Ashurov Sirojiddinning "Yosh fiziologiysi va gigiyenasi"
Download 352.25 Kb.
|
Ashurov Diqqat
Buxoro Psixologiya va xorijiy tillar instituti S1-21AP-guruh talabasi Ashurov Sirojiddinning “Yosh fiziologiysi va gigiyenasi” fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI MAVZU: Diqqatning neyrofiziologik xususiyatlari va ontogenezda o`zgarishi TEKSHIRDI: Ataullayeva M. BUXORO-2022 Reja: 1. Diqqatning mohiyati. 2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari. 3.Neyrofiziologik mexanizmlar 4. Diqqatning xossalari. 5. Diqqatning rivojlanishi. Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega emaslar. ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar. Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni. boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar.[1] Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda uchramasligidan iborat. diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. shuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. diqqat o‘zi nima? Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi. Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1] Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. aks holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi. Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. diqqatingizni biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. diqqatning yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq. Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. shunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. bunda ongingizning «markaziy maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi. Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2] Psixik bilish jarayonlarining yo‘nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan bog‘liq. diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo‘nalganligi va samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi. Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini beruvchi o‘ziga xos kuchaytirgich bo‘lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun diqqat qisqa muddatli va operativ xotirada kerakli ma’lumotni saqlab turuvchi omil, yodda saqlangan ma’lumotni uzoq muddatli xotira zahirasiga o‘tkazishining zarur sharti, tafakkur uchun esa masalani tushungan holda echimini topishning shartli omili sifatida namoyon bo‘ladi. Insonlararo munosabatlar tizimida diqqat o‘zaro hamfikrlik, odamlarning bir-birlariga moslashishi, shaxslararo nizolilarning oldini olish va o‘z vaqtida hal etishga yordam beradi. Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog‘liq. ma’lum yo‘nalishdagi alohida qo‘zg‘atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. odamga ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi [1]. Retikulyar formatsiyaning «ishga tushirish» mexanizmlari ichida taxminiy refleksni alohida ta’kidlab o‘tish joiz, bu refleks odam v hayvon organizmlarining atrof-muhitning barcha o‘zgarishlariga nisbatan tug‘ma reaksiyasidir. masalan, xonada shitirlagan ovoz eshitilishi bilanoq, mushuk bolasi cho‘chib tushib, tovush kelgan tomonga ko‘zlarini qadaydi. darsda o‘quvchilar fikrlarini jamlagan holda insho yozmoqdalar. birdan sinf eshigi qiya ochiladi, va berilib yozayotgan o‘quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar. Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab. masalan, ma’lum vaqt oralig‘ida doimiy ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchilar orasidan biror-bir yangi seskantiruvchini ajratib olish uchun ma’lum mexanizmlar zarur. psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda, odatda, mexanizmlarning seskantiruvchilarni filtrlovchi ikki asosiy: periferik va markaziy guruhlari ko‘rib chiqiladi. periferik mexanizmlarga his-tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin. kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos keluvchi mushak nog‘ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1] D.E.Brodbentning fikricha, diqqat – axborotni, aynan, kirib kelishda, ya’ni periferiyada tanlab o‘tkazuvchi filtr. u, agar odam bir vaqtning o‘zida turli axborotni ikki qulog‘i bilan qabul qilgan bo‘lsa, lekin qo‘llanmaga binoan, faqat chap qulog‘i bilan qabul qilishi zarur bo‘lgan holatda, o‘ng quloqqa uzatilgan axborot umuman qabul qilinmaganligini aniqladi. keyinchalik periferik mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra tanlab o‘tkazishi aniqlandi. Diqqatning markaziy mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi. kuchli qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. lekin bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning qo‘shilish ehtimoli ham mavjud. Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o‘tish joiz. ch.sherrington tomonidan belgilangan va akademik i.p. pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi. A.A.Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. dominantlik xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish kuchaytiriladi. bu xossalarga binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling