Asbobsozlik materiallari Reja: Uglerodli asbobsozlik polatlari
Download 349.5 Kb.
|
Asbobsozlik materiallari
Tezkesar polatlar tarkibida 19% gacha volfram, 4 - 5 % gacha xrom va 2-3% gacha vanadiy boladi (jadval).
Eng kop ishlatiladigan tezkesar polatlarning, yaoni R18 va R9 markali polatlarning kimyoviy tarkibi quyida keltirilgan. jadval
R18 va R9 markali polatlar ozining qattiqligi, yeyilishga chidamliligi va kesish xususiyatlari yuqori bolganligi uchun kesish tezligini uglerodli asbobsozlik polatlarga nisbatan 2-3 barobar oshirishga imkon beradi. Tezkesar polat toblanib, songra boshatilgandan keyin uning qattiqligi Rokvell boyicha 62-65 HRC ga yetadi. jadval
R18 markali polat kichik kesish tezligida yuqori va doimiy yeyilish chidamliliga ega. Bundan tashqari R18 yaxshi jilvirlanadi, shuning uchun murakkab shakldagi kesuvchi asboblarni (sidirgichlar, tish kesuvchi dolbyaklar va frezalar, shakldor keskichlar va boshqalar) tayyorlash uchun qullanilishi mumkin. R18 va R9 markali polatlar, qattiqligi 250-260 HRC gacha va chegaraviy mustahkamligi sv 850-900 MN/m gacha bolgan polatlarga va choyanlarga ishlov berish uchun hamma korinishdagi kesuvchi asboblarni tayyorlash uchun qollaniladi. Tezkesar polatning kesuvchi va texnologik xususiyatlarini, kobalt (So), molibden (Mo) bilan qoshimcha legirlab hamda vanadiy miqdorini orttirish bilan yaxshilash mumkin. Kobalt bilan legirlangan polat (R18F2K5, R9K5, R9K10, R10FK5) yuqori issiqbardoshlikga ega boladi va issiqga chidamli austenit polatlarga va yuqori mustahkamlikdagi yaxshilangan polatlarga ishlov berish uchun tavsiya etiladi. Polat tarkibida vanadiyning ortirishi bilan ( R18F2, R14F4, R9F5) yuqori mustahkamlikdagi (sv≥950-1000 MN/m2) asbobsozlik po‘latlari bilan yaxshilangan po‘latlarga toza ishlov berish mumkin. Molibden bilan legirlangan po‘lat (1,0- 1,5% Mo) katta kesish tezligida qiyin ishlov beriladigan qotishmalarni uzlukli ishlov berish jarayonida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Asbobsozlik polatlarining xususiyatlarini yaxshilash uchun kesuvchi asbobning turgunligini 1,5 - 2 marta oshirish maqsadida termokimyoviy usul qollaniladi. Download 349.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling