Asinxron motorlarda shikastlanishlarni kelib chiqish sababalarini va uni bartaraf qilish yo‘llarini tadqiq qilish muhim amaliy ahamiyatga EGA


Himoyalash uchun yerga ulash prinsiplari


Download 0.81 Mb.
bet26/27
Sana21.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1645115
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
179.19 Raxmatullaev

Himoyalash uchun yerga ulash prinsiplari
Elektr dvigateli yoki transformatorning korpusi, elektr yoritgichning armaturasi yoxud elektroprovodkaning trubalari tok eltuvchi qismlardan izolyasiya qilinganligi tufayli normal hollarda erga nisbatan kuchlanish ostida bo‘lmaydi. Ammo izolyasiyalar buzilganida bu qismlardan istalgan biri kuchlanish ostida bo‘lishi mumkin, bu kuchlanish ko‘pincha faza kuchlanishiga teng bo‘ladi.
Tok o‘tkazuvchi qismlarning izolyasiyasi shikastlanganda odamlarning elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish maqsadida birqancha choralar ko‘riladi, bu choralarning ichda eng keng tarqalgani elektr uskunalarning normal holda kuchlanisho‘ ta’sirida bo‘lmagan metall qismlarini himoyalash uchun erga ulash yoki ularni nolinchi simga ulashdir. Kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lgan uskunalarda neytralning har qanday rejimida va kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan neytrali erga ulanmagan uskunalarda himoyalash uchun erga ulash, kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan, neytrali erga ulangan uskunalarda esa nolinchi simga ulashdan foydalaniladi.
Himoyalash uchun erga ulash shundan iboratki, erga ulanadigan metall qismlar elektr o‘tkazgich vositasida erga ulagichga, ya’ni erga bevosita tegib turgan metall buyumga yokishunday buyumlar gruppasiga biriktiriladi. Bunday buyumlar ko‘pincha, erga vertikal qoqilib, ularga payvandlab mahkamlangan po‘lat polosa yordamida er ostida o‘zaro birlashtirilgan burchaklik sterjenlardan iborat bo‘ladi. Himoyalash uchun erga ulash tufayli, erga ulangan qismga tekkanida odamga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kuchlanish ancha kamayadi. Ammo bu kuchlanish nolga teng, Chunki er bilan elektrik bog‘langan hamma narsada erning potensiali, ya’ni nol potensial bo‘lishi kerak degan noto‘g‘ri fikr tarqalgan. Gap shundaki, erni elektr toki o‘tishiga biror qarshilikka ega bo‘lgan, tok yo‘li bo‘ylab kuchlanish tushuvi sodir bo‘ladigan, ya’ni erga ulagich yaqinida va undan katta uzoqlikda erning turli potensiali nuqtalaridan iborat elektr o‘tkazgich deb qarash mumkin, bu yerda haqiqatan potensialni nolga teng deb qabul qilish mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling