“A”sinfida "Milliy taomlar" mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasi


Dars tipi: aralashgan dars. Ta’lim metodlari va texnologiyalari


Download 376.96 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2023
Hajmi376.96 Kb.
#1233188
1   2   3   4
Bog'liq
Qosimboyeva S ochiq dars ishlanma

Dars tipi: aralashgan dars.

Ta’lim metodlari va texnologiyalari: suhbat, “Tushunchalar tahlili" metodi, tushuntirish, ko‘rsatish, namuna, og‘zaki va yozma bayon qilish, “Aqliy hujum” metodidan foydalanish
Ta’lim shakllari: Butun guruh bilan ishlash
Ta’lim usuli: o‘yin va topshiriqlar asosida
Baholash metodlari: rag‘batlantirish va baholash
Axborot manbalari va texnik vositalari: ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, rangli va oq qog‘ozlar, markerlar.
Dars turi: nazariy-amaliy.
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa)
a) o‘quvchilar bilan salomlashish;
b) o‘quvchilarni darsga hozirlash;
d) o‘quvchilar davomatini aniqlash;
e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish.

  • Dars shiori: Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.

(O‘zbek xalq maqoli)

Abdulla Avloniy
II. Uy vazifasini so‘rash va baholash. (10 daqiqa)
1. O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va ularga nom beriladi.
I guruh: “Bilimdonlar” II guruh: “Zukkolar”

2. O'gan darsda uy vazifasi “Zehnli bola” hikoyasini gapirib berish.

III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)
1. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan yangi mavzuga oid ma'lumotlar tinglanadi.
2. Mavzuga oid keltirilmagan ma'lumotlar bilan o'quvchilarning fikrlari to'ldiriladi.

Harakatning belgisini paytini, o’rnini, holat-tarzini miqdor, maqsadini bildirgan so’z turkumiga Ravish deyiladi

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)
Guruhlarda ishlash.
Guruhlarga krassvordlar tarqatiladi va o'quvchilarga 3daqiqa vaqt beriladi, shu tarzida krassvord kadvali to'ldirilib o'quvchilar guruhlarda ishlaydilar. Har bir o'quvchiga tarqatma savollar berilib, o'quvchi yangi mavzuni qay darajada o'zlashtirgani aniqlanadi.
O’zbek tilida ham, rus tilida ham ravishlar anglatgan ma‘nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Holat ravishlari (наречия образа действия): asta, sekin — медленно, тихо; tez, darrov, darhol — быстро, немедленно; arang, zo’rg’a — еле-еле; to’satdan — вдруг; qo’qqisdan, behosdan — внезапно; birga — вместе, совместно; do’stona — дружески kabi. Holat ravishlari rus tilida как? Каким образом? so’roqlariga javob bo’ladi.
O’rin ravishlari (наречия места): oldinga, olga — врерёд; nariga, u yerga — туда; u yoqqa, bu yoqqa — tuda i syuda; bu yerda, shu yerda — здесь; bu yerdan, shu yerdan — отсюда; har yerda, har qaerda — везле, всюду; allaqaerga — куда-то; allaqaerda — где-то; allaqaerdan — откуда-то kabi. Bunday ravishlar где? куда? откуда? so’roqlariga javob bo’ladi.
Payt ravishlari (наречия времени): hozir — сейчас; bugun — сегодня; endi — теперь; kecha — вчера; ertaga — завтра; doim, har vaqt, hamisha — всегда; oldin, avval — сначала, сперва; keyin, so’ngra — потом, затем kabi. Payt ravishlari когда? С каких пор? До каких пор? so’roqlariga javob bo’ladi.
Sabab va maqsad ravishlari (наречия причины и цели): noiloj, noilojlikdan, chorasizlikdan — невольно, поневоле; atayin, ataylab — нарочно; qasddan — назло kabi. Bunday ravishlar rus tilida зачем? почему? скакой целью? so‘roqlariga javob bo’ladi.
Miqdor-daraja ravishlari (наречия меры и сепени):— yana, tag’in — ещё; oz, kam, picha, oz-moz — мало, немного; ko’p, mo’l — много; qisman — частично; juda, g’oyat, eng — очень, весьма, вполне; sal-pal — чуть-чуть; haddan tashqari — чересчур, слишком kabi. Bu ravishlar сколько? в какой степени? so’roqlariga javob bo’ladi.
O’zbek tilida holat ravishlarining ko’pchiligida formal ko’rsatkich yo’q. Ravishlar, asosan, harakatning belgisini bildirib, gapda hol bo’lib keladi: U tez yurdi. Men ko’p ishladim kabi. Ammo ravishlar ba‘zan otga bog’lanib, gapda aniqlovchi bo’lishi ham mumkin: U tez odam. Hozirgi vaqtda ko’p mutaxassislar oliy ma‘lumotga ega.

Download 376.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling