Asfoltbeton past yoki sovuq ob-havo sharoitida ishlab chiqarish sifatini taminlashning o’ziga hos xususiyatlari reja
Asfalt-beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi
Download 34.33 Kb.
|
Asfalt-beton. uz-assistant.uz
Asfalt-beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi.
Asfalt-beton zavodlarida qorishma ishlab chiqarishni tashkil qilish va zaruriy ashyolar bilan taʼminlash bo‘yicha ikki xil texnologiya mavjud. Birinchi xil texnologiyada konlardan mayda va yirik mineral kukun kabi to‘ldirgichlar tayyor qilib keltiriladi. Ikkinchi xil texnologiyali tabiiy tog‘ jinslarini qayta ishlab tayyorlangan ashyolar asosida ishlaydigan asfalt-beton zavodlari tasarrufiga bitum saklagich hovuzlar, uni erituvchi qozonlar, nasos stansiyalari, asfalt-beton qorishmasini ishlab chiqarish sexi, mineral kukuni tayyorlaydigan tegirmon, zavod ichida mineral to‘ldirgichlarni saqlash maydonlari, elektr energyyasi va bug‘ taʼminoti xo‘jaligi, xom ashyolarni va tayyor asfalt-beton qorishmalarini uzluksiz sinab turuvchi tajribaxona, mexanik taʼmirlash ustaxonasi, xodimlarning xavfsizliligini taʼminlash bo‘limlari kiradi. Mineral kukuni tayyorlash uchun tabiiy tosh maxsus o‘choqlarda. quritiladi va yumaloq cho‘yan solingan aylanuvchan tegirmonda tuyiladi. Mineral kukun usti berk omborxonalarda yoki siloslarda saqlanadi. Asfalt-beton qorishmasini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi: mineral to‘ldirgichlar tayyorlanadi (oldindan tortish, quritish, qizdirish va yana tortish); bitumni tayyorlashda uni hovuzdan erituvchi qozonga solinadi, bitumdagi nam va suv bug‘latiladi, keyin ishchi haroratgacha qizdiriladi va kerak bo‘lsa sirti faollashtirilgan modda qo‘shiladi va qorg‘ichga solishdan avval tortiladi; mineral to‘ldirgichlar bitum bilan qorishtiriladi va o‘zi ag‘daruvchi avtomobilga yoki yig‘uvchi bunkerga solinadi. Asfalt-beton qorg‘ichning ish unumi 25–50 yoki 100–200 t/s.ga teng. Hozirgi kunda asfalt-beton zavodlarining avtomatlar vositasida uzoqdan boshqaradigan turlari mavjud. Bunday zavodlarning ish unumi 400–800 t/s. gacha bo‘lyshi mumkin. Qorg‘ich barabanga bir yo‘la solingan asfalt-beton qorishmaning og‘irligi 700 kt , bo‘lishi mumkin. Qizdirilgan mineral to‘ldirgichlar qorg‘ichga tushishdan avval 10–20 sek. aralashtiriladi, keyin qorg‘ich barabanda 140–170°S haroratda bitum bilan 60^120 sek.gacha qorishtiriladi. To‘ldirgich donalari yirik bo‘lsa, qorishtirish vaqti 25–35 sek.ni tashkil etadi. Avtomobilga solinadigan tayyor asfalt-beton qorishmasining og‘irligi 3400 kg. gacha bo‘lishi mumkin. Yig‘uvchi bunkerga 100 tonnagacha asfalt-beton qorishma sig‘adi va uni saqlash 4–6 soatdan oshmasligi lozim. Mineral kukunini tayyorlash uchun avvalo ohaktosh maydalanadi, keyin quritiladi va donalari kerakli (5–20 mm) o‘lchovgacha tegirmonda tuyiladi, so‘ng tayyor mineral kukuni usti berk omborxonada saqpanadi. Tegirmonga tushayotgan mineral toshning namligi 1–3 %dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ochiq joyda saqlanadigan kukunning namligi 15–25 % bo‘lishi mumkin. Download 34.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling