Asbobsozlik materiallari Reja: Uglerodli asbobsozlik polatlari
Metallokeramik qattiq qotishmalar
Download 349.5 Kb.
|
Asbobsozlik materiallari
Metallokeramik qattiq qotishmalar bir qator metall karbidlaridan tashqil topgan va uch guruxga bolinadi; volfram-kobaltli qattiq qotishma (VK), titan-volfram-kobaltli qattiq qotishma (TK), titan-tantal-volfram-koboltli qattiq qotishma (TTK) (10-jadval).
jadval
Volframli qotishmalarning tarkibi kobalt (So) bilan boьlangan Volfram karbidi donalaridan (WC) tashqil topgan. Ayrim xollarda vanadiy (VC), niobiy (NbC) va tantal (TaC) karbidlari ham qo‘shiladi. Titan-volframli qotishmalarning tarkibi kobolt bilan boьlangan titan karbidlari (TiC) va WC-ning ko‘p donalaridan tashqil topgan. Titan-tantal-volframli qotishmalarning tarkibi kobalt bilan boьlangan TiC-TaC-WC qattiq aralashma donalaridan va WC-ning ko‘p donalaridan tashqil topgan. Qattiq qotishmalar – qattiq va mo‘rt karbid donalaridan va kobalt fazalaridan, tashqil top gan boladi. Qattiq qotishmalar volframning erish haroratidan ancha kichik bolgan haroratda (1350 14500S) kuydirib pishirish yoli bilan olinadi. Metall karbidlari kobolt bilan aralashtiriladi va aralashma hosil bolguncha maydalaniladi. Xomaki olchamlari tayyor buyum olchamlaridan katta bolishi kerak, chunki kuydirib ichkarisida qattiq qotishmaning kirishuvi hosil boladi (20-30 % gacha uzunlik boyicha). Mayda kesuvchi asboblar (parmalar, frezalar va boshq.) yumshatilgan (plastikliligi orttirilgan) xomakidan tayyorlanadi. Qoliplangan material 7000S atrofidagi haroratda dastlabki kuydirib pishiriladi, song esa organik yumshatgich (masalan parafin) bilan teshikli massa hosil qilinadi. Songra 1400-1500o C haroratda yakuniy kuydirib pishiriladi va kesuvchi asbob charxlanadi. 11-jadvalda qattiq qotishmalar uchun ularning kimyoviy tarkibi, fizik-mexanik xossalari va kesish tezligining nisbiy koeffitsienti keltirilgan. Volfram guruxidagi qattiq qotishmalar choyan, bronza, toblangan polat va mort materiallarga ishlov berish uchun qollaniladi. VK qotishmasida kobalt miqdorining oshishi uning qattiqligi va yeyilishga bardoshligini pasaytiradi, lekin mustahkamligi ortadi. VK2 qotishmasi juda yuqori yeyilishga chidamlilikka ega va yarim toza, toza va oxirgi ishlov berish uchun qollaniladi. VK3M qotishmasi karbid fazalarning mayda donalariga ega, shuning uchun u juda qattiq. Toblangan polat va qattiq choyanni toza va yarim-toza ishlov berish uchun qollaniladi. VK4 va BK6 qotishmalari choyan, rangli metallarga va qotishmalarga, titan va uning qotishmalariga, metallmas materiallarga toza, yarim toza va yupqa qatlamda ishlov berish uchun qollaniladi. Mayda donali VK6M qotishmasi austenit sinfidagi zanglamaydigan polatlarga, issiqbardosh va titanning maxsus markalariga, qattiq bronza, shuningdek yupqa qatlamda kam uglerodli va legirlangan polatlarga ishlov berish uchun tavsiya etiladi. jadval
VK8, VK8B va VK15 qotishmalar zarbaviy yuklanishga va titrashga yaxshi bardosh beradi. Ular kulrang va oq choyanlarga, toblangan polatga katta kesish chuqurligida qora ishlov berish uchun tavsiya etiladi. Polat materiallarga ishlov berishda TK va TTK guruxdagi qotishmalar VK guruxdagi qotishmalalarga nisbatan yuqori turgunlikka ega. T30K4 markali qotishma (30%TiC, 4%Co,66%WC) - katta qattiqlikka va mortlikka ega va uglerodli va legirlangan polatlarga toza ishlov berish uchun qollaniladi. T15K6 qotishmasi (15%TiC, 6%Co) polatlarga qora, yarimtoza va toza ishlov berish uchun qollaniladi; T15K8 qotishmasi (14%TiC, 8%Co) uzluksiz kesishda qollashga tavsiya etiladi. T15K10 qotishmasi (6%TiC, 9%Co) polat va polat quymalarni qora yonib va frezalash, toza randalash uchun qollaniladi; T5K12B (5%TiC, 12%Co), TT7K12 ( 4%TiC, 12%Co, 3%TaC), TT7K12 (3%TiC, 8%Co, 7%TaC) qotishmalari choqqi va botiq boyicha polat va polat quymalarga uzlukli ishlov berishda kesib ishlashning qiyin sharoitlarida qollaniladi. Qattiq qotishmalarning tarkibini va karbid faza donalarining olchamlarini ozgartirish bilan uning xossalarini sozlash mumkin. Dona olchamlarining 1 mkm gacha kamayishi, mustahkamlikning birmuncha pasayishi bilan qattiqlikni va yeyilishiga chidamlilikni sezilarni orttiradi. Qarama-qarshi natija karbid faza donalari olchamlarini 3 mkm dan yuqori bolgan holda hosil qilinadi. Qattiqlik (HRS birligida 1 - 1,5 gacha) kamayadi, mustahkamlik chegarasi esa 10 - 15 % ga oshadi. Keyingi paytlarda qattiq qotishmalarni tayyorlash uchun karbidlar bilan bir qatorda metall boridlarni qo‘llay boshlandi. Boьlovchi sifatida molibden va nikeldan foydalaniladi. Teng miqdordagi molibden va nikeldan tashqil topgan boьlovchi 15% ,titan boridi 25% va titan karbidi 60% bo‘lgan qattiq qotishmadan foydalanishni misol tariqasida keltirish mumkin. Xalkaro tashqilot (ISO) tomonidan kesib ishlov berishda qo‘llaniladigan qattiq qotishma markalarining yagona klassifikatsiyasi taklif etilgan.
Metallarga ishlov berish uchun uzluksiz qirindi beruvchi qotishmalar (po‘lat, po‘lat quyma, bolьalanuvchan cho‘yan) R harfi bilan ifodalanadi, maydalanuvchan qirindi beruvchi materiallar (qolrang choyan, rangli materiallar va ularning qotishmalari, metallmas materiallar) K harfi bilan va ikkala materiallar guruxiga yaroqli bolgan qotishmalar M harfi bilan ifodalanadi. Qotishmalarning guruxlari ikki xonali son bilan belgilanadi (masalan RO1, M40, K10). Sonning osishi bilan mustahkamlik oshadi va qattiqlik, yeyilishiga chidamlilik va kesish tezligi pasayadi. Download 349.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling