Asbobsozlik va konstruksion pulatlar, ularning klassifikatsiyasi


Download 65.68 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi65.68 Kb.
#1231142
Bog'liq
3-mavzu


Asbobsozlik va konstruksion pulatlar, ularning klassifikatsiyasi

Asbobsozlik poʻlati – Turli asboblar, keskichlar, sovuqlayin va qizdirib deformatsiyalash shtamplari. oʻlchash asboblari va boshqa yasash uchun ishlatiladigan poʻlat. Tarkibida, odatda, 0,6 dan 1,4 % gacha uglerod boʻladi. Asbobsozlik poʻlati uglerodli, legirlangan va tezkesar (koʻp legirlangan) xillarga boʻlinadi. Uglerodli va legirlangan Asbobsozlik poʻlati kichik tezlik bilan ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 200 – 300° gacha qiziydigan kesuvchi asboblar, oʻlchov asboblari hamda shtamplari tayyerlash uchun, tezkesar Asbobsozlik poʻlati esa katta tezlik bilan ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 560 – 600° gacha qiziydigan kesuvchi asboblar tayyerlash uchun moʻljallangan. Uglerodli Asbobsozlik poʻlati „U“ harfi va undan keyin qoʻyiladigan raqam bilan belgilanadi. „U“ harfi Asbobsozlik poʻlatining uglerodli poʻlat ekanligini, raqam esa poʻlat tarkibidagi uglerod foizining oʻndan bir ulushlarida ifodalangan oʻrtacha miqdorini koʻrsatadi. Masalan, U8 markali poʻlat uglerodli Asbobsozlik poʻlati tarkibida oʻrtacha 0,8 % uglerod borligini bildiradi. Uglerodli Asbobsozlik poʻlatining U7, U8, U9, U10, U I. U12, U13 markalari bor. Tarkibida zararli qoʻshilmalar 0,03 % dan kam „S“ va 0,04 foizdan kam „R“ uglerodli Asbobsozlik poʻlatining markasi oxiriga „A“ harfi qoʻyiladi, masalan, U7A, U8A, U9A va hokazo Legirlangan Asbobsozlik poʻlati koʻp tarqalgan X, 9XS, XG, XVG, XV5, X12, FG, 7X3, 4XS. 4X2V8 markali poʻlatlardir. Harflar tegishli elementlarni bildiradi (masalan, X– xrom, S – kremniy, G – marganets, V – volfram, F – vanadiy), harflardan keyingi raqamlar ayni elementning foizlarda ifodalangan oʻrtacha miqdorini koʻrsatadi (Yana qarang Legirlangan poʻlat, Legirlash, Tez kesar poʻlat)[1].
Poʻlat (fors.-toj.1) — temirning uglerod (2%) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik P.ning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan P.lar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. P.ning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. P. toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, P. uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli P.ga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) P.lar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali P. zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi.
P. suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin asosan, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq P. konverter, marten pechi, elektr pechi, tigel va boshqa pechlarda oli-nadi. Plastik P. pudlinglab olinadi (qarang Pudlinglash). Qattiq holatdagi P. temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi.
Xom ashyo sifatida domna choʻyani va temir-tersaklar ishlatiladi. Ular pechda qizdiriladi. Kimyoviy reaksiya natijasida choʻyan va temir-tersaklar tarkibidagi S, Si, Mp, R va S oksidla-nib temirning kaytarilishi natija-sida P. hosil boʻladi. Lozim boʻlsa (mas, legirlangan poʻlat olishda), P. tarki-biga zarur kimyoviy elementlar qoʻshiladi. Fosfor va oltingugurt P.ning xossalariga salbiy taʼsir etgani sa-babli P. ulardan tozalanadi (rafina-siyalanadi). Bunda asos harakterli flyusdan foydalaniladi.
P.ni qaytarish, yaʼni uning tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish uchun suyuq P.ga qaytaruvchilar (tarkibida Mp, Si, Al, Ca boʻlgan qotishmalar) qoʻshiladi. Ular temir ok-sidi tarkibidagi kislorod bilan birikib, uni tozalaydi. Qaytarish diffuziya yordamida ham bajarilishi mumkin. Bu usulda kukun holida maydalanib tosh-qol (shlak) ustiga solingan qaytaruvchilar toshqolda erib, tarkibidagi te-mirni qaytaradi. Bu esa, taqsimlanish qonuniga binoan, P. tarkibidagi temirning ham qaytarilishiga sabab boʻladi. P. ishlab chiqarish tayyor ggoʻlatni kovshlar yordamida maxsus metall qoliplarga kuyish bilan yakunlanadi.
Dunyo miqyosida P. ishlab chiqarish barcha metallar umumiy miqdorining 20—25 foizini tashkil etadi. P. qurilish, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda qoʻllaniladigan asosiy material hisoblanadi.[1]

Poʻlat ishlab chiqarish
Poʻlat (pols. stal, nem. Stahl) — temir va uglerod (va boshqa unsurlar) deformatsiyalanuvchan (bolgʻalanuvchan) qotishmasi, tarkibidagi uglerod miqdori 2,14 % dan oshmaydi va 0,02 % dan kam emas. Uglerod temir qotishmalarida mustahkamlik va qattiqlik xususiyatlarini oshirib, plastiklik va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi. Poʻlat — mashinasozlik, transport, qurilish va boshqa koʻp sohalarda muhim material hisoblanadi. Asboblozlik poʻlatlari oʻzining oson kesiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Download 65.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling