Asosiy fondlarni tarkibi, tuzilishi va baholash


Download 43.4 Kb.
bet7/17
Sana03.02.2023
Hajmi43.4 Kb.
#1150549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Rustamboyev Abdulla Kurs ishi

Bu yerda:
Fn – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati;
Fp – yil davomida kelib tushgan (foydalanishga topshirilgan) asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati;
Fv – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo‘q qilingan) asosiy fondlar qiymati;
T1- foydalanishga topshiriluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari amalda bo‘luvchi o‘rtacha muddati (oylarda), qabul qilingandan keyingi oydan boshlab;
T2 – ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo‘q qilingan) asosiy ishlab chiqarish fondlari foydalanilmaydigan o‘rtacha muddat (oylar) chiqarilgan oydan to yil oxirigacha).
Asosiy fondlarni boshlang‘ich yoki tiklanish qiymati bo‘yicha baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy (moddiy) eskirish asosiy fondlarning birlamchi hislatlarini ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo‘qotishdan yuzaga keladi. U asosan bir hilda kechmaydi hamda ko‘p jihatdan iqlimning ta’siri, asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy eskirishni (IF) quyidagi formula asosida hisoblab topish mumkin:
yoki Bu yerda:
Tf - asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qiluvchi muddati;
Tn - asosiy fondlar xizmat qilishi kerak bo‘lgan normativ muddat;
I - hisoblangan amortizasiya summasi (eskirish summasi);
Ps – asosiy fondlarning boshlang‘ich(qayta tashqil qilish) qiymati.
Ma’naviy eskirish - asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo‘qotilishidir. U ikki shaklda yuzaga keladi: birinchi shaklda asosiy fondlar ularning ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida qadrsizlansa, ikkinchi shaklda asosiy fondlarning qadrsizlanishi yangi, fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida, yanada samaraliroq fondlarning paydo bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Asosiy fondlar ma’naviy eskirishining yuqorida keltirilgan shakllarini quyidagi tarzda aniqlash mumkin:



Download 43.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling