPa bug' bosimi ostida va 172-174°C haroratda 12-16 soat davomida oxiriga yetkaziladi.
Mexanik ishlov berish operatsiyasi buyumlarning dastlabki yoki yakuniy qotish jarayonlaridan keyin amalga oshiriladi: listlar burchak qirralarini kesish, quvurlar yon tomonlarini kesish, bosimli quvurlar yon tomoniga faskalar ochish va boshqalar.


3. Asbosement buyumlarning turlari


Asbosement buyumlarning asosiy turlariga tombop, devorbop, bezak, pogonajli quvurlar va maxsus buyumlar kiradi.
Tombop buyumlarga quyidagilar kiradi: turli profildagi to'lqinsimon listlar va ular uchun fason qismlar, yirik o'lchamdagi yopma yassi plitalar, armaturalangan konstruktiv yopma (nastil), ekstruziya usulida tayyorlangan panellar, kam qavatli binolar uchun tombop plitkalar va shu kabilar.
To'lqinsimon profillangan listlar (9.12-rasm) oddiy, o'rtacha, yuqori va unifisirlangan profillarda tayyorlanadi. Ularning uzunligi 1200-3300 mm, to'lqin qadami 115-350 mm. Buyumning massasi 9-98 kg, egilishdagi mustahkamlik chegarasi esa 16-24 MPa.
Hozirgi vaqtda profillangan listlar 1750 mm uzunlikda, 40/150-6 va 54/200-6 (to'lqin balandligi/ to'lqin uzunligi-qalinligi) tiplarda turarjoy va qishloq xo'jaligi binolari tomlarini yopish uchun; 54/200-7.5 tipi esa sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish bino va inshootlari tomlarini yopish uchun ishlab chiqariladi. Uzunligi 1250 mm, 30/130 va 40/150 tiplardagi to'lqinsimon listlar kam qavatli va xususiy binolar qurilishida tombop material sifatida ishlatiladi. Sanoat binolarini yopish uchun uzunligi 3300 mm, 145/350 tipdagi VK listlari ishlab chiqariladi.
Profillangan asbosement listlar asosida tomlarni yopishda butlash uchun fason detallari - to'lqinsimon konkali, soddalashtirilgan konkali, o'tuvchi va burchaklik ishlab chiqariladi.






Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling