Toshkent viloyati Chirchiq shahar
10-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktabining o'zbek tili fani o‘qituvchisi Qosimboyeva Sayyoraning o'zbek tili fanidan \-6“A”sinfida "Milliy taomlar" mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
2022-2023o‘quv yili
Nazariy dars rejasi № 1
Sinf:
|
6-“A”
|
Dars o‘tiladigan sana:
|
24. 10. 2022
|
O‘quv fanining nomi: O'zbek tili
Mavzu nomi: Milliy taomlar (Holat va miqdor-daraja ravishlari)
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: “Milliy taomlar” mavzusi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga an’ana va urf- odatlarimiz haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, buyuk allomalarga nisbatan bilim, ko‘nikmalarini boyitish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
1. Boshqa millat urf=odatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
2. O‘zga millatlarga bo’lgan hurmat oshirish.
3. Milliy taomlar orqali millatlar hamdo’stligi yuksalishi ko’zda tutilgan
4. Turli xil amaliy-nazariy topshiriqlar, krasvordlar va tarqatma materiallar yordamida olgan bilimlarini mustahkamlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |