Asinxron motorlarni himoya sxemalarini va qurilmalarini sinash
Download 33.28 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Labaratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-Nazariy ma’lumot.
Labaratoriya ishi -5 ASINXRON MOTORLARNI HIMOYA SXEMALARINI VA QURILMALARINI SINASH. I-Ish maqsadi. Asinxron dvigatelni fazalar aro qisqa tutashuvi yuklanadi. Metodika xisobi va sxemasi bilan tanishish dvigatel himoyasi ishini xar xil xolatlarda himoya qiymatini tanlagan xolda tekshirish. II-Nazariy ma’lumot. Yuqori kuchlanishli asinxron motorda quyidagi shikastlanish va nonormal rejimlar kuzatiladi: Fazalararo qisqa tutashuv, bir fazali yer bilan q.t., yuklanish, motorlarda stator chulg‘amida va chiqish tugunlarida ko‘p fazali q.t. himoyasi tavsiya etiladi, yuklanish toki va bosim tushib ketish himoyasi. Asosan bir fazali yer bilan qisqa tutashuvdan himoyalash sxemalari qo’llaniladi. 5.1 rasm. Asinxron motorlarni himoyasini tekshirish sxemasi. Yuqori tezlikli elektro motorlarda xar bir tezlik uchun alohida himoya qo’yiladi. A) Ko’p fazali qisqa tutashuv himoyasi. Elektr motor (KM 4) uzgichi orqali ulanganda ko’p fazali qisqa tutashuv himoyasi saqlagich orqali bajariladi, agar saqlagich o’chirish qiymati yetarli bo’lganida. Ko’p fazali Q.T. himoyasiga tokli uzish bo’ylama differensial himoyasini qo’llash mumkin. Quvvati 5000 kVt gacha bo’lgan elektr motorlarda tokli uzish himoya qiymati qo’yish vaqtidagi tokdan rostlanadi. I dv.pusk.maks I qisqa tutashtirilgan qo’shish qurilmasidagi tok. (reostat yoki reaktor), tokli uzish himoyasini ishlash toki quyidagi formula orqali aniqlanadi. I ots sz =K z I dv.pusk.maks , (1) Bu yerda K z - zaxira koeffitsienti, bu quyidagi chegarada bo’ladi RT-40 tok relesida 1,4÷1,5 atrofida PT-81 induksion tok relesida esa 1,6÷1,8 PTM turidagi relega esa 2,0÷2,5 atrofida bo’ladi. Tokli uzish relesini ishlash toki quyidagi formula orqali aniqlanadi. I s.r. =(K sx I s.z. )/n tt =(K sx K z I dv.pusk.maks. )/n tt , (2) Bu yerda K sx -sxema koeffistienti (ikki faza toki farqiga ulangan bitta relesini koeffitsient sxemasi) K sx =1,73 ga teng, to’liq bo’lmagan yulduz usulga ulangan ikkita releda esa K sx =1. n tt - tok transformatori koeffitsienti. Quvvati 2000 kVtgacha bo’lgan elektr motorlarda bir releli toklar farqi sxemasi yengilashtirish maqsadida agarda tokli uzish himoyasi sezgirligi yetarlicha bo’lmasa, u xolda ikkita releli tokli uzish himoyasi qo’llaniladi. (ikki releli tokli uzish himoyasi 3 marta bir releli tokli uzish himoyasiga qaraganda sezgirligi baland). Tokli uzish himoyasi kamchiligi stator chiqishdagi tugunlar q.t.da himoya sezgirligi past. Shuning uchun quvvati 2000 kVtli motorlarda fazalararo Q.T.da differensial tokli himoya qo’llaniladi. (Agarda stator chulg’amida 6 ta chiqish bo’lsa). Kichik quvvatli motorlarda xam ikki releli tokli uzish himoya sezgirligi yetarlicha bo’lmasa differensial himoya tavsiya etiladi. B) Yuklama himoyasi. Yuklama himoyasi tok relesida bajariladi, bu rele elektromagnit elementida tokli uzish himoyasini bajarish mumkin. Yuklama himoyasi PT-40 relesida va PTB to’g’ri ta’sirli vaqt relesi motorga signal berish yoki o’chirishni bajarish mumkin. Yuklama himoyasi ishlash toki motor nominal toki bo’yicha I dv.nom hisoblanadi. I s.z =(K z /K v ) I dv.nom , (4) Bu yerda K z –zaxira koeffistienti =1,05÷1.2 gacha i K q =0,8÷0,85 gacha (qaytish koeffistienti) Yuklama relesini ishlash toki I sr =( K sx I sz )/n tt =(K K z I dv.nom. )/( K v n tt ), (5) 2-rasm. Asinxron motorlarni himoyasini bajarishda relelarni ulanish usullari. Download 33.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling