Bu yerda:
P - asosiy fondlarning to‘liq boshlang‘ich qiymati;
V - asosiy fondlarning tiklanish qiymati;
Pn- yangi texnikaning unumdorligi.
1.3.-chizma. Asosiy fondlarning eskirish turlari
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, yani jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini iqtisodiy to‘ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizasiya ajratmalarni ayirib tashlaydi hamda bu ajratmalar keyinchalik harajatlar sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Amortizasiya ajratmalari quyidagi formula asosida aniqlanuvchi amortizasiya normalari (Na) asosida amalga oishiriladi:
Bu yerda:
A - amortizasiya ajratmalari;
P - asosiy fondlarning to‘liq boshlang‘ich qiymati.
Yillik amortizasiya ajratmalari (AO) miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Bu yerda:
Rk – asosiy fondlar xizmat qilgan muddat davomida kapital ta’mirlashga sarflangan harajatlar;
M - uskuna, mashina va qurilmalarni, ular xizmat qilgan davr mobaynida modernizasiya qilishga sarflangan harajatlar;
O - asosiy fondlarning qoldiq (likvidasion) qiymati;
T - asosiy fondlarning xizmat qilish muddati, yil.
Amalda amortizasiya mablag’lari asosiy fondlarni to‘liq qayta tiklash (renovasiya), kapital ta’mirlash va uskunalarni modernizasiya qilish uchun alohida ravishda yo‘naltiriladi. Bundan kelib chiqqan holda amortizasiya normasi ikki qismdan - fondlarni renovasiya qilish (Nv) hamda kapital ta’mirlash va modernizasiya qilish (Nr) uchun ajratiluvchi mablag’dan iborat bo‘ladi.
Birinchi holda amortizasiya normasi quyidagi formula:
ikkinchi holda esa:
Do'stlaringiz bilan baham: |