Асосий воситалар ҳисоби


Yechimi : Қўшимча мисол


Download 221.76 Kb.
bet6/6
Sana14.02.2023
Hajmi221.76 Kb.
#1197887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MH 7-mavzu AV hisobi

Yechimi :
Қўшимча мисол:
“Namuna” MChJ 2015-yil 5-mayda avtomobil xarid qilgan. Avtomobilni xarid qilishda quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan:
  • Avtomobilning shartnoma qiymati – 60 000 000 so‘m;
  • Avtomobilni xarid qilishdagi konsultatsiya va vositachilik xizmatlari uchun – 2 500 000 so‘m;
  • Avtomobilni korxona joylashgan hududga olib kelish xarajatalri – 3 000 0000 so‘m;
  • Avtomobilga davlat raqamini olish va boshqa xarajatlar uchun 1 500 000 so‘m.

  • Korxona hisob siyosatiga muvofiq avtomobilning foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil qiladi hamda ularga bir tekis usulda eskirish hisoblash belgilangan.
    “Namuna” MChJ avtomobilni foydalanishga yaroqli holatga saqlab turish uchun 2017 yilda – 2 000 000 so‘mlik va 2018 yilda 3 500 000 so‘mlik joriy ta’mirlashlarni amalga oshirgan.
    “Namuna” MChJ rahbariyati avtomobildan keyinchalik foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topgan va 2018-yil 15-oktyabr kuni uni “Samo” MChJga 20 000 000 so‘mga sotgan. Avtomobilni sotish chog‘ida vositachilik xizmati uchun “Konsalting” MChJga 3 000 000 so‘m to‘lagan.
    Topshiriq: Yuqoridagi muomalalarni buxgalteriya hisobi scho‘tlarida aks ettiring.

Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning butligini nazorat qilish maqsadida korxonalar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta asosiy vositalarni inventarlash o‘tkaziladi, kutubxona fondlarini esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi:
  • asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
  • moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida);
  • o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda;
  • tabiiy ofatlar, yong‘inlar falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
  • xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.


Inventarlashni boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:
  • inventar varaqchalari, inventar daftarlari yoki ro‘yxatlarining mavjudligi va qanday holatdaligi;
  • texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va qanday holatdaligi;
  • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarga doir hujjatlarning mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini ta’minlash zarur.

Foydalanishga yaroqsiz va tiklab bo‘lmaydigan asosiy vositalar inventarlash ro‘yxatiga kiritilmaydi. Ana shu ob’ektlarga inventarlash komissiyasi alohida ro‘yxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu ob’ektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablar (shikastlanish, to‘liq eskirish va hokazolar) ko‘rsatiladi. Bunday ob’ektlarni hisobdan chiqarish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zining asosiy vositalarini inventarlash bilan bir qatorda ijaraga olingan va mas’uliyatni saqlashda bo‘lgan asosiy vositalar ham tekshiriladi.
Ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha alohida ro‘yxat tuziladi, unda ana shu ob’ektlar mas’uliyatli saqlash yoki ijaraga qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarga havola beriladi.
Download 221.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling