Asinxron motorlarda shikastlanishlarni kelib chiqish sababalarini va uni bartaraf qilish yo‘llarini tadqiq qilish muhim amaliy ahamiyatga EGA
Download 0.81 Mb.
|
179.19 Raxmatullaev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari
- Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat
Atrof-muhit muhofazasi
Sanoat korxonalarini ortishi, qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish, aholi soni va avtotransportning ortib borishi kabi omillar turli xil chang-gaz chiqindilari, oqava suvning miqdori va turi, qattiq chiqindilami ko‘plab miqdorda atrof-muhitga tashlanishiga olib keladi. Tabiatni muhofaza qilish jarayonida vujudga kelgan muammolami ilmiy jihatdan hal qilishda tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri alohida ahamiyatga egadir. «Ekologiya» fanining kelib chiqishiga inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi qarama qarshiliklar sabab bo‘lgan. Atrof-muhit holatining keskin yomonlashib borayotganligi Dunyo jamiyatining xavotirga solishi, ekologiyaning fan sifatida rivojlanishiga sabab bo'lmoqda. Ekologiya fani biosferani ma’lum, o‘ziga xos qonuniyatlari bo‘yicha rivojlanadigan yaxlit bir butun tizim deb tasavvur qiladigan hamda tabiiy va texnogen tizimlari faoliyatining qonunlarini o'rganadigan fandir. 1-rasm. Insonlami ishlab chiqarish faoliyati bilan atrof-muhit o‘rtasidagi bog‘liqlik sxemasi. Tabiatni muhofaza qilish jarayonida vujudga kelgan muammolami ilmiy jihatdan hal qilishda tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri alohida ahamiyatga egadir. «Atrof-muhit» tushunchasi deganda, insonlaming yashash muhiti va ishlab chiqarish faoliyati, ya’ni insonga ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy va sotsial faktorlar to‘plami tushuniladi. Tirik organizmlami mavjudlik sharoitlarini va yashash muhiti bilan tirik organizmlar o‘rtasidagi o'zaro bog‘liqliklarini o‘rganuvchi fan - ekologiya deb ataladi. (Ekologiya so‘zi grekcha «oikos» - vatan, uy, joy «logos» - fan, ta’limot so'zlaridan tashkil topgandir). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini e‘lon qilgunga qadar tabiiy atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ishlab chiqilgan qonun va me‘yoriy hujjatlarga sobiq ittifoq manfaatlari doirasida amal qilinar edi. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha boshqaruv va nazorat ishlari bir necha tashkilotlar vakolatiga yuklatilgan bo'lib, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bir tizimga birlashmagan, aksariyat hollarda bir-birlari funktsiyalarini takrorlashar, kuch va mablag'lardan foydalanish tarqoq holda edi. Natijada tabiatni muhofaza qilish ishlarining samaradorligi pasayib ketdi. O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va respublikaning ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tishi munosabati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni boshqarish tizimi va uning huquqiy asoslarini kafolatlovchi qonunlar va me‘yorlar ham tubdan o'zgardi. O'zbekiston Respublikasi hududida atrof-m uhit muhofazasini tashkil etish Respublika Vazirlar Mahkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari tom onidan amalga oshiriladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: • Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish; • Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish; • Tabiiy resurslarni baholash va respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash; • Ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish; • Tabiiy ofatlar va yirik halokatlar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish; • Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantirganlik, chiqindilar, zararli ta ‘sir etuvchi moddalarni joylashtirib tashlaganlik uchun haq to'lash tartibini, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilami joylashtirish, chiqindilami joylashtirish limitlarini belgilash; • Ekologiik ta‘lim-tarbiya tizimini yaratish va uning amal qilishini ta‘minlash; Tabiatdan maxsus tartibda foydalaniladigan hududlaming chegaralarini va xo'jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash; •Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlami rivojlantirish. Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha qonunchilik bazasini mustaxkamlash, shu sohada qabul qilinayotgan qonun va qarorlar ijrosi yuzasidan parlamеnt nazoratini joriy etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish joiz. Ayni vaqtda butun dunyoda ekologik muammolar tobora kеskinlashib borayotgan xozirgi kunda bu sohadagi ishlarni, afsuski, yеtarli va qoniqarli, dеb aytolmaymiz. Bu borada O’zbеkiston Ekologik xarakati quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratishi zarur. Ma'lumki, aholini, ayniqsa, qishloq joylarda toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi xamon dolzarb bo’lib qolmoqda. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling