Asfoltbeton past yoki sovuq ob-havo sharoitida ishlab chiqarish sifatini taminlashning o’ziga hos xususiyatlari reja


Download 34.33 Kb.
bet2/6
Sana11.05.2023
Hajmi34.33 Kb.
#1454906
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asfalt-beton. uz-assistant.uz

Sovuq asfalt-beton uchun markasi MG 70/130 yoki SG 70/130 ga teng bo‘lgan suyuq bitum ishlatiladi. Bunday asfalt-betonning ishlatilayotgandagi harorati atrof-muhit haroratiga teng bo‘lishi kerak, ammo +10°S dan past bo‘lmasligi lozim.
Agar zaruriyat bo‘lsa, iliq va sovuq asfalt-betonlar zavoddan chiqayotgan haroratda (80–100°S) ham yo‘lga yotqizilishi mumkin. Asfalt-betonning quyidagi turlari mavjud:

  • zichlitiga (g‘ovakligiga) ko‘ra – g‘ovakligi 3–5 %ga teng bo‘lgan – zich va g‘ovakligi 6– 10 %li g‘ovak tuzilishdagi asfalt-betonlar;

  • zichlash uslubiga ko‘ra og‘ir katoklar, tebratkichlar va shibbalovchi uskunalar vosita sida zichlanadigan va quyma asfalt-betonlar;

  • to‘ldirgichlarning mayda-yirikligiga qarab yirik donali (shag‘al yoki chaqiq tosh yirikligi – 5– 40 mm) va mayda donali (qumlar – 5–20 mm) asfalt-beton.

Issiq va iliq asfalt-betonlar ishlab chiqarishda yirik donali to‘ldirgichlarni ishlatish mumkin.

Mineral to‘ldirgichlar


Asfalt-beton tuzilishini va hajmini tashkil etuvchi eng muhim tarkibiy qism undagi mayda, yirik va mineral kukuni kabi to‘ldirgichlardir. Asfalt-beton qorishmasini tayyorlashda mineral to‘ldirgichlar avval qizdiriladi keyin bog‘lovchi sifatida bitum qo‘shiladi. Issiq to‘diirgichlar bilan qorishtirilgan bitum ularning yuzasida bitum pardasini hosil qiladi va tez surʼatda oksidlash reaksiyasi boshlanadi, natijada, to‘ldirgich yuzasidagi bitumning parda sifati yaxshilanadi.
Chaqiq tosh. Asfalt-betonda ishlatiladigan yirik to‘ldirgich sifatida mustahkam, zararli muhit va sovuqqa chidamli vulqondan otilib chiqqan metamorf va cho‘kindi tog‘ jinslari hamda asta-sekin sovutilgan Bekobod toshqoli ishlatiladi. Chaqiq toshning maydayirikligiga qarab yirik to‘ldirgichlar 60 dan 3000 gacha bo‘lgan markalarga ega. Tog‘ jinsidan olingan chaqiq toshni maxsus uskunada sinalganda yuzasining silliqlanishi 25–33 %, toshqolniki esa 35 %gacha bo‘lishi mumkin. Chaqiq tosh yuzasi notekis, undagi ignasimon va yapaloq donalar miqdori 13–26 %dan ortmasligi kerak. Sovuqqa chidamliligi esa muzlatib eritganda 50 sikldan kam bo‘lmasligi lozim. Chaqilgan to‘ldirgich tarkibida yirik tosh qismi 80 %dan kam bo‘lmasligi kerak.
Qum – qattiq minerallarning, asosan, kvarsning sochiluvchan mayda donachalari va ularning to‘plami. Qumning tozaligi undagi chang va loy miqsori bilan o‘lchanadi. Tog‘ jinsining mustahkamligiga qarab qum ikki xil markada ishlab chiqariladi, yaʼni 800 va 400. Uzbekiston sharoitiga mos asfalt-beton uchun ishlatiladigan qum quyidagi davlat standartlari talabiga javob berishi lozim.

Download 34.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling