Asinxron motorlarda shikastlanishlarni kelib chiqish sababalarini va uni bartaraf qilish yo‘llarini tadqiq qilish muhim amaliy ahamiyatga EGA


Download 0.81 Mb.
bet16/27
Sana21.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1645115
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
179.19 Raxmatullaev

Qurilmadan texnik foydalanish
Oqimsiz o'tish uchun tavsiflangan qurilma o'lchamli blokdir 270x190x50 mm va 4,5 kg og'irlikdagi va 100 va 160 A oqimlari uchun KT seriyasining AC kontaktorlarida ishlatiladi. U kontaktorga biriktirilishi yoki undan alohida o'rnatilishi mumkin. Arksiz kommutatsiyali kontaktorlar doirasi: bilan elektr drayvlar yuqori kommutatsiya chastotasi, masalan, yuqori unumdorlikdagi kranlar va boshqalar.
3.Iqtisodiy qism
Material ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish invistitsiya hajmi.
1-jadval.



Metallar nomi

soni

Donasining baxosi

QQS 12%

Umumiy qiymati QQS bilan

1

Diod

6

15000

1800

100800

2

Knopka

3

20000

2400

67200

3

Rubilnik

2

500000

60000

1120000

4

Tristor

9

30000

3600

302400

5

Paketnik

1

110000

13200

123200

6

Qarshilik

4

42000

5040

188160

7

Avtomat

1

50000

6000

56000




Jami




767000

92040

1957760



Invertorlar va o’lchov- nazorat asboblarini sotib olish investitsiya hajmi.
2-jadval.



Nomi

Soni

Donasining narxi

QQS 12%

Umumiy qiymati QQS bilan

1

Voltimetr

1

50000

6000

56000

2

Ampermetr

1

50000

6000

56000

3

Om metr

1

50000

6000

56000

4

Mator

1

3000000

360000

3360000




Jami




3150000

378000

3528000



Asosiy fondlar qiymati.
3-jadval.



Asosiy fondlar

soni

qiymati

1

Yig’uv sexi

1

100000

2

Ish qurollari




3528000




Jami




3628000



Amortizatsiya ajratmasi AF ni 15% ni tashkil qiladi.
Aajr=15%*AF/365=15%*3628000/365
Aajr=1490,95890
Joriy tamirlash va texnik xizmat uchun harajatlar AF qiymatining 12% ni tashkil qiladi.
Pt=12%*AF/365=12%*3628000/365
Pt=1192,7671
Loyxani ishlab chiquvchi ishchilarning ish haqini hisoblash .
4-jadval.



Bajariladigan ishlar

Lavozimi

Kunlar soni

O’rtacha kunlik ish haqi

Bajarilgan ishning qiymati

1

Bozorga borish




1

100000

100000

2

Yig’uv va sinov ishlari




2

100000

200000




Jami




3

200000

300000



Asosiy va qo’shimcha ish haqi.
Ƶosn=COT*0,4+COT
Ƶosn=30000*1,4=420000
Ƶosn=420000
Ƶd=Kd* Ƶosn
Ƶd=0,1*420000=42000
Ƶd=42000
Mehnatga haq to’lash va ijtimoiy ehtiyojlarga harajatlar.
FOT= Ƶosn+ Ƶd
FOT=420000+42000=462000
FOT=462000
OFSS=15%* FOT
OFSS=15%*462000=69300
OFSS=69300
Transport harajatlari
Ptp=0,2* Ƶosn
Ptp=0,2*420000=84000
Ptp=84000
Elektir energiyasiga bo’lgan xarajatlar.
W=N*T*S bunda:
N-o’rnatilgan quvvat
T-ishlatilgan vaqt
S-1kw soat elektir energiyasi narxi
W=7.5*5*450=16875
W=16875
Investitsiya hajmi
K=MPƵ+FOT+AF+∑P
K=1836800+462000+420000+171367=2890167
K=2890167
P=W+Ptp+OFSS+Pt=16875+84000+69300+1192=171367
P=171367
O’rganilgan ishning harajatlar sxmetasi.
5-jadval.



Harajatlar nomi

Qiymati

1

Bajarilgan ishning qiymati

3142496

2

Ishlab chiqarish harajatlari

2417305

3

Ishlab chiqarish tannarxi

2371105

4

Davr xarajatlari

46200

5

Material harajatlari

1853675

6

Hom-ashyo

1836800

7

Elektro-energiya

16875

8

FOT

46200

9

Ijtimoiy sug’urta

69300

10

Amartizatsiya

1490

11

Boshqa harajatlar

26640

12

Ish haqi

420000



Iqtisodiy samaradorlikni aniqlash.
E=(C1-C2)*Q=3142496-2417305=725191
Rentabellik va qoplanish muddatini aniqlash.
R=(E*100%)/K=725191*100/2890167=25.0916
Qoplash muddatini aniqlash.
TOK=K/E=2890167/725191=3.98
Bajarilgan ishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
6-jadval.



Korsatkichlar nomi

O’lchov birligi

qiymati

Izoh

1

Bajarilgan ish qiymati

som




Jadval

2

Ishlab chiqarish harajatlari

som




Jadval

3

Investitsiya K

som




Formula

4

Iqtisodiy samaradorlik E

som




Formula

5

Qoplanish muddati

kun




Formula

6

Rentabillik

%




Formula



4.Ekalogiya
Inson omilining tabiiy muhitga ta’siri
Inson va tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalarni umumiy tarzda quyidagicha ko’rsatish mumkin.
Odatda, inson omilining tabiiy atrof-muhitga ta’sirini antropogen omil deyiladi. Bu ta’sirning asosiy shakllari quyidagilardan iborat.

1-rasm. Inson va tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalarning umumiy ko’rinishi.
Tabiatdagi antropogen o`zgarishlar, ularning turlari va shakllari
1. Sanoat, transport, qurilish va energetika tarmoqlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi o’ziga xos zaharli va zararli chiqindilarni paydo bo’lishiga olib keldi.
2. Qishloq, xo’jaligini kimyolashtirish, ya’ni kimyoviy moddalardan keng foydalanish, yangi erlarni o’zlashtirish, yaylovlar va to’qayzorlarni qisqartirish nafaqat tabiiy muhitga zarar keltirdi, balki erlarni meliorativ holatini buzishga va mahsulot sifatini pasaytirishga olib keldi.
3. Dehqonchilikni rivojlantirish tufayli tabiiy o’simliklar va ba’zi bir hayvonot turlari keskin kamayib bordi. Masalan, erlarni jadal haydash natijasida chirindilar miqdori haydalmagan erlarga nisbatan 42% kam to’plaiishi aniqlangan. Erlarni sug’orilishi natijasida miqroiqlim o’zgarishi yuz bermoqda. Nisbiy namlik 8-10% dan 35-50% gacha ortishi mumkin. Bu esa ekinlar hosildorligini kamaytiradi.
Bundan tashqari, tuproq tarkibidagi qumursqalar va miqrooganizmlar texnika vositalarining o’ta og’irligidan va turli zararli kimyoviy moddalarining ta’siridan katta zarar ko’rmoqda va tuproq quvvatining kamayishiga sabab bo’lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, tuproqning zichligi 1,20-1,35 g/sm3 atrofida bo’lishi kerak. Ammo og’ir traktor erni bo’yi va eni tomon bir marotaba o’tsa, 20 sm chuqurlikdagi tuproqning zichligi 1,50 g/sm3 ni tashkil yetadi. Agar ushbu traktor 3 marotaba erga ishlov bersa, tuproqning zichligi 1,60 g/sm3 gacha ortishi mumkin. Demak, tuproq zarrachalari og’irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qumursqa va miqraorganizmlar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hol buki tuproq unumdorligini aynan mana shu jonzotlar belgilaydi. Tuproq-tirik, katta bir jonli kombinatga o’xshaydi, unda hamma vaqt hayot qaynab turadi.
4. YAylovlarda surunkasiga bir erga chorva mollarini boqish cho’l o’simliklari hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, tuproq qatlamini eroziyaga uchrashishiga sabab bo’ladi.
5. O’rmonzorlarni haddan tashqari qisqartirilishi nisbiy namlikni 5-10% kamaytiradi, atmosfera havosiga chiqariladigan kislorod (O2) miqdorini kamayishiga sabab bo’ladi, karbonat angadrid (SO2) gazini ortishiga va iqlimning o’zgarishiga olib keladi.
6. Daryo suvlari oqimini o’zgartirish va xususan yangi suv omborlarini qurish – quyi mintaqalarda ekologik tanglikni keltirib chiqarmoqda. Masalan, Arnasoy ko’llari tizimida vujudga kelgan ekologik muammolar buning yorqin misolidir.
7 .YAngi kimyoviy moddalardan keng ko’lamda qo’llanilishi ekologik muvozanatni buzishiga olib kelmoqda. Masalan, agar 1960 yilgacha 1mln turdagi kimyoviy moddalar ishlatilgan bo’lsa, 1970 yilga kelib ularning turlari 1mln 200ming gacha etdi. Ularning ko’pchiligi modda almashishiga ishtirok etmasada, ammo vaqt o’tishi bilan salbiy oqibatlarga keltirishi mumkin. Masalan, bir qator sintetik moddalar (plastmassa turlari, rezina, plyonka va tolalar va boshqalar) tabiiy holda zararli emas, ammo ularmi qo’ydirib yuborish atrof-muhitga salbiy ta’sir yetadi. SHuning uchun ularga qayta ishlov beriladi, yoki umuman maxsus poligonlarda ko’mib tashlanadi.
8. Tabiiy resurslardan jadal va rejasiz foydalanish jon boshiga iste’mol qilinadigan mahsulotlar miqdorini o’sishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 1940 yilda iste’mol qilinadigan mahsulotlar 7,4 tonnani, 1960 yilda 14,Z t tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilga kelib 35-40 tonnani tashkil etdi.
Yiliga 100 mlrd t boyliklarni qazib olish uchun 600 mlrd t tog’ jinslari bir joydan ikkinchi joyga ko’chiriladi. Natijada turli chuqurlik va xandaklar, tashlandiq tog’ uyumlari va turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan chiqindilar paydo bo’lmoqda. Ular shamol va yog’ingarchiliklar ta’sirida atrof-muhit musaffoligiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.
Har qanday davlatning eng katta boyligi uning aholisi, sog`lom avlodidir. Sog`lom avlod – soylom muhitda shakllanadi. Soylom muhitni esa biosferadagi barcha komponеntlarning o`z tabiiy Hayot paramеtrlarining saqlanishisiz, ekologik xavfsizliksiz ko`z oldimizga kеltira olmaymiz.
Yer yuzida yashayotgan 6mlrd. 25 mln. dan ortiq kishining 1,1 milliardi ekologik jihatdan xavfli bo`lgan mintaqalarda yashamoqda. Rеspublikamizda istiqomat qilayotgan 24 mln.dan ziyod aholining yarmidan ko`proqi ekologik xavfli hududlarda istiqomat qilmoqdalar.
Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin taxdidlarni ko`rib chiqar ekanmiz, ekologik xavsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi aloxida e`tiborga loyiqdir. Ochiq e`tirof etish kYerakki, uzoq yillar mobaynida eski ma`muriy - buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jidiy shug`ullanishmagan.
Aniqrog`i, bu muammo, ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbayi, o`z mamlakatlarining kеlajagiga, tabiiy boyliklari saqlanib qolishga bеfarq qarashmagan, bu xaqda qattiq tashvish chеkkan odamlarning esa "qalb nidosi" bo`lib kеlgan.
Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstеnsiv omillarga qaratilgan edi. Tabiiyki, bunday sharoitda yashirin boyliklardan oqilona foydalanishning tartibga soladigan, tabiatning,atrof muhitning ximoya qilishni kafolatlaydigan biron- bir mеoyorlar, qoidalarga rioya qilish haqida gap ham bo`lishi mumkin emas edi.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimagan darajada kam pul mablayi ajratilgan. Bu mablay tabiatga еtkazilayotgan zararning mingdan bir qismini ham koplamas edi. O`rmonlar o`ylamay-nеtmay, vaxshiylarcha kеsib tashlanar edi. Yoqilyi va minyeral xom-ashyo zaxiralari rеal ehtiyoj bilan taqqoslanmagan xolda juda ko`p miqdorda qazib olinganidan, ko`pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqindilar sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy inshootlarga ega bo`lmagan baxaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zararli va zaharli sanoat chiqindilar o`lkan havo kеngligini, suv xavzalarini, Yer maydonlarini ifloslantiradigan bo`ldi. O`z ko`lami jihatidan bеqiyos darajada katta gidroenYergеtika loyihalarini ro`yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BASh, Turksib kabi tеmir yo`llarni, avtomobil, nеft-gaz magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni qashshoqlantirdi,butun boshli aholi punktlarini yo`q bo`lib kеtishiga, iqlim, odamlarining Hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishlariga ham olib kеldi.
Bu muammo so`nggi yillarda yanada kеskinlashdi. MDX ga a`zo bo`lgan bir qancha mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga bеtartib suratda o`tish, tabiy va minyeral xom ashyo zaxiralaridan foydalanishda boshqaruvni barham topgani, nazorat qilinmaganligi natijasida ular tashib kеtila boshladi. Vaxshiylarcha qazib olindi va arzon narxlarda eksport qilindi. Ayrim yangi "boyvachchalar" dеb ataluvchi va korruptsiya nomiga ilingan butun-butun guruxlar uchun qushimcha foyda olish manbaiga aylandi. Shu bilan birga, ular o`zlarining ochko`z manfaatlari yo`lida hozirgi va kеlgusi avlodlarning ekologik xavfsizligini salomatlik va farovonligini qurbon qilmoqdalar. Bеnixoya ulkan boyliklar, insoniyatlarning noyob yutuqlari vijdonsizlarcha uyirlab kеtilmoqda, yo`q qilib borilmoqda. Bu bilan butun atrof muhitga ham juda katta zarar еtmoqda, iqlim buzilmoqda. Eng yomoni esa bir nеcha avlod kishilarining tabiiy Hayot va faoliyat sharoqitlariga putur еtmoqda.
Asrlar tutash kеlgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kеlib qoldi. Buni sеzmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish o`z-o`zini o`limga maxkum etish bilan barobardir. Afsuski, hali ko`plar ushbu muammoga bеparvolik va maosuliyatsizlik bilan munosabatda bo`lishmoqdalar. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar ilmiy va mintaqaviy doiralardan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson muayyan qonunniyatlar asosida munosabatda bo`ladi bu qonuniyatlarni buzish unglab bo`lmaslik ekologik falokatlarga olib kеladi.
1930 yillarda ekologiya -geografiya yo`nalishiga asoslangan O’rta Osiyo ekologiya maktabi ToshDU qoshida shakllandi. Maktab o`lkaning nafaqat biomajmualari va biotarkibiy qismlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo`lib qolmay , balki tabiiy geografiya, ayniqsa, landshaftshunoslik g`oyalarining rivojlanishida ham katta rol o`ynadi.
Bundan tashqari ekologiya mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, shuningdek ekologiyaga oid adabiyotlarning namunalarini yaratishda ushbu maktabning xizmatlari kattadir. Maktab ekologlari bergan ilgor g`oyalar o`lkani tabiati va tabiiy resurslarini aniqlash va o’rganishda ham O’rta Osiyoda ekologik va geografik g`oyalarning rivojlanishiga katta hissa qo`shadi. Geografik yo`nalishdagi yirik ekologik va geografik shular O’rta Osiyoning tabiati biomajmualari ularning kelib chiqishi va rivojlanishi va hududiy ajralishlari rayonlashtirish landshaftlari xaritasini yaratishga qaratiladi. Shuningdek jazirama cho`l va yuqori tog’li cho`llar va ularning o`ziga xos tabiiy majmualarini o’rganish metodlari ishlab chiqiladi.
1930 yillarda ekologik geografiya ilmiy izlanishlarning natijalari kitob holida chop etila boshladi. Bunda faqat ma’lum joyning ekologik holati haqida chop bo`lmay, balki ekologiya fanining asoslari biokenologiya va fitokenologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi. O’rta Osiyo ekologlarining ayniqsa o`lkaning ayrim landshaftlarining ekologiyasini o’rganish tuzilmasi faolligi dinamikasi va evolyutsiyasi shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muammolari ishlab chiqildi.
Ekologlar tomonidan tabiatni chog`ishtirma tasviriy usulda tadqiq etish o`ziga xos xususiyatga ega. Ma’lumki, tabiat bir butun, uning barcha tarkibiy qismlari bir biri bilan chambarchas bog’liqligi, murakkab dinamik rivojlanishdagi va faollik ko’rsatuvchi tizimdir. Ushbu uslubda tasvirlash asosida tekisliklardagi cho`llar, vohalar, adirlar, tog’lar, yaylovlar tashqi qiyofasini emas, balki ushbu landshaftlardagi ekologik sharoitlar asosiy “Hayot sahnasi” ya’ni o`simlik va hayvonlarning turlari biotsenozlarning yashashi faolligi va rivojlanishini belgilab boradi.
Shunday qilib, Kashkarov tomonidan landshaftlar va biotsenozlarni ekologik nuqtai nazardan tasvirlash asosida ko’pgina asarlar dunyoga keldi. Ushbu uslub uning shogirdlari T.Z. Zohidov va N.M. Meklenbursev ishlarida takomillashtirildi. O’rta Osiyo zooekologik yo`nalishdagi kompleks ishlarining rivojlanishi Z.Zohidov nomi bilan chambarchas bog’liq. U ko’p yillar davomida cho`llarni ekologik nuqtai nazardan rayonlashtirish va biologik resurslarni ekologik faunistik tahlil va sintez metodi yordamida baholashga alohida e’tibor berildi.
Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lining ilk kunlaridan atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan yillarda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mazkur yo‘nalishda keng qamrovli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, mamlakatimizda ekologik munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari yaratildi, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishning barqaror mexanizmi shakllantirildi.
Yurtimizda ekologik huquqiy munosabatlarga oid o‘ttizga yaqin qonun hamda 350 dan ortiq qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va amalda qo‘llanilayotganligi buning dalilidir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «O‘rmon to‘g‘risida»gi «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Shu bilan birga, sobiq ittifoq davridan «meros» qolgan va uzoq yillar davomida vujudga kelgan ekologik muammolarni bugungi kunda faqat davlatning bu sohaga mas’ul organlari kuchi bilangina hal etib bo‘lmasligi ayon. Zero, ekologik sohadagi vazifalarning miqyosi va ko‘lami mamlakatimiz hamda mintaqada ekologik holatni sog‘lomlashtirish muammolarini kompleks hal etishda davlat organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirishni talab etadi. Yurtboshimiz tomonidan e’tirof etilganidek, «mazmun-mohiyatiga ko‘ra, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni, biz tanlagan davlat va jamiyat qurilishi modelini tatbiq etish jarayonida fuqarolarning mamlakat boshqaruvidagi rolini oshirib borishni asosiy o‘ringa qo‘yadigan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni yanada faollashtirish masalasini bugun hayotning o‘zi kun tartibiga tobora qat’iy qilib qo‘ymoqda». Binobarin, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz ekologik hayotida tobora munosib o‘rin egallab, atrof-muhit muhofazasida ishtiroki kuchayib borayotgan jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan, O‘zbekiston ekologik harakatining ekologik nazoratni amalga oshirishi mazkur qonunning asosini tashkil etishini ta’kidlash o‘rinli.
Hozir ekologik sohada qo‘llanilayotgan 30 ga yaqin qonunlar tahliliga ko‘ra, ularning ko‘pchiligida asosan davlat va idoraviy ekologik nazorat yuzasidan normalar belgilangan.
Ayrim qonunlarda jamoat nazorati haqida normalar bo‘lsada, biroq bu nazoratning turlari va amalga oshirish usullari (mexanizmi) belgilab berilmaganligi bunday normalarining samarali ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 13-moddasida tabiatni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi jamoat birlashmalarining vakolatlari ularning ustavlarida belgilab qo‘yilishi, 32-moddasida esa, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi jamoat nazoratini jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, fuqarolar amalga oshiradilar, idoraviy, ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi ekologiya xizmatlarini va ekologiya sohasidagi jamoat nazoratini tashkil etish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibi ushbu qonun va mazkur xizmatlar hamda jamoat nazorati to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solib boriladi, deb belgilngan. Lekin, bir jamoat tashkilotining ustavida belgilangan vazifalarni bajarish boshqa tashkilotlar uchun majburiy emasligi, shuningdek, qonunda aniq belgilanmasdan havola qilingan normalar amaliyotda qonunning shu normalari ishlashiga moneliklarni keltirib chiqaradi.
«Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasida, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi jamoat nazorati nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi, «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasida «…chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish» huquqlariga ega ekanliklari, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasida «….fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilayotgan, muhofaza qilinayotgan hamda ulardan foydalanilayotganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ekologiya ekspertizasini o‘tkazishlari va jamoat ekologiya nazoratini amalga oshirishlari» mumkinligi kafolatlangan bo‘lsa-da, lekin jamoat nazorati va jamoat ekspertizasini amalga oshirish tartibi bilan bog‘liq masalalar ochiq qolgan.
Bundan tashqari, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 28-moddasiga muvofiq, atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Shunga o‘xshash normani «O‘simlik dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 27-moddasida ham uchratish mumkin. Bu ikkala qonun normalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularda bevosita jamoat birlashmalarining huquqlari doirasi aniq belgilab berilmasdan, boshqa tegishli qonun hujjatlariga havola etilgan.
Shu bois qabul qilinadigan «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonunda asosiy e’tiborni jamoat ekologik nazoratiga qaratish, qonun loyihasida jamoat ekologik nazoratini amalga oshirish usullari bo‘lgan «jamoat ekologik monitoringi», «jamoat ekologik ekspertizasi» va «jamoat ekologik auditi»ning obyektlari va subyektlari, amalga oshirish mexanizmini belgilash zarur. Shuningdek, bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda samarali qo‘llanilayotgan «jamoatchilik eshituvi» institutini qo‘llash tartibi ham qonunda o‘z ifodasini topishi maqsadga muvofiqdir.
Xorijiy davlatlarning ekologik nazorat sohasidagi qonunchiligida o‘rganilganida, Avstraliya, Kanada va Singapur kabi mamlakatlarda «Ekologik nazorat va boshqaruv to‘g‘risida»gi qonunlar amal qilayotganligi, bu qonunlar asosini davlat ekologik nazorati va boshqaruvi tashkil etib, jamoat ekologik nazoratiga kam e’tibor berilgani, chunki bu qonunlarda O‘zbekistonda amal qilayotgan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonundagi kabi normalar belgilanganligi kuzatiladi. Shuningdek, ekologik nazorat Rossiya Federatsiyasining «Ekologik doktrina»sida, Qozog‘iston Respublikasining Ekologik kodeksida o‘z ifodasini topgan. Rossiyaning ayrim subyektlarida (masalan, Moskva shahrida) «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan, lekin bu qonun munitsipal xarakterga ega bo‘lib, faqat shu hududga taalluqlidir.
Bugungi kunda aynan davlat miqyosida biror bir xorijiy davlatda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinmaganligi, o‘z navbatida, O‘zbekistonda jamoat ekologik nazorati masalalariga mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilayotganligidan dalolatdir.
Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining, shu jumladan, ekologik jamoat tashkilotlarining shakllanishiga va yanada rivojlanishiga har tomonlama keng shart-sharoit yaratilayotganligi, ular faoliyatining huquqiy asoslari yanada takomillashtirilayotganligi kelajakda o‘zining yuksak samaralarini berishi shubhasiz.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling