Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatkichlari


Download 23.15 Kb.
bet4/5
Sana22.02.2023
Hajmi23.15 Kb.
#1222952
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatki

 
Qisqacha xulosalar 

Bino, inshoot, mashina, qurilma, asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalaridan 


iborat bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt mobaynida ishtirok etib, natural shaklini saqlab qoladi hamda ularning qiymati ishlab chiqarilayotgan mahsulotga asta-sekinlik bilan qismlarga bo’lib o’tkaziladi. 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish moddiy-texnika bazasining asosi hisoblanadi. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va mehnatning texnik jihatdan qurollanish darajasi asosiy fondlarga bog’liq bo’ladi. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati – bu, ishlab chiqarishning barcha 
zahiralaridan foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotning maksimal hajmidir. 
Ekspluatatsiya jarayonida asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy eskirishga 
uchrab, bu korxona uchun ma’lum bir yo’qotishlarni keltirib chiqaradi. 
Asosiy fondlarning eskirishi bilan bog’liq bo’lgan yo’qotishlarni, ulardan 
foydalanishini yaxshilash, fond qaytimi, smenalik koeffitsienti, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsienti kabi asosiy ko’rsatkichlar darajasini oshirish yordamida kamaytirish mumkin. 
 
Aylanma mablag’lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona 
faoliyatidagi ahamiyati 
 
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy 
fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag’larga ham ega bo’lishlari zarur. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala  fondlarini tashkil qilishga mo’ljallangan pul mablag’laridan iborat. Aylanma  mablag’lar, qoidaga ko’ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko’rinishida  jamg’ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag’lari asosiy fondlarning texnik  holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog’liq. Korxona qanchalik katta va  uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar shunchalik ko’p talab qilinadi. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarish va uning 
uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
“Aylanma mablag’lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham 
ko’p qo’llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo’jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi. Mohiyatiga ko’ra, 
Download 23.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling