Asinxron motorlarda shikastlanishlarni kelib chiqish sababalarini va uni bartaraf qilish yo‘llarini tadqiq qilish muhim amaliy ahamiyatga EGA
Download 0.81 Mb.
|
179.19 Raxmatullaev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning atrof - muhitining meterologik sharoitlari.
5.Hayot faoliyati xavfsizligi
Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bulmagan faoliyatda uning atrof-muhitga antropologik ta’sirini xisobga olgan xolda xavfsizligini ta’minlovchi bilimlar tizimini tushunamiz.Hayot faoliyati xavfsizligi har qanday yo‘nalish buyicha o‘zini izlanish ob’ektiga maqsad va vazifasiga hamda metodologik yo‘liga bog‘liq. Xavfsizlik deganda biz inson hayot faoliyati davomida mavjud bo‘lgan salbiy omillarni ta’sir extimolini ma’lum darajada yoki butkul bartaraf qilinganini tushunamiz. Tashqi muhitni muhofaza qilish muammosi bugungi kunning muammosi emas. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bu muammolar har turli qirralari bilan ko‘rinish berib kelgan. Masalan, o‘rta asr boshlarida jahonning katta shaharlarida isinish uchun va boshqa maqsadalar uchun tosh ko‘mirdan foydalanish boshlangan kezlarda bu shaharlar tutunning ko‘payib ketishi natijasida odamlar tutunga qarshi kurash e’lon qilgani haqida ma’lumot bor. Korxonaning atrof - muhitining meterologik sharoitlari. Ishlab chiqarish binolarning issiqlik rejimi, bino ichiga tushib turgan quyosh nurlaridan ajralib chiqadigan issiqlikdan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolaridagi ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi ochiq joylardan tashqariga chiqib ketadi, qolgan ikkinchi bir qismi aniq issiqlik bino havosini qizishiga sababchi bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi, engillashadi va yuqoriga ko‘tariladi, uning o‘rnini esa undan sal og‘irroq sovuq havo egallaydi, o‘z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga ko‘tariladi. Shunday qilib havoning doimiy harakatda bo‘lgani uchun faqat issiq jismlar atrofidagi havo issib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma eridagi havo isiydi. Bunday issiqlik uzatilishi konvleksion issiqlik uzatilishi Yo‘li deyiladi. O‘zidan issiqlik chiqaradigan jismlarning harorati 2500-3000S va undan yuqori bo‘lganda, Yorug’likva infraqizil nurlar bilan bir qatorda ultrabinafsha nurlar ham ajralib chiqa boshlaydi. Bu nurlar ishlab chiqarish binolari havosini isitmaydi, lekin ular tarqalish Yo‘lida har xil jismlarga duch kelib shu jismlarda qisman yuritiladilar, yuritilish jarayonida nur energiyasi issiqlik energiyasiga aylanish natijasida jismlarni qizdiradi va o‘z navbatida qizigan jismlar issiqlik manba bo‘lib, atrofdagi havoni issitadi. Bunday issiqlik uzatilishi nur tarqatish issiqlik uzatilishi yo‘li deyiladi. Ishlab chiqarish binolarining texnologik jaraYoni havoning namligiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suv va suvli eritmalar bilan ishlov berish usullaridan foydalaniladigan paytlarda havo namligi yanada oshib ketadi. Ayniqsa ular isitilsa yoki qaynatiladigan bo‘lsa va ulardan chiqadigan bug‘ tepaga to‘siqsiz ko‘tarilib ketsa havoning nisbiy namligi 80-90% va hatto 100%ga etishi mumkin. Bunday havoning qo‘shimcha suvni qabul qilish xususiyati juda cheklangan bo‘ladi yoki tamoman yo‘qoladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling