Mеtаllurgik pеchlаrdа qo’llаnilаdigаn o’tgа bаrdоsh mаtеriаllаr pеchning gаzохоd sistеmаlаri, uning
Download 134.61 Kb. Pdf ko'rish
|
MЕTАLLURGIK PЕCHLАRDА QO’LLАNILАDIGАN O’TGА BАRDОSH MАTЕRIАLLАR PЕCHNING GАZОХОD SISTЕMАLАRI, UNING HАVО, KISLОRОD VА SUV BILАN TА’MINLАNISHI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Magnizitli
- V. Uglerodli a) grafitli, tarkibini 30-60 % ni S tashkil qiladi. b) koksli, tarkibini 70-90 % ni S dan tashkil qiladi. VI. Stirkoniyli
- VII. Oksidli
I. Kremniy oksidli
a) dinasli bo’lib tarkibida SiO 2 ning miqdori 90%dan kam bo’lmasligi kerak. b) kvarstli shisha, SiO 2 ning miqdori 99 % dan oshmasligi kerak. P. Alyumosilikatli a) yarim kislotali, tarkibida 70-80 % SiO 2 va A1 2 O 3 0 30 % dan kam bo’lmasligi kerak. b) shamotli, tarkibini 30 % dan 45 % gacha A1 2 O 3 tashkil qiladi. v) yuqori alyumosilikatli tarkibida A1 2 O 3 45 % dan kam bo’lmasligi kerak. III. Magnizitli a) tarkibida magniy oksidi MgO ning miqdori 85 % dan kam emas. b) tarkibidagi dolomitli SaO va MgO larining miqdori (molekulyar miqdorda) bir-biriga yaqin yoki MgO ning ortiqroq. v) foresterli, tarkibi MgO va SiO 2 lar iborat bo’lib, ularning molekulyar nisbati taxminan 1ga teng yoki MgO ning miqdori ortiqroq g) shipinelli MgO ·Al 2 O 3 va Sg 2 O 3 dan tashkil topgan. IV. Xromli a) Tarkibida 30 % oralig’ida Sg 2 O 3 bo’ladi. b) xrom-magnezitli-tarkibi 10-30 % Sg 2 O 3 va 30-70 % MgO dan iborat. V. Uglerodli a) grafitli, tarkibini 30-60 % ni S tashkil qiladi. b) koksli, tarkibini 70-90 % ni S dan tashkil qiladi. VI. Stirkoniyli a) stirkoniyli, ZrO 2 * SiO 2 mineralidan tayyorlanadi. b) stirkonli ZrO 2 dan tayyorlanadi. VII. Oksidli a) berilli oksididan tayerlangan mahsulot. b) toriy oksididan tayerlangan mahsulot. v) steziy oksididan tayerlangan mahsulot. VIII. Karbitli va nitritli a) korborundli, tarkibi 30 % dan 90 % gacha SiS mavjud b) nitriddan, karbid va baritdan tashkil topgan mahsulotlar. O’tga chidamli materiallar issiqlikga chidamli xossasiga ko’ra uchta guruhga ajratiladi. 1) o’tga chidamli - 158 0 S dan 177 0 S gacha, 2) yuqori haroratga chidamli 177 0 S dan 200 0 S gacha, 3) o’ta yuqori haroratga chidamli 200 0 S dan yuqori. O’tga chidamli mahsulotlar termik ishlov berilishiga asosan 3 guruhga bo’linadi: 1) kuydirilmaydigan-ya’ni shakl berilgan mahsulot kuydirilmaydi; 2)kuydiriladigan va 3) erish darajasiga yaqin - ma’lum shakl berib kuydiriladi va erish temperaturasiga yaqin haroratda ishlov beriladi. Metallurgik pechlar qurilishida asosan tabiiy xom ashyolardan maxsus tayyorlangan o’tga chidamli materiallar ishlatiladi. Ularni tayyorlashda tabiiy o’tga chidamli materiallar qum, kvarstli qum SiO, slanest temir xromati FeO · Sr 2 O 3 , asbest 3MgO·4 SiO 2 ·N 2 O kaolin A1 2 O 3 ·3SiO·2N 2 O va boshqa minerallardan foydalaniladi. Shuningdek bu materiallarga qayta ishlov bermagan holda ham pechlar ko’rilishida ishlatish mumkin. Masalan, azbest va slanest - issiqlik o’tkazmaydigan materiallar sifatida qoplamalar orasini to’ldirishda, kvarstli qum, kaolin va stement qorishmasidan pechlarni g’ishtlarini terishda, choklarini suvashda va mahsulot chiqadigan tuynuklarni yopishda foydalaniladi. O’tga chidamli materiallarni tanlash, ulardan mahsulot tayyorlash va ishlatish mutaxassisdan yuqori bilim va maxorat talab qiladi, chunki yo’l ko’yilgan xatolar qurilgan metallurgik pechlarning mustahkamligini pasaytiribgina qolmay, xatto baxtsiz hodisalarga olib keladi. Shu sababli issiqlikga chidamli mahsulotlar tayyorlash qat’iy texnologik talablar asosida olib borilishi shart, bularga: 1. Xom ashyoni tayyorlash. Tabiiy xom ashyoni saralash, unsur elementlardan tozalash maqsadida uni boyitish, kuydirish orqali uning tarkibidagi karbonatlarni, gidratlarni, organik birikmalarni parchalash va mustahkam birikma olish, uni maydalash, yanchish va yirikligi bo’yicha saralashdan iborat. 2. Dastlabki aralashma - shixta tayyorlash, bu jarayonda tayyorlanayotgan mahsulot tarkibini tashkil etuvchi moddalar aniq miqdorda solinib, yaxshi aralashtiriladi, so’ngra ma’lum miqdorda suv bilan namlanadi. 4. Mahsulotni quritish - ya’ni, uning gigroskopik namligini ma’lum haroratda parchalashdan iboratdir. 5. Mahsulotni kuydirish. Bu jarayon g’isht pishirish pechlarida yoki to’g’ridan - to’g’ri metallurgik pechlarning o’zida amalga oshiriladi. 6. Tayyor mahsulotning texnik nazorati - buni korxonaning maxsus bo’limiga yuklatilgan bo’lib, tayyorlangan issiqlikga chidamli mahsulotlarni sifatini tekshirib va saralab maxsus kontenerlarga joylanadi yoki ehtiyot choralarini inobatga olgan holda iste’molchiga jo’natiladi. Download 134.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling