Асосий воситалар ҳисоби


ASOSIY VOSITALARGA ESKIRISH HISOBLASH VA HISOBDA AKS ETTIRISH


Download 221.76 Kb.
bet2/6
Sana14.02.2023
Hajmi221.76 Kb.
#1197887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MH 7-mavzu AV hisobi

ASOSIY VOSITALARGA ESKIRISH HISOBLASH VA HISOBDA AKS ETTIRISH
  • Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
  • Amortizatsiya hisoblash usullari.
  • Asoiy vositalarga eskirish hisoblash usulini o‘zgartirish shartlari.
  • Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni hujjatlashtirish.

Amortizatsiya - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi;
Amortizatsiyalanadigan qiymat — kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi.
Foydali xizmat muddati — korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori.
Qoldiq (balans) qiymat — jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati;
Tugatish qiymati — asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning kutilayotgan summasi.
Asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq so‘ndirilgunga qadar yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq so‘ndirilgan yoki bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to‘xtatiladi.

Download 221.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling