Mеtаllurgik pеchlаrdа qo’llаnilаdigаn o’tgа bаrdоsh mаtеriаllаr pеchning gаzохоd sistеmаlаri, uning


Download 134.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi134.61 Kb.
#1308490
  1   2   3   4
Bog'liq
MЕTАLLURGIK PЕCHLАRDА QO’LLАNILАDIGАN O’TGА BАRDОSH MАTЕRIАLLАR PЕCHNING GАZОХОD SISTЕMАLАRI, UNING HАVО, KISLОRОD VА SUV BILАN TА’MINLАNISHI.



MЕTАLLURGIK PЕCHLАRDА QO’LLАNILАDIGАN O’TGА BАRDОSH 
MАTЕRIАLLАR PЕCHNING GАZОХОD SISTЕMАLАRI, UNING
HАVО, KISLОRОD VА SUV BILАN TА’MINLАNISHI. 
Reja 
1.Mеtаllurgik pеchlаrdа qo’llаnilаdigаn o’tgа bаrdоsh mаtеriаllаr. 
2.pеchning gаzохоd sistеmаlаri, uning hаvо, kislоrоd vа suv bilаn
tа’minlаnishi. 
 
Zamonaviy metallurgik pechlar qurilishida ko’p miqdorda turli materiallar 
qo’llash talab qilinadi, ulardan asosiylari: issiqlikga va o’tga chidamli materiallar, 
metallar, metall qotishmalar va oddiy qurilish materiallari. Issiqlikga va o’tga 
chidamli materiallar pechlarning ishchi qismlarini, ya’ni yuqori haroratli jarayonlar 
boradigan ishchi bo’limlarni yig’ishda ishlatiladi. Metall va metall qotishmalari 
pechning tashqi qoplamalarini, mahkamlash ustunlariga, harakatlanuvchi qismlarda, 
sovitish sistemalarida qo’llaniladi. Oddiy qurilish materiallari - g’isht, stement, qum, 
xarsang tosh va shag’allar asosan pechlarning fundamentini tayyorlashda
texnologik gazlar harakatlanuvchi qismlarni yig’ishda foydalaniladi. 
O’tga chidamli materiallar deb - uzoq vaqt davomida 1000 
°
S dan yuqori 
bo’lgan haroratga bardosh berib, o’zining mexanik mustahkamligini va shaklini 
saqlab turuvchi materiallarga aytiladi. O’tga chidamli materiallar quyidagi talablarni 
qanoatlantirishi shart, ya’ni: 
1. O’tga chidamliligi - 1580 °S dan kam bo’lmasligi. 
2. 1000°S dan yuqori haroratda ham etarli darajada texnik mustahkamlikga 
ega bo’lishi. 
3. Jarayon harorati o’zgarishiga chidamliligi. 
4. Metallurgik jarayonlar borishi davomida kimeviy mustahkamligi. 
5. Qizdirish natijasida o’zining shaklini va hajmini saqlab qolishi. 
6. Fizikaviy xususiyatlari - issiqlik o’tkazuvchanlik, g’ovaklik, solishtirma va 
hokazolarga javob berishi. 
7. Ko’plab ishlab chiqarishda tannarxini arzonligi.
Metallurgik pechlar qurilishida qo’llanilayotgan o’tga chidamli materiallar 
oksidli yoki uglerodli birikmalardan tayyorlanadi. 
Ular o’zining tarkibiga ko’ra 20 ta guruhdan iborat 8 ta sinfga bo’linadi: 

Download 134.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling