Асосий касалликнинг баёии
Download 1,42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
1- ilova
Atopik dermatit (chilla gushi yoki irsiyatga aloqador tarqoq neyrodermit) bilan xastalangan G. ismli go’dak kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan ko’chirma ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI (STATUS LOCALIS) Teridagi toshma elementlari tarqalgan tus olgan. Patologik jarayonning asosiy qismi yuz, bo’yin, tana, qo’l-oyoqlarning bukiladigan yuzalarida joylashgan. U ayniqsa bilak va chov burmalari, tizzalarning ostida juda rivojlangan. Toshmalardan yag’irlanish ko’zga yaqqol tashlanib turibdi. Yag’irlagan sohalar hususan mayda tugunchalardan iborat bo’lib, teri rangidan unchalik farq qilmaydi. Ularning ostida oz- moz maddalanish va eritematoz dog’lar sezilib turibdi. Zararlangan sohalardagi teri giperpigmentatsiyaga uchragan va qoramtir kul rang tus olgan. Lixenizatsiya (yag’irlanish) o’choqlarining ko’p qismida sarg’ish, jigar rang qipiqlar kuzatilmoqda. Qipiqlarning ko’pi tangachasimon va kepaksimon, yaltiroq. Qurish natijasida qipiqlarning chetlari ko’tarila boshlagan, ostida suvlangan va namlik yuza ko’rinib turibdi. Yuz terisida va qo’l panjalari sohasida sarg’ish-jigar rang suyuqligi bo’lgan mayda pufakchalar kuzatilyapti. Ularning ko’p qismi seroz va seroz-yiringli qatqaloqchalar bilan qoplana boshlagan. Ko’pgina sohalarda (qo’l, oyoq, bel) mayda tirnalish izlari (ekskoriatsiya) bor, ular qisman chiziqsimon qora qatqaloqlar bilan qoplangan bo’lsa, qisman surilgan Kastellani suyuqligi ta’sirida qurib, bita boshlagan. Bemor terisining barcha sohalari quruq, ustki qismi ko’chib tusha boshlagan. Teri dermografizmi oq va saqlanuvchan. Soch-mushak refleksi («g’oz terisi») juda rivojlangan. Sub’ektiv sezgilardan qichishish tunu kun bezovta qiladi, qichishish juda kuchli, bemorning uyqusi yo’q, asablari taranglashgan, jahldor. Dastlabki tashxis - atopik dermatit. Yiringli pufak yara bilan og’rigan B. ismli go’dak kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan ko’chirma ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI (STATUS LOCALIS) Terida kuzatilayotgan patologik jarayon tarqalgan tus olgan. Toshmalar qorin terisida, orqa va elka sohalarida, qo’l va oyoqlarning terisida, shuningdek bel va chov burmalarida joylashgan. Birlamchi toshma elementlarining ko’p qismini pufaklar, qisman yiring tashkil etib, ularning pardasi yupqa va tez yirtiluvchanligi bilan ajralib turibdi. Yupqa pardali pufaklar - fliktenalarning ko’p qismi qorin va qo’l terisida joylashgan bo’lib, ularning ichi seroz suyuqlik bilan to’lgan, ba’zi pufakchalarda esa seroz-yiringli suyuqlik kuzatilyapti. Ularning kattaligi no’xatdek, ba’zilari o’rikning danagidek keladi. Pufaklar tubida yumshoq madda paypaslandi. Orqa va elka sohasida joylashgan pufaklar son jihatidan kam bo’lsa-da, yiringli suyuqlik bilan to’lgan. Oyoq terisida va chov burmalarida pufaklardan tashqari yiringchalar kuzatilmoqda. Ularning pardasi ham yupqa, ba’zi joylarda chetlari osilib turibdi. Barcha sohalarda joylashgan pufaklar atrofidagi teri qizargan, sezilar-sezilmas shishgan. Qo’l va oyoq kafti terisida toshmalar yo’q. Ikkilamchi toshma elementlaridan eroziyalar va pigmentli dog’lar kuzatilyapti. Eroziyalar asosan pufakchalar pardasining yirtilishi natijasida hosil bo’lgan. Ularning ko’pchiligi qo’l panjalari va boldir sohasida joylashgan. Qorin sohasida eroziyalar bitishi tufayli ikkilamchi dog’lar, jumladan pigmentatsiya hodisasi kuzatilyapti. Quriy boshlagan pufaklar va yiringlar ustida qatqaloqlar ko’rinmaydi. Sub’ektiv yoqimsiz sezgilardan og’riq, achishish bezovta qilyapti. Dastlabki tashxis - yiringli pemfigoid (yuqumli pufakli yara), tarqalgan turi, qo’zigan davri. Chin gush bilan og’rigan V. ismli bola kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan ko’chirma ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI Terida kuzatilayotgan toshmalar tarqalgan va simmetrik tus olgan. Ular ikkala qo’l panjasi va bilaklarining pastki qismlarida joylashgan Birlamchi toshma elementlaridan pufakchalar, yallig’langan dog’lar, tugunchalar va yiringchalar kuzatilyapti. Pufakchalar soni ko’p bo’lib, ko’pincha mikrovezikulalar ko’rinishida. Ularning asosiy qismi qo’l panjalarining tashqi sathida va bilaklar terisining yon yuzalarida joylashgan. Eritematoz dog’lar pufakchali toshmalar kuzatilayotgan sohalardan va ularning atrofidan joy olgan. Dog’larda yallig’lanish belgilari yaqqol namoyon bo’lib, asosan to’q-qizil tusdadir. Kattaligi tariqdek keladigan pushti-qizg’ish tugunchalar soni bir necha o’nlab sanaladi, ular qo’l panjalarining barcha sathlarida kuzatilyapti. Pufakchalarning bir qismi yiringchalarga aylanyapti, ularning kichigi tariqdek, kattasi moshdek keladi, bo’shlig’i nim-yashil yiring bilan to’lgan. Mikrovezikulyoz toshma elementlari to’plami mazkur sohalarning suvlanishiga sabab bo’lyapti.Patologik jarayon o’choqlarining maddalanishi sust rivojlanmoqda. Ikkilamchi toshma elementlaridan qatqaloqlar, shilinish (eroziyalar) va qipiqlar kuzatilyapti. Sarg’ish rangli seroz qatqaloqlar bilan asosan bilak sohasidagi pufaklar qoplangan. Ko’p yiringchalarning ustida esa yiringli va yiringli-gemorragik qatqaloqlar mavjud. Qo’l panjalarida joylashgan ba’zi pufakchalarning yorilishi natijasida eroziyalar soni ko’payib turibdi. Ba’zi yallig’langan dog’larning usti tangachasimon va kepaksimon qipiqlar bilan qoplangan. Noxush sezgilardan qichishish bezovta qilyapti. Teri bir maromda, kechayu kunduz qichishib turibdi. Dastlabki tashxis - chin (idiopatik) gush, qo’zigan davri, tarqalgan turi. Qizil yugurukka chalingan S. ismli bemor kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan ko’chirma ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI Teridagi patologik jarayon chegaralangan tus olgan. Toshmalar peshona va yuz terisining ikkala qismida simmetrik joylashgan.Birlamchi toshma elementlaridan eritematoz dog’lar kuzatilyapti. Bu yallig’langan dog’lar aylana, oval va noto’g’ri-oval shakllarda bo’lib, yonoq sohasida joylashganlari bir-birlari bilan tutasha boshlagan. Peshona terisidagi, ayniqsa ikki qosh (qanshar) oralig’idagi eritemalar alohida joylashgan. Eritematoz dog’lar sohasidagi teri bir oz qizargan, maddalangan. Deyarli barcha dog’larning sathi muguzli, tangachasimon qipiqlar bilan qoplangan. Ana shu sohalarda teri sezilarli qalinlashgan. Eritemalar ustida joylashgan qipiqlarni ko’chirishga urinish natijasida ularning osonlik bilan ko’chmasligi ma’lum bo’ldi. Ba’zi ko’chgan qipiqlar ostida chaqir tikanni eslatuvchi o’tkir uchli qattiq o’simtalar ko’zga tashlandi. Bene-Mesherskiy va «ayollar poshnasi» belgilari musbat. Peshona sohasida joylashgan eritematoz dog’lar markazida chandiqli atrofiya kuzatilyapti. Yonoq sohasidagi eritemalar atrofidagi teri qoraygan, ikkilamchi pigmentli dog’lar ularni o’rab turibdi. Yuz terisining deyarli barcha qismlarida kuzatilayotgan qipiqlar va qatqaloqlar atrofida yuzaki qon tomirlarining kengayishi natijasida hosil bo’lgan dog’lar - teleangiektaziyalar yaqqol ko’zga tashlanib turibdi., Mazkur dog’lar vitropressiya paytida yo’qolib, so’ngra yana paydo bo’ldi. Labning qizil hoshiyasi sezilar-sezilmas yallig’langan, maddalangan. Sinchiklab ko’rilganda (lupa yordamida) eritematoz dog’ning ustki qismida engil ko’chish kuzatildi, sayoz yoriqlar ham bor. Bemor terisining boshqa sohalaridan toshma elementlari topilmadi. Qolgan sohalar terisi silliq va mayin, o’z elastikligini yo’qotmagan. Noxush sezgilardan bemorni og’riq va achishish bezovta qiladi. Dastlabki tashxis - surunkali qizil yuguruk, chegaralangan turi. enteropatik akrodermatitga duchor bo’lgan U. ismli qiz bola kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan ko’chirma ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI Terida kuzatilayotgan patologik jarayon tarqalgan xarakterga ega. Zararlangan o’choqlar dumba va oraliq sohalarida, jinsiy lablar va ularning atrofida, shuningdek qo’l va oyoq panjalarining terisida joylashgan. Mazkur sohalardagi patologik o’choqlar terining sog’lom sohalaridan aniq chegaralari bilan ajralib turibdi. O’choqlarning cheti turli shaklda, ko’p qismi simmetrik joylashgan. Birlamchi toshma elementlaridan yallig’langan dog’ Download 1,42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling