Asosiy anglash bosqichi. 1-ilova. Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib baholanadi


Download 28.74 Kb.
bet2/8
Sana07.03.2023
Hajmi28.74 Kb.
#1245305
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-амалий

130- mashq. Gaplarni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi so‘z yasovchi affikslarni belgilang va qanday negiz yasaganini ayting.
1. Ular raisning o‘tkir, jonli, goh piching, goh tashvish va hazil bilan tovlangan so‘zlarini, dadil fikrlarini diqqat bilan tinglashar, o‘z takliflari bilan to‘ldirishar, gali kelganda ochiq eъtiroz qilishar edilar. (O.) 2. Qishki imtihon kunlari yaqinlashgandi, dars tayyorlash uchun kechqurunlari fakulьtetga kelishga to‘g‘ri keldi. (A. Q.) 3. Bu birinchi bo‘linma komandiri okopga yetib,... qatъiy ovozda so‘radi. (F. Niyoziy.) 4. O‘ktamning sal suzuk ko‘zlari endi beixtiyor ravishda hovlida aylanib qoldi. (O.) 5. Ko‘p ham o‘tmay so‘radi shoh: “Qani mening shoh qizim, Hayotimning suyanchig‘i, yupanchim ham yolg‘izim?” (SH. Rustaveli.)
131-mashq. O‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi shakl yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi affikslarni belgilang.
O‘ktam siyrak tut yoki meva daraxtlar qatori bilan, ariqlar, zovurlar bilan bir-biridan chegaralangan keng dalalarni yoqalab kezdi. G‘o‘zaning o‘sishida katta tafovut ko‘rdi u. Hatto bir-biriga yondosh dalalarning manzarasi keskin farq qilar edi. U bir yoqqa qarab xursand bo‘lsa, zavqlansa, ikkinchi yoqqa boshini o‘girib, o‘sishi mujmal, allaqanday kasalsimon g‘o‘zalarni ko‘rar, yuragi achishar edi. U turli brigadalarda, zvenolarda g‘o‘za parvarishi bir xilda emasligini angladi. (Oybek.)
132-mashq. O‘qing, so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlang. Qo‘shma, juft va murakkab so‘zlarni alohida-alohida ko‘chiring.
I. Egnida qizg‘ish, nim qora aralash matodan tikilgan gimnastyorka, galife shim. Oyog‘ida chiroyli qora xrom etik. Boshida qorako‘l telpak. Belida kamar, kamarida chiroyli jajji xanjar, to‘pponcha, qora qosh, xushmo‘ylov, xushqomat, behad ko‘rkam Haydarbek qurolli ikki yigiti o‘rtasida, qo‘li ko‘ksida, bosh egib, o‘ng va so‘lida zanjirband odamlar orasiga kirib borardi. Uning jozibador chehrasidagi alomat shodlikmi, qayg‘umi, payqab bo‘lmas edi.
II. Bizni Orzi amaki boshlab boryapti. Uning so‘ziga qaraganda, qishloqning kun chiqish tarafida bir oshnasi bor emish. Mehmondo‘stlikda unga yetadigani yo‘qmish. Doim eshigi, dasturxoni ochiqmish. Yuz-ko‘zi kulib turadigan, ko‘ngli ochiq odammish. Uning suhbatida bo‘lgan kishi zerikmasmish, bamaъni gaplaridan kishining miyasi to‘larmish. Tunashga joy bemalol, ot-eshaklarga ham yemish mo‘l emish. Xayriyat, eson-omon qo‘nadigan yerga borib yetdik. (N. Safarov.)



Download 28.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling