Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatkichlari


Download 23.15 Kb.
bet5/5
Sana22.02.2023
Hajmi23.15 Kb.
#1222952
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatki

aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo’lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir tsiklida ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so’ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko’pincha korxonaning pul mablag’lari hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag’lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o’rniga 
ko’ra,“aylanma mablag’lar” va “aylanma kapital” o’rtasida sezilarli farq yo’q. Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg’i, energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq to’lashga bo’nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag’larga bo’lgan qo’shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi.  Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag’larga etarli 
tarzda ega bo’lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi.Shuni ham 
unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg’i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatmagan holda qanchalik kam bo’lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag’lakamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo’ladi. 
Korxonalarning aylanma mablag’lari aylanma fondlari va muomala fondlariga 
taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiy
−buyumlashgan tuzilishidan 
tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol o’ynaydi. 
Download 23.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling