Мавзу: Asosiy vositalardan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi


Download 49.27 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi49.27 Kb.
#1540037
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
иктисодий тах


Мавзу: Asosiy vositalardan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi
REJA:



  1. Asosiy vositalar tahlili vazifalari, asosiy yo’nalishlari va axborot ta’minoti

  2. Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili

  3. Asosiy vositalar harakati tahlili

  4. Asosiy vositalardan samarali foydalanish tahlili

1.Asosiy vositalar tahlili vazifalari, asosiy yo’nalishlari va axborot ta’minoti


Asosiy vositalar -ishlab chiqarish jarayonini harakatga keltiruvchi eng muhim omillaridan biridir. Asosiy vositalardan yaroqli holatda va samarali foydalanish bevosita xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning faoliyatini yakuniy natijalariga ta‘sir qiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning asosiy vositalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish korxonaning moliyaviy ahvoli yaxshilanishi, jumladan mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, uning tannarxi va unga ketadigan asosiy vositalar bilan bog‘liq xarajatlarni pasaytirishga imkon beradi.
Asosiy vositalar - moddiy ko'rinishga ega bo'lgan, bir yildan o'zoq vaqt xizmat qiladigan, o‘zining qiymatini mahsulot qiymatiga yoki xarajatlarga asta- sekinlik bilan o‘tkazib boradigan aktivlardir.
Iqtisodiyotimizning barcha sohalarida keng iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishi jumladan, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida ishlab chiqarish jaroyonining keng ko‘lamda modernizasiya ishlarini amalga oshirilishi yalpi ichki mahsulot tarkibida mahalliy mahsulotlar hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keldi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi4:

  • ) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;

  • ) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.

Korxona rahbari, shuningdek, hisobot yilida aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqlidir.

1-jadval
Asosiy vositalarning tasnifiy jihatlari




Download 49.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling