Asosiy adabiyotlar Glushkov G. I. I dr.«Iziskaniya I proektirovanie aerodromov»
– rasm. Yuzani kvadrat uchlarida belgilash namunasi
Download 0.95 Mb.
|
4– rasm. Yuzani kvadrat uchlarida belgilash namunasi.
Aerodromning vertikal rejalash loyihasi ko'plab dastlabki ma’lumotlar asosida olib boriladi: 1) aerodromning loyihaviy yuzasiga me'yoriy talablar (nishabliklarga, SUQT. GUQT, RY, TJ va b.) 2) aerodromning 1:5000 va 1:2000 miqyoslarda chizilgan bosh rejasining sxemasi; unda aerodrom hududining tashqi chiziqlari, uchish maydoni, xavfsizlik tasmalari, SUQT. RY, TJ, perronlarning joylashuvi ko'rsatiladi; 3) uchastkaning 1:5000 masshtabdagi tipografik syomkasi; relyefi har 0,5 metrdagi gorizontal kesim tasvirlangan bo’lishi kerak (TPD uchun); uchastkaning 1:2000 masshtabdagi topografik syomkasi, relyefi nivelirlash to'ri kvadratlarining uchida belgi bilan va har 0,25 m dagi gorizontal kesimi bilan (ishchi loyiha uchun) tasvirlangan bo'lishi kerak. Aerodrom yuzasining yon-atrof joylar bilan tutashuvi, suvlarni chiqarib yuborish kabi masalalarni hal qilish uchun topografik syomka rejasiga o'sha yon-atrof joylar ham kiritilishi kerak. Buning uchun 1:25000-1:100000 masshtabdagi topografik kartalardan foydalanish mumkin. 4) topografik syomki rejasiga aerodrom konturlari tushiriladi; 5) muhandis-geologik va gidrogeologik qidiruvlar ma'lumoti, gruntlar tavsifi, o'simliklar zichligi; 6) yerosti suvlari yaqin uchastkalar bo'yicha batafsil ma'lumot berilishi kerak; 7) iqlimga oid ma'lumotlar; 8) bunda atmosfera yog'inlari miqdori, ularning yil bo'yi taqsimlanishi, grunt muzlaydigan chuqurlik ko'rsatiladi; 9) karyerlar va kovalerlarni joylashtirish mumkin bo'igan joylar haqida ma'lumot; 10) aerodrom qoplamalarining qalinligi va konstruktsiyasi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling