Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити
Download 50.23 Kb.
|
asosiy vositalar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISH HISOBI Kirish 1. Asosiy vositalarni turkumlash va baholash 2. Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi3. Asosiy vositalarga tamartizatsiya hisoblash usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KirishIqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqish va uni amalda keng joriy etish muhim axamiyat kasb etadi. Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirlgan bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan iqtisodiy islohotlarning jadal tarzda amalga oshirilishi, oldingi hukmron bo’lgan davlat mulki o’rniga mulkchilikning nodavlat shakllari egallashi, o’z navbatida mulk egalariga ham erkinlik yaratib berdiki, mulk egalari mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish hamda tasarruf etish huquqiga ega bo’ldilar. Davlatning islohotlar dasturi o’iso’a muddat ichida makroio’tisodiy vaziyatning baro’arorlashuviga, sanoat ishlab chio’arishi hajmining ortishiga, inflyatsiya darajasi pasayishiga, hayotiy muhim masalalar turlari bo’yicha io’tisodiy mustao’illikka erishishga imkon berdi. Istiqlolimizning dastlabki yillarida Respublikamiz iqtisodchilari oldida shunday hayotiy zarurat turardiki, bu mulkchilikning turli shakllariga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlarining turli bo’Yoinlaridagi o’z tarmoYoi doirasida faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobi va auditni, jumladan, asosiy vositalar hisobi va auditini tashkil qilish va rivojlantirish masalalari bo’lib, ushbu masala bo’yicha sezilarli darajada ilmiy amaliy ishlar olib borildi. Shunga qarmasdan bu borada ayrim takomillashtirilmagan masalalar mavjud bo’lib, mol-mulk hisobi va auditini isloh qilish avvalambor, Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga, qonunchilikka asoslanishi hamda xalqaro standartlar talabi darajasida tashkil etilishi zarurati kelib chiqadi. 1. Asosiy vositalarni turkumlash va baholash Asosiy vositalarni guruhlarga ajratishda asosiy e’tibor ularning naturalmoddiy tarkibiga qaratiladi. Mehnat vositalarining bu turi natural-moddiy tarkibi bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi (1-rasm). Yerni obodonlashtirish - yerni obodonlashtirish uchun sarf sifatida erni yangidan o‘zlashtirish, uning unumdorligini oshirish, turli transport vositalariga o‘tish va to‘xtash joylarini barpo etish, to‘siqlar va obodonlashtirishning boshqa turlari qiymati bilan yer maydonini obodonlashtirishga taaluqli xarajatlar ham hisoblanadi. Binolar - asosiy konstruktiv qismlari jihatidan devorlar va tomga ega bo‘lib, ishlab chiqarish binolari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan ob’ektlar hisoblanadi. Binolardan foydalanishda zarur bo‘ladigan ularning ichidagi kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, elektr quvvati uzatuvchi va yorituvchi elektr simlarining ichki tarmog‘i, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, yukko‘targichlar va lift xo‘jaligi) ham binolar tarkibiga kiritiladi. Inshootlar mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga sharoit yaratishda xizmat qiladigan yoki turli noishlab chiqarish vazifalarini o‘taydigan ob’ektlar hisoblanib, inshootlar sifatida neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, ko‘priklar, estakadalar, tunnellar, ko‘cha yoritish chiroqlari, plyajlar, to‘g‘onlar va boshqalar hisobga olinadi. Konservatsiyalangan asosiy vositalar Download 50.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling