Мавзу: Asosiy vositalardan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi


-jadval Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili


Download 49.27 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi49.27 Kb.
#1540037
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
иктисодий тах

3-jadval
Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili

Fond nomi

Yil boshi uchun

Yil oxiri uchun

Mutlaq o’zgarish

O’sish sur’ati, %

summa, mln. so’m

Salmog’i, %

summa, mln. so’m

Salmog’i, %

A

1

2

3

4

5

6

Bino

491,6

10,7

604,7

10,5

113,1

123

Inshootlar

482,4

10,5

512,6

8,9

30.2

106,2

Uzatish qurilmalari

340

7,4

408,9

7,1

68,9

120,2

Mashin va uskunalar

2665

58

3456,1

60

791,1

129,6

Mebel va ofis jihozlari

92

2

115,2

2

23,2

125,2

Kompyuter va hisoblash texnikasi

147

3,2

161,3

2,8

14,3

109,7

Transport vositalari

248,1

5,4

334,1

5,8

86

134,6

Boshqa asosiy vositalar

128,6

2,8

167

2,9

38,4

129,8

Jami

4594,7

100

5759,9

100

1165,2

125,3

Ko‘rib chiqilayotgan davr uchun asosiy vositalarning umumiy qiymati 25,3% ga o‘sgan. Ularning tarkibida o‘zgarish sodir bo‘lgan: mashina va uskunalar ulushi yil boshidagi 58% dan yil oxirida 60% gacha o‘sib, passiv qism ulushi qisqargan. Bunda mashina va uskunalar o‘sishi boshqa asosiy vositalarning o‘sish sur‘atini ortda qoldirgan.
Asosiy vositalar harakati tahlili
Asosiy vositalar harakati tahlili quyidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi - asosiy vositalar kirimi (joriy qilinishi), yangilash, hisobdan chiqarish, tugatish, kengaytirish koeffitsientlari. Asosiy vositalarning texnik holatini tavsiflash uchun yaroqlilik, eskirish va almashtirish koeffitsientlari hisoblanadi.
Ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun boshlang‘ich axborot manbai asosiy
vositalar harakati bilan bog‘liq hisob ma‘lumotlari hisoblanadi. Yangilash va
tugatish koeffitsientlarini hisoblash uchun yangi uskuna keltirilishi va eskirgan uskunalar tugatilishi haqida birlamchi analitik hisob ma‘lumotlari talab qilinadi.
Ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasini quyida keltirilgan jadval ma‘lumotlari misolida ko‘rib chiqamiz.

4-jadval
Asosiy vositalar mavjudligi va harakati balansi (mln.so’mda)

Ko’rsatkich

Yil boshida mavjud

Kirim qilindi

Chiqarib tashlandi

Yil oxirida mavjud

Boshlang'ich baholashda asosiy vositalar qiymati

4594,7

1608,1

442,9

5759,9

jumladan yangilari




590







Asosiy vositalar eskirishi

1581







2496,5

Asosiy vositalarning qoldiq
qiymati

3013,7







3263,4

Asosiy vositalar harakati tahlili uchun quyidagi formulalar bo‘yicha yuqorida tilga olingan ko‘rsatkichlarni hisoblaymiz:

Qayta kirim qilingan asosiy vositalar
Kj=
Davr oxirida asosiy vositalar qiymati
1608,1
Kj = x 100% = 27,9%.

  • Yangilash koeffitsienti Kya:

Yangi asosiy vositalar qiymati
Kya—
Davr oxirida asosiy vositalar qiymati
590
5759,9
Yangilash koeffitsienti fondlarning barcha qiymati kabi ularning aktiv qismi bo‘yicha ham, shuningdek, uskunalar guruhlari bo‘yicha hisoblanadi va odatda qator yillar uchun dinamikada ko‘rib chiqiladi. Bizning misolimizda yillik yangilanish koeffitsienti 10,2% ga teng. Uskunalarning yosh tarkibi asosiy vositalarning texnik darajasini ham tavsiflaydi. Bu uning ishga yaroqliligi va almashtirish zarurati haqida mulohaza qilishga, shuningdek, fond qaytimini oshirishning potentsial imkoniyatlarini bilishga imkon beradi. Tahlil uchun amaldagi uskunalar turlari bo‘yicha, ularning ichida esa foydalanish davomiyligi bo‘yicha guruhlanadi va amaldagi muddatlar normativ, mazkur sanoat uchun umumiy o‘rnatilgan xizmat muddatlari bilan taqqoslanadi. Bundan tashqari, foydalanilishi fond qaytimining etarli darajasini ta‘minlay olmaydigan eskirgan uskunalarning ulushi aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari kirimi asosan ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  • yangi qurilish va texnik qayta qurollantirish;

  • amaldagi korxonalar rekonstruktsiyasi.

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri - bu birinchi navbatda mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini, umuman iqtisodiy o‘sishning lokomotivlariga aylanishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish, tarmoq va sohalarni jadal rivojlantirishga, demografik xususiyatlar, ish bilan bandlik, aholi daromadlarini oshirish va boshqalar bilan bog‘liq O‘zbekiston uchun o‘ziga xos bo‘lgan o‘ta muhim muammolarni hal qilishni ta‘minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash hisoblanadi.
Bundan tashqari, investitsiya mablag‘larining aksariyat qismi korxonalar uskunalarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilayotganligi kam xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga zamin yaratadi.

  • Asosiy vositalarni muomaladan chiqarish koeffitsienti Kch:

Muomaladan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati
Kc
Davr boshida asosiy vositalar qiymati
Kch = -44247 x 100=9,6%.

  • Tugatish koeffitsienti Kt:

Tugatilgan asosiy vositalar qiymati
Kt =
Davr boshida asosiy vositalar qiymati
Hisobot yilida kirim qilingan asosiy vositalar ulushi 27,9% ni tashkil qildi, ulardan yangilari 10,2% . Asosiy vositalarni yangilash maqsadi - uskunalarni saqlash va ishlatish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish, uskunalar turib qolishlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish, mahsulotlarning
raqobatbardoshligini oshirish.

  • Almashtirish koeffitsienti Ka:

Eskirishi natijasida chiqarib tashlangan asosiy vositalar qiymati
Ka =
Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati
442 9
Ka = — x 100 = 27,5%.
1608,1

Kkeng = 1 - Ka.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalar jismoniy va ma‘naviy eskiradi. Jismoniy eskirish darajasi amortizatsiya hisoblash jarayonida aniqlanadi. Bu jarayon quyidagilar uchun usul sifatida bir necha jihatdan ko‘rib chiqilishi mumkin:

  • asosiy vositalar eskirmagan qismining joriy bahosini aniqlash;

  • asosiy vositalarga bir martalik xarajatlarni tayyor mahsulotga kiritish;

  • ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilayotgan asosiy vositalarni o‘rin almashtirish uchun yoki yangi ishlab chiqarishga qo‘yilmalar uchun moliyaviy resurslar jamg‘arish.

Asosiy vositalar holatini aniqlash uchun mos ravishda asosiy vositalarning eskirgan ulushi yoki ishlatish uchun yaroqli qismi ulushini tavsiflovchi eskirish va yaroqlilik koeffitsientlari hisoblanadi:

  • Asosiy vositalar eskirish koeffitsienti Ke:

Asosiy vositalar eskirish qiymati
Ke =
Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati

  • Asosiy vositalar yaroqlilik koeffitsienti Kya

Asosiy vositalar qoldiq qiymati
Kya =
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati
Ushbu ko‘rsatkichlar foizlarda yoki ulush birliklarida o‘lchanadi va hisobot davrining boshi uchun ham, oxiri uchun ham hisoblanishi mumkin. Ma‘lumki, eskirish koeffitsientining ortishi korxonalar asosiy vositalari holati yomonlashganligini bildiradi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, eskirish koeffitsienti asosiy vositalarning haqiqatda eskirishini aks ettirmaydi, yaroqlilik koeffitsienti esa ularning joriy qiymati, masalan, uskunalar vaqtincha ishlatilmayotganda aniq bahosini bera olmaydi. Bu holatda asosiy vositalar jismoniy eskirmaydi, lekin ularning eskirishining umumiy miqdori ortadi. Asosiy vositalarning joriy qiymat bahosi qator omillar, xususan, konyuktura va talab holatiga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun yaroqlilik koeffitsienti yordamida olingan bahodan farqlanishi mumkin. Asosiy vositalarning eskirish miqdoriga tashkilotda qabul qilingan amortizatsiya hisoblash tizimi eng katta ta‘sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda mavjud hisob va hisobot tizimida eskirish va yaroqlilik koeffitsientlari asosiy vositalar holatining faqatgina shartli bahosini beradi, bu esa ushbu ko‘rsatkichlardan tahlil jarayonida qo‘llash imkoniyatini jiddiy ravishda cheklab qo‘yadi. Endi esa asosiy vositalarning eskirish va yaroqlilik koeffitsientlarini aniqlaymiz:
Ke = 1581 / 4594,7 x 100% = 34,5% - yil boshi uchun
Ke = 2496,5 / 5759,9 x 100 % = 43,4% - yil oxiri uchun
Kya = 3013,7 / 4594,7 x 100% = 65,5 % - yil boshi uchun
Kya = 3263,4 \5759,9 x 100% = 56,6 % - yil oxiri uchun
Yaroqlilik koeffitsienti bir (yoki 100%) va eskirish koeffitsienti o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab topilishi mumkin Kya = 1- Ke.
4. Asosiy vositalardan samarali foydalanish tahlili
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatida asosiy vositalardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vositalardan samarali foydalanish xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlanishiga natijada korxonaning moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga olib keladi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini umumiy tavsiflashda fond qaytimi, fond sig‘imi, fondlar rentabelligi, mahsulotlar o‘sishining bir so‘miga to‘g‘ri keladigan solishtirma kapital qo‘yilmalar kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi natijasida yuzaga keluvchi nisbiy iqtisod (qo‘shimcha ehtiyoj) ham hisoblanadi.
Asosiy vositalar bilan ta‘minlanganlik, ularning holati, harakati, samaradorligini, asosiy vositalarning rentabelligini baholashda tahlilning metodologik asoslari quyidagilardan iborat.

Download 49.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling