Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatkichlari


Uskunalarni yuklanish koeffitsienti


Download 23.15 Kb.
bet2/5
Sana22.02.2023
Hajmi23.15 Kb.
#1222952
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatki

Uskunalarni yuklanish koeffitsienti ham uskunalardan vaqt bo’yicha 
foydalanishni tavsiflaydi. Smenalilik koeffitsientidan farqli ravishda, u mahsulotning mehnat sig’imini hisobga oladi. U mazkur uskunada tayyorlangan barcha mahsulotlar mehnat sig’imining uning ishlash vaqti fondiga nisbati orqali aniqlanadi. Mazkur misolda ushbu koeffitsient quyidagicha bo’ladi:
Korxonada asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni to’liq baholash 
uchun ekstensiv ko’rsatkichlardan tashqari, ularning quvvat bo’yicha yuklanih tabiatini o’rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda yuqorida aytib 
o’tilganidek, texnologik uskunalar amaldagi unumdorligining, ya’ni texnik 
asoslangan progressiv unumdorlikning normativ unumdorlikka nisbati asosida, ya’ni uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsientidan foydalanish, uni quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:
Bu erda: V
F − vaqt birligida uskunada ishlab chiqarilgan haqaqiy mahsulot miqdori; 
− vaqt birligida uskunada texnik jihatdan asoslangan mahsulot 
ishlab chiqarish normasi.
Misol. Pasport ma’lumotlari bo’yicha dastgohda bir soatda 100 ta detal yasash 
mumkin, amalda esa shu vaqt ichida faqat 80 ta detal tayyorlandi. U holda (80:100), ya’ni dastgohdan quvvat bo’yicha foydalanish 80 foizni tashkil qildi. 
Uskunadan integral foydalanish koeffitsienti uskunadan ekstensiv va 
intensiv foydalanish koeffitsientlarining ko’paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo’yicha band bo’lishini (foydalanilishini) kompleks xarakterlaydi. 
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumiy va 
qiymat ko’rsatkichlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, avvalo fond qaytimi  haqida to’xtalib o’tish kerak. U asosiy fondlar birligiga (qiymati bo’yicha) to’g’ri kelgan mahsulot ishlab chiqarishni xarakterlaydi. 
U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (V) asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi: 

Mahsulotning fond sig’imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo’lib, quyidagi 


formula asosida aniqlanadi: 

Fond sig’imi kapital qo’yilmalari (investitsiyalar)ni tejash yoki ko’paytirish 


bilan uzviy ravishda bog’liq bo’ladi. Masalan, mahsulot fond sig’imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi doimiy yoki o’suvchi bo’lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo’yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug’iladi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: 
– kapital qo’yilmalarni tejash, so’m; 
– hisobot yilida mahsulot fond sig’imining o’tgan yildagiga nisbatan 
o’zgarishi, so’m. 
Har bir korxona o’z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji 
boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan ta’minlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy fondlarda jamiyatning o’tmishda narsa holiga aylangan mehnati mujassamlanganligi ham zaruriyat tug’diradi. 

Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning 


asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
• smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish
• uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish; 
• bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish; 
• ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli ravishda amalg 
oshirish; 
• uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish; 
• ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash. 



Download 23.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling