Asbobsozlik materiallari Reja: Uglerodli asbobsozlik polatlari
Mineralokeramik materiallar
Download 349.5 Kb.
|
Asbobsozlik materiallari
Mineralokeramik materiallar. Mineralokeramik materiallarni uch guruxga bolish mumkin: oksidli keramika, kermet va oksid-karbidli keramika.
jadval
Oksidli keramika, volfram karbididan 125 marta arzon bolgan alyuminiy oksidi asosida tayyorlanadi. Oksidli keramikaning qattiqligi va yeyilishga chidamliligi, qattiq qotishmalarnikiga karaganda kam emas, issiqlikka bardoshligi esa nisbatan yuqori boladi. Sanoat asosida chiqariluvchi TSM 332 markadagi keramika polatlarning erish haroratida oz xossalarini saqlaydi. SHuningdek oksidli keramika juda mort va unchalik mustahkam emas (sv =350-450 MN/m ) va faqat toza, yarim toza ishlov berish uchun tavsiya etilgan bolishi mumkin. Kermet, alyuminiy oksidini boshqa metallar (molibden, xrom, volfram) qoshimchalari bilan (10% gacha) va ularning birikmalarini (oksidlar, silitsidlar, boridlar, nitridlar) ozaro mujassamlashtirgan. Misol uchun alyuminiy oksidini va 10% molibdenni saklovchi kermetni aytish mumkin. Tantal nitridini yoki karbidini va titan yoki tsirkoniboridli kermetlar xozirda maolum. Oksidli - karbidli keramika, alyuminiy oksidini va metallar karbidini ozaro mujassamlashtiradi. Metallarni va ularning birikmalarini qoshish mineralokeramikaning xossalarini sezilarli darajada yaxshilaydi, qisman uning qovushqokligini mustahkamligini, issiqlik otkazuvchanligini oshiradi. Olmoslar. Sintetik olmoslarni sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqish va tabiiy olmoslarni qazishni qopaytirish xozirda keng tarqalmokda. Texnik olmoslarning asosiy qismi, qattiq qotishmali kesuvchi asboblarga va detallarga, oynalarga, kvartsga yarim utkazuvchi va boshqa qiyin ishlov beriladigan materiallarga olmosli va olmosli abraziv ishlov berish uchun foydalaniladi. Hozirgi davrda nometall emas materiallarga, rangli metallarga va qotishmalarga, qisman fenolformaldegidlarga, karbamid smolalariga, atsetiltselliyuzaga, rezinaga, ebonitga, grafitga, misga, latunga, bronzaga, babbitga, oltinga, kumushga, alyuminiyga, platinaga, rux va magniy qotishmalarini nafis yonish uchun olmos keskichlar keng kolamda qollanilmoqda (13 jadval). Polat va choyanlarga ishlov berishda olmos keskichlarni qollash foydali hisoblanmaydi. Olmos keskichlarning boshqa asbobsozlik materiallaridan tayyorlangan keskichlarga nisbatan turgunligi on va yuz marta kattadir. Bu olmoslarning yuqori qattiqlikka va yeyilishga chidamliligiga ega ekanligi va ishqalanish koeffitsientini kichikligi hamda issiqlik otkazuvchanligi yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Olmosning asosiy fizik mexanik xosslari: jadval
Olmos keskichlarning ishchi yuzalari 13-14 kvalitet tozaligigacha bo‘lishi mumkin, kesuvchi qirraning yumaloqlanish radiusi esa 1 mkm gacha va xatto 0,05 - 0,10 mkm gacha bo‘ladi. SHu bilan bir qatorda olmos juda mo‘rt, mustahkamligi past bo‘ladi. SHuning uchun olmos keskichlarni, kuchlarning keskin tebranishidan va haroratning tasodifiy oshishidan saqlash shart. jadval Download 349.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling