Асосий ва айланма капитал доиравий айланишнинг молиявий аспект (жиҳат)лари


Download 1.35 Mb.
bet1/9
Sana02.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1690571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-мавзу MOLIYA

Toshkent moliya instituti

3-MAVZU: ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY AYLANISHINING MOLIYAVIY ASPEKT (JIHAT)LARI



Agar siz tadbirkor bo'lsangiz va xato qilmasangiz, unda siz tadbirkor emassiz.
Если вы предприниматель и не делали ошибок, значит вы не предприниматель.
Ричард Брэнсон

Mazkur bobda biz quyidagi masalalarni ko‘rib chiqamiz:


Umumlashtirilgan ko'rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar va dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) qo'yilgan (joylashtirilgan) avanslashtirilgan kapitaliy qiymatning bir qismidir.
XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifatida aks ettiriladi.
Uning asosini asosiy vositalar tashkil etadi. Bu aktivlarning boshqa elementlari, ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli qo'yish (joylashtirish), uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, bevosita yoki bilvosita asosiy kapitalni kengaytirilgan, ilmiy-sig'imli ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo'lgan qiymatning quyidagi uch funksional shakllarida harakat qilishini anglatadi:


unumli
tovarli
pulli
Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o'laroq asosiy kapital o'zining iste’mol shaklini birdaniga yo'qotmaydi, ya’ni davomli muddatda eskiradi. Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o'zining qiymatini asta-sekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o'tkazadi va to'liq qayta tiklangunga qadar ko'plab ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling