Ashulachilik uslubi ijroda asarning ichki va tashki xususiyatlarini ochib berishda xonandadan nafakat mukammal musiqiy tovush ijro etilishi, balki badiiy, falsafiy g‘oyalar bilan sug‘orilishini takozo etadi
Download 255.19 Kb.
|
Matn va talaffuz turlari
Talaffuz - xonandalik an'analaridagi omillardanbiri sifatida muxim axamiyat kasb etib kelgan. Mumtoz xonandalik san'atida so’z-matn ma'nolarini tug‘ri va anik xolda talaffuz etish va tinglovchiga yetib borishi xonandaning nutk va oxang talaffuziga bog’liqdir.
Xonandalik amaliyotida xonish talaffuzining turli xillari mavjuddir. Birinchidan: oxang talaffuzi. Bu jarayon uch umumiy kurinishda uchraydi. tabiatan nutssonli talaffuz. Talaffuzning tabiiy nuksonliligining xillari kup va amaliyotda xam uchrab turadi. Bu xildagi talaffuzda xonandaning xarflarni, bo‘g‘inlarni, jumlalarni noto‘g‘ri ukib talaffuz etishlariga aytiladi. Jumladan: «x» va «x», «f» va «k», «r» va «l» xarflarini almashinib ketishi amaliyotda uchrab turadigan xoldir va ularni ijroda tug‘ri talaffuziga erishish mumkin. Uning uchun muntazam maxsus tanlangan so’z bo‘g‘inlariga asoslangan mashklar asosida tartibli mashg‘ulotlar utkazish lozimdir; «s», «z» va «r» tovushlarini tulakonli talaffuz etolmaslik. Bu jarayon nutk defektologiyasiga boFlikdir; bilimsiz, ongsiz va savodsiz talaffuz. Oxirgi paytlarda xonandalarning kupchiliklari (xonandalik san'atini barcha yunalishlarida) so’z matniga, ya'ni she'rga, g‘azalga e'tiborsizlik bilan munosabatda bulib kuylayotganliklari kuzatiladi. Bu avvalo so’z matnining yaxshi bilmaslik, she'riyat konuniyatlaridan bexabarlik, talkin masalasida ustoz sabog‘idan bexabarliklari okibatida yuzaga keladi. Demak xonanda avvalo ashulaning zaminidagi she'r yoki g‘azalni tushungan xolda yod olishi va uni to’g’ri o’qisjni o’zlashtirishi lozim. O’zbek tilida unli tovushlar 6 ta (a, o, u, e, i, u), 4 ta yolashgan (ye, yo, yu, ya,) unli xarflar bor. Ularda ayrimlari yolashgan xarflarning unli tovushni qo’shib talaffuz qilishdan yuzaga keladi: ye (ye), yo(yo), ya(ya), yu (yu). Odatga ko’ra, o’zbekona unli tovushlarni kuylaganda tembr jixatidan bir xil sof xolatda talaffuz etiladi. Ijro jarayonida urg‘uli va unli xarflar talaffuzi ukigan paytda kanday bulsa kuylashda xam shunga rioya kilinadi. Shu bois she'riyatning nutk, talaffuz koidalarini o’zlashtirish xonandalar uchun muxim axamiyatga ega. v) savodli, anits va bilimli talaffuz. Avvalo, she'riyat konun- koidalaridan boxabar, oxang va matn mutanosibligini idroklagan, musiqaning barcha jixatlari buyicha ustoz sabog‘idan baxramand bo’lgan savodli ijro. Ikkinchidan, aytim me'zoni xam ikki uslubga asoslaniladi. Ya'ni, deklamatsiyali uslub va oxang bilan kuylash. O’zbek mumtoz xonandaligida kam uchraydi, lekin onda-sonda uchraydigan uslub, so’zlashuv oxangiga yakin deklamatsion uslubdir. Odatda, bu usul an'anaviy xonandalik ijrochiligiga xos emas. Lekin, xonandalikning boshka yunalishlarida, ayniksa opera xonandaligida kup uchraydi va bu uslub «rechitativli aytim» deb yuritiladi. Oxang bilan kuylangan ovoz talkini joziba bilan saykallaydigan turli bezaklar orqali ijro etiladi. Bular-turli kurinishdagi rang- barang xanglar, shaxdlar, kochirimlar, nolalar va kolaversa mukammal xofizlik xonishidir. Uchinchilan, so’z talaffuzi sifatlari. Ularni ijroda yug’on yoki ingichka, yumshoq yoki qattiq ifoda etish mumkin. Odatda, ovozni ijro paytida turli shaklga solib ijro etiladi. Ovozni yumshoq yoki qattiq tarannum etish, yug‘on yoki ingichka shaklga solib kuylashda xonanda asar moxiyatini idroklagan xolda unga mos yo’l tanlab ijro etishi juda muximdir. Xonish piravordida go’zal, chiroyli so’zlar, to’g‘ri va aniq oxang sof va tabiatli tarannum etilishiga aloxida e'tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Xofiz, risolaning birinchi bobida kayd etilganidek, avvalo, esda saklovchi va chiroyli, ma'noli kiroatga ega shaxsdir. Musiqiy oxanglarni tarannum etuvchi xofiz-xonandalarda esa, bu jixatning xar ikkisini va unga oxang mujizasini kursatish kabi xislatlar mujassamdir. Bundan kelib chikadiki, xofiz-xonandalar asarning matnini mukammal bilishi, uning ma'nolarini iloji boricha to‘laroq idroklashi, pirovardida esa matnga xos oxang bilan talaffuz etishi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon xofiz-xonandaning ilmiy saloxiyatini anglatadi. Ashula ijrochiligi bizga ma'lumki, so’z va kuyning mutanosib talqiniga xos, ularning xar birini aloxida yondoshish bilan ifodalanishiga asoslanadi. Tabiiyki, tovushlar majmuasida vujudga keladigan musiqiy kuy aloxida o’z ma'nosiga ega bo’ladi. O’z o’rnida unga bog‘langan so’z xam muxim g‘oyani ifoda etadi. Aslida, azaldan kuy so’zga bog‘langan. Bu jarayonda so’zning g‘oyasi kuyga xam asos bo’lgan. Ashulachi esa, kuy va so’zni birligini ta'minlagan xolda xar ikki omilni yashirin mazmunini ovoz talkinida kuylash orqali ochishi lozim. Uning saviyasi va axamiyati aynan asarning qay darajada talqin etilishiga xam bog’liqligini e'tirof etib o’tish lozim. So’z bilan oxangning qanchalik uyg‘unligi zaminida bir qator musiqiy va adabiy unsurlar borki, xonanda yoki xofiz buni bilishi bilan birga bu ilmlarni badixaviy talqin etishi xam juda muximdir. Bu jarayon xonanda talkinining xar bir amalga oshiriladigan xarakatlari bilan bog’liqdir. Bir tovush sadosidan boshlab kuy xarakatining barcha jabxalaridagi tovush munosabati muxim va aloxida axamiyat kasb etadi. Ya'ni, tovush va so’z bo‘g‘inidan boshlab, so’z va jumlagacha bo’lgan ijroda musiqa tovushlarining oraliklari, intervallari va keyingi xarakatlari aloxida ma'nolarga egaligini namoyish etishdir. Tovushlarning xar bir xarakati muayyan ma'no kasb etadi. Xonanda esa unga ijodiy yondoshib asarni jonlantiradi. Demak, uslubning shakllanishi xam aynan ana shu so’z, oxang va ijro talkini zaminida dunyoga kelar ekan. Download 255.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling