Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni


Tezkesar asbobsozlik po‘latlarining fizik-mexanikaviy xossalari


Download 0.72 Mb.
bet3/4
Sana10.06.2020
Hajmi0.72 Mb.
#116795
1   2   3   4
Bog'liq
A.Abdujalilov. 1-oraliq nazorat


Tezkesar asbobsozlik po‘latlarining fizik-mexanikaviy xossalari

Yuqori toblanish harorati yetarli miqdordagi murakkab karbidlarning ko‘p miqdorda erishini va austenitning uglerod hamda legirlovchi elementlar bilan o ‘ta to'yinishiga imkon beradi. Toblangandan keyin tezkesar po’latning strukturasi yuqori legirlangan


martensit, karbid va austenitdan iborat bo’ladi. Bo'shatish paytida qattiq eritmaning qisman parchalanishi yuz beradi, qoldiq austenit martensitga aylanadi, karbidlarning dispers zarralari ajralib chiqadi va bu qattiqlikni oshirishga xizmat qiladi. Uglerodli va legirlangan asbobsozlik po’latlariga nisbatan tezkesar po’latlar qattiqligi, mustahkamligi, issiqqa chidamliligi, yeyilishga chidamliligi, kichik plastik deformatsiyalarga qarshilik
ko’rsata olishi, yaxshi toblanishi bilan ajralib turadi. Tezkesar po’latlarning issiqqa chidamliligi ulardan yasalgan asboblarning uglerodli asboblarga qaraganda 2,5...3,0 marta yuqori tezlikda kesish imkonini beradi. Tezkesar po’latning yaxshi kesishi hamda texnologik xususiyatlarining yuqoriligi ulardan turli asboblar yasashda keng foydalanish imkonini beradi. Qattiq qotishmalardan asboblar yasash katta texnologik qiyinchiliklar tug‘dirgan va qimmatga tushgan hollarda (masalan, shakldor asboblar, murakkab konstruktiv shaklga ega asboblar) asboblar tezkesar po’latlardan yasaladi. Bundan tashqari qattiq qotishmalardan tayyorlangan asboblarning mexanik mustahkamligi kesish paytida yetarli bo’lmaydi va bu hol asbobning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bu ko‘proq odamsiz ishlaydigan texnologiyada yuz beradi (masalan, o ‘ta mustahkam materiallarni qalin qatlam bilan kesishda, juda qiyin dinamik rejimli uzlukli kesishda, DMAD texnologik tizimining bikrligi kichik paytida kesishda). Tezkesar po’latlardan shakldor keskichlar, parmalar, zenkerlar, razvyortkalar, metchiklar va plashkalar, vint kesuvchi kallaklar, silindrik, o‘qiy va tugalma (chekka) frezalar, shakldor va rezba frezalari, chervyak-modulli va chervyak-shlitsali frezalar, tish kesuvchi o‘ygichlar, sheverlar, protyajkalar tayyorlanadi.

  1. Kesish jarayoniga keskich bilan metallni siqish, keyin siljitish va qirindi hosil qilish natijasi deb, qarash mumkin. Kesiladigan metall qatlami murakkab deformatsiyaga uchragan holatda bo’ladi. Keskichning oldida va tagida joylashgan metall ham murakkab
    deformatsiyaga uchraydi. Rus olimi professor I.A.Time tavsifiga ko’ra turli metallarga
    kesish yo‘li bilan ishlov berishda, asosan, quyidagi qirindi turlari hosil bo’ladi: elementli, bo'g'insimon, tutash va uvoq qirindi. Elementli, bo‘g‘insimon va tutash qirindilar siljish qirindilari deyiladi, chunki ularning hosil bo’lishi siljish zo’riqishlari bilan bog’liq. Uvoq qirindi ba’zan buzilish qirindisi deb ham ataladi, chunki mazkur qirindining hosil bo’lishi cho‘zuvchi zo’riqishlar bilan bog’liqdir. Elementli qirindi (1-rasm. a) taxminan bir xil shakldagi, bir-biri bilan bog’lanmagan yoki bo‘sh bog’langan ayrim elementlardan tashkil topadi. Hosil bo’lgan qirindi elementlarini kesilayotgan qatlamdan ajratib turuvchi ОA chegara qirindi ajralish tekisligi deyiladi. Fizik jihatdan u kesish jarayonida kesilayotgan qatlamning buzilishi davriy ravishda sodir bo’ladigan yuzadan iborat. Bo‘g‘in qirindi (1-rasm, b) ayrim qismlarga bo’linmaydi. Ajralish tekisligi paydo bo’la boshlaydi, lekin u qirindining butun qalinligi bo‘ylab o’tmaydi. Shu sababli, qirindi ayrim bo‘ginlardan iboratdek bo’ladi va ular orasidagi bog’lanish ham saqlanadi. Tutash qirindining asosiy bclgisi (1-rasm, d) uning yaxlitligidadir. Agar uning harakati yo’lida hech qanday to‘siq bo’lmasa, u uzluksiz tasma shaklida buralib yassi yoki vintsimon spiral shaklida ajralib chiqaveradi va bu hol qirindining o‘z og’irligi ta’siri ostida sinib uzilmaguncha davom etaveradi. Qirindining asbobning old yuzasiga tegib turgan yuzasi kontakt (tutash) yuzasi deb ataladi. U nisbatan tekis, kesish tezligi yuqori bo’lganda esa asbobning old yuzasiga ishqalanib jilolangan bo’ladi.

1-rasm.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling