Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi
Aksariyat investorlarni quyidagi masalalar qiziqtiradi
Download 0.61 Mb.
|
Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi va asosiy punkt – loyiha menejmentidir.
- Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish
- Investitsiyalar: manbalari, baholash va samaradorligi .
- Iqtisodiyot uchun
- 12.Kichik kompaniyalarning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakllari.
- 13.Kichik kompaniyalarning faoliyat maqsadlari.
- 14. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tarkibiy jihatdan qayta qurish – kompleks muammo
- 17.Mоliya bоzоrining iqtisоdiyotdagi ahamiyati ,o’rni va rоllari.
- 18…Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va ularni
- Kapital tarkibi ko`rsatkichlari
Aksariyat investorlarni quyidagi masalalar qiziqtiradi:
• jamoaning malakasi, • tavsiya etilgan mahsulot / xizmat uchun bozor imkoniyatlarining mavjudligi • loyihangizning moliyaviy unsurlari. Buni taqdimotni tayyorlashda ham, biznes-rejani ishlab chiqishda ham hisobga olish kerak. Birinchi va asosiy punkt – loyiha menejmentidir. Shuni esda tutish kerakki, investor g‘oyani emas, uni hayotga tatbiq eta oladigan jamoani moliyalashtiradi. Shuning uchun, agar biznes-reja yoki taqdimotni o‘qiyotganda, investor loyiha menejmentidan shubha qilsa, bu u sizning g‘oyangizga investitsiya qilmasligini anglatadi. Bekgraund, jamoangiz a’zolarining tajribasi va malakasi investor uchun taqdimot paytida muhokama qilinadigan dastlabki punktlardan biri bo‘lishi kerak. Agar sizning potentsial hamkoringiz startap menejmentining kerakli malakaga ega bo‘ladi degan qarorga kelsa, siz bilan ishlash imkoniyati sezilarli darajada ortadi. Keyingi masala sizning g‘oyangizni amalga oshirish uchun bozor imkoniyatidir, bu imkoniyat oynasi – windowofopportunity deb ham ataladi. Siz bozorni – iste’molchilar, raqobatchilar, etkazib beruvchilar haqida bilishingizni namoyon etishingiz va nima uchun aynan sizning mahsulotingiz raqobatchilar mahsulotlaridan ko‘ra xaridor tomonidan afzal ko‘rilishini tushuntirishingiz kerak. Investorlarni har doim ishtiyoqmand jamoalarga ega yirik bozorlarga sarmoya kiritish imkoniyati jalb qiladi. Agar siz loyihaga o‘z vaqtingiz va g‘oyangizni emas, balki pulingizni joylashtirmoqchi yoki joylagan bo‘lsangiz, bu sizning biznes muvaffaqiyatiga ishonchingizni ko‘rsatadi va boshqa investorlarini jalb qilish imkoniyatini oshiradi. Investorlar bilan muloqotning dastlabki bosqichlarida loyihadan erta chiqish yoki boshqa korxonalar bilan qo‘shilish / sotish imkoniyatlari haqida so‘z yuritilmasligi lozim. Katta biznesda rivojlanish istiqbollari hisobga olinmagan loyihalar kamdan-kam hollarda venchure kapitalistlarining ijobiy munosabatiga loyiq ko‘riladi. Bunday holda, mahalliy biznes farishtalarini qidirish yaxshi bo‘ladi. Startaplarda ishtiroki masalasiga kelsak, odatda, venchur kapitalistlar sizning biznesingizda 20-25 foiz ulushga ega bo‘lishni xohlashadi, agar bir necha kompaniya investitsiya joylashtirgan bo‘lsa, u holda 15 foizdan. Agar bu erda gap ekma moliyalashtirish haqida ketsa, unda ulushlar 10 foizdan pastga tushirilishi mumkin. boshqaruvchi firmalar8. Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms) investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firma-lardir. Bunday yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar. “Venchur kapitalistlari” (ya’ni “venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Bu kabi firmalar, ko‘pincha, investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) boshqaruvchi kompaniya deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs,firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil firma bo‘lishi yoki boshqa kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, masalan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin. Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish Odatda, foyda deganda xo’jalik yurituvchi subyekt, firma, korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining umumlashtirilgan tarzda baholovchi ko‘rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realizasiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi tushuniladi. Amaliy faoliyatda esa “foyda”ning barcha tushunchalarini quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin: realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat) lar sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida o‘lchanadigan foyda; sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi o‘lchamlarining farqi sifatida o‘lchanadigan faoliyatning ayrim davriga tegishli bo‘lgan foyda (uning kapitallashtirilganligi); foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushunish..Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda xo’jalik yurituvchi subyektlar, ko‘p hollarda, foydaning quyidagi ko‘rinishlariga (tushuncha-lariga) tayanadi:1 asos foyda; 2 balans foyda;3 sof foyda yoki sof daromad. Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tushuniladi. Bu ko‘rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, nomenklatura pozitsiyalari bo‘yicha miqdor va tannarx aniq ma’lum bo‘lmagan paytda keng assortimentli buyumlar tayyorlovchi xo’jalik yurituvchi subyektlar, birlashmalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda analitik metodda aniqlanayotganda qo‘llaniladi.Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning barcha turlari bo‘yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat. Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan tushumdan barcha chegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan so‘ng vujudga kelishi mumkin. Ma’lum bir miqdorda sof foydaning (netto-foydaning) olinishiga erishilsagina tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish o‘zining mazmuniga ega bo‘ladi. Hisobotlarda foyda quyidagi ko‘rinishlarda aks ettirilishi mumkin:1 yalpi foyda;2 operatsion foyda;3 sof foyda. Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foyda va nihoyat, sof foydani formulada quyidagicha ko‘rsatish mumkin:YAF = T – T. Bu yerda: YAF– xo’jalik yurituvchi subyektning yalpi foydasi; T – tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum; T – sotilgan tovarlar, mahsulotlar va xizmatlarning tannarxi.SOF = YAF - TX – BX. Bu yerda: SOF – xo’jalik yurituvchi subyektning sotuvdan olgan foydasi;YAF – xo’jalik yurituvchi subyektning yalpi foydasi; TX – tijoriy xarajatlari;BX – boshqaruv xarajatlari; STF = SOF + BD – BX; Bu yerda: STF– soliqqa tortilgunga qadarning foydasi; SOF– xo’jalik yurituvchi subyektning sotuvdan olgan foydasi; BD – boshqa daromadlari;BX – boshqa xarajatlari;SF = STF– FOS;Bu yerda: SF – xo’jalik yurituvchi subyektning sof foydasi; STF– soliqqa tortilgunga qadar xo’jalik yurituvchi subyektning foydasi; FOS – foydadan olingan soliq; Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uning qolgan qismi xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Investitsiyalar: manbalari, baholash va samaradorligi. Iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni sog‘lomlashtirish uchun jamg‘armalarning ichki kapital qo‘yilmalar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sifatida real investitsiyalarga aylantirilishini (transformatsiyalanishini) hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash muhim hisoblanadi. Xalqaro amaliyotni o‘rganish shundan dalolat beradiki, investitsion loyihalarni moliyaviy tahlil qilish sohasida ularni realizatsiya qilishning maqsadga muvofiqligini asoslash, ekspertizalarni o‘tkazishning roli o‘sib bormoqda. Bu muammoni hal etish xalqaro andozalari-ning mujassamlashgan shakllari YUNIDO metodikasida o‘z aksini topgan. Shuning uchun ham, ularni har bir mamlakatning xo‘jalik sharoitlariga moslashtirish kerak. Bunda joylashtiriladigan mablag‘larning qoplanishi va avanslashtirilgan kapitalga investor tomonidan talab qilinadigan daromad normasini olish bo‘yicha investitsion takliflarni sifat jihatdan ekspertiza qilish muhim. Ana shu yo‘nalishda investitsion loyihalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va uning raqobatbardoshligi, shuningdek, vakolatli bankning kafolatini xarakterlaydigan tegishli ekspert xulosalariga baho berishning ahamiyati ortadi. Investitsion loyihani texnik-iqtisodiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy jihatdan asoslashda obyektiv moliyaviy tahlil muhim ahamiyatga ega. Loyihani ishlab chiqarish jarayoni g‘oyaning paydo bo‘lgan vaqtidan xo’jalik yurituvchi subyekt ishga tushirilgunga va quvvatlar o‘zlashtirilgunga qadar uch bosqichdan iborat bo‘ladi: tayyorgarlik ko‘rish bosqichi; investitsion bosqich; operatsion bosqich. Moliyalashtirish shakllarining turli-tumanligi o‘zgarib turishi mumkin. Biroq ular tushumlar va asosiy xarajatlarning ta’minlanganligi uchun etarli bo‘lishi kerak. Ko‘p hollarda loyihani ishlab chiquvchilar investorlar va kreditorlarga uning jozibadorligini ta’minlash maqsadida loyihaning qiymatini pasaytirishga harakat qiladilar. Shu munosabat bilan moliyaviy ekspertning vazifasi loyiha yoki kompaniyaning kapitalga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojini aniqlashdan iborat. Shuning uchun ham, moliyaviy tahlilda investitsion qo‘yilmalarni iqtisodiy baholashning ko‘p sonli metodlari ishlab chiqilganki, ularning har biri, o‘z navbatida, afzalliklarga va kamchiliklarga ham ega. Bu ko‘rsatkichlar tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:NVP – kapital qo‘yilmalarning sof keltirilgan qiymati;IRR – ichki foyda normasi; qoplanish muddati. Ishlab chiqarishni yangilash dasturlari va innovatsion loyihalarning investitsion samaradorligi kapital qo‘yilmalar to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda mavjud bo‘lmagan omillarga ham bog‘liq. Iqtisodiyotning har bir tarmog‘ida ana shunday omillar to‘plami mavjud. Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining ahamiyati va kichik biznes tushunchasining mohiyati; Hozirgi sharoitda kichik biznes tushunchasi juda ko‘p qirrali sanaladi. Ko‘pincha ta’rif berishda ishchilar soni, qo‘yilgan mablag‘larning umumiy hajmi va savdo aylanmasi hajmi kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Biz ko‘rib chiqadigan kompaniyalar shakllari asosan quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar: -bunday kompaniyalar juda mayda korxonalarga qaraganda ancha barqaror. -ularning qimmatli qog‘ozlari shakllangan kapital bozoridan hech birida kotirovka qilinmaydi, samarali bozorlarga tarqatilmaydi. -aktsionerlik kapitalga egalik qilish va o‘z-o‘zidan uning ustidan nazoratni olib borish shuxslar guruhining birlashgan o‘zaro aloqasi orqali amalga oshiriladi: Kichik kompaniyalar ancha moslashuvchan tuzilma sifatida o‘zlarini taqdim qiladilar. Autsorsing qoidaga ko‘ra kichik biznes kompaniyalari uchun zarur bo‘lib, ulardan har biri ma’lum tovar yoki xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Autsorsing nafaqat kichik kompaniyalarning mahsulot ta’minoti bozorini yaratadi balki iqtisodiyotning mazkur tarmog‘iga ishchi kuchi oqimini ham keltiradi . ushbu tendentsiya yirik kompaniyalar korxona faoliyatining muhim shakllari bilan bog‘liq bo‘lmagan malakaga ega hodimlardan saqlanishi bilan tushuntiriladi. Divestitsiya amaliyoti shuni tasdiqlaydiki kichik kompaniyalarning muhim faoliyat tarmoqlarida roli va to‘planishi oshib bormoqda. Kichik kompaniyalarga nisbatan afsuslanarli dalil mazkur tarmoqdagi muvaffaqiyatsizliklar darajasi va omadsizliklardir.2001-yilda Angliya banki kichik kompaniyalarning yashovchanlik statistikasini e’lon qildi. Bozordagi faoliyatining to‘rtinchi yili tugaganda faqatgina 42% yangi kompaniyalar yashab qolgan. Kichik kompaniyalarning bankrotlik chastotasi pasayishi, ular faoliyat davomiyligi oshishiga qaramasdan to‘rt yildan so‘ng ko‘pincha barcha kompaniyalar bankrotlik bilan to‘qnash keladilar. Shunday tarzda bankrotlik amalda me’yoriy holat bo‘lib, u yangi kompaniyalar uchun muqarrar hodisa sanaladi . ammo barcha yangi kompaniyalar ham kichik hisoblanmaydi. 12.Kichik kompaniyalarning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakllari. Kichik kompaniyalar mas’uliyati cheklangan xususiy kompaniyalar shaklida tashkil qilinadi. Mohiyatiga ko‘ra mazkur tashkiliy-huquqiy shakl jamoat kompaniyalaridan hech qanday farq qilymadi. Ular o‘rtasidagi tafovut quyidagilardan iborat:Xususiy kompaniyalar uchun minimal miqdor belgilanmaydi; jamoat kompaniyalari kamida 50000 f.st miqdoridagi ustav kapitalga ega bo‘lishlari kerak, shundan kamida 25% i to‘liq to‘langan bo‘lishi shart.Xususiy kompaniya o‘lchamiga nisbatan hech qanday yuqori chegara mavjud emas.Xususiy kompaniyalar o‘z aksiyalarni ko‘chirishni cheklash huquqiga ega bo‘ladilar. Kompaniya ustavida direktorga aksiyalarni berishni ro‘yxatdan o‘tkazishdan o‘z istagiga ko‘ra voz kechish huquqini beruvchi modda bo‘lishi mumkin.Xususiy kompaniyalar har yillik hisobotlarini e’lon qilishlari kerak, ochiq aktsionerlik jamiyatlar esa ancha boshqacha tarzda hisobotlar topshiradilar.Xususiy kompaniyalar nomida limited so‘zi yoki uning qisqartmasi Ltd bo‘ladi; mas’uliyati cheklangan hissadorlik kompaniyalari nomi plc qisqartmasini o‘z ichiga olishi kerak 13.Kichik kompaniyalarning faoliyat maqsadlari. Yirik kompaniyalarga nisbatan biz shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, farovonlikni maksimallashtirish – ko‘plab kompaniyalar maqsadlari uchun mos tushuvchi tuzilmadir. Kichik kompaniyalar uchun bu tendentsiya qanchalik xos ? Yirik kompaniyalarda menejerlar qoidaga ko‘ra yirik aktsioner bo‘lmaydilar, shu sababli mazkur ikki guruh maqsadlari o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lishi mumkinKichik kompaniyalardagi menejer va aktsionerlar – bir yoki o‘xshash guruh odamlar bo‘lib, ular o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Shunday tarzda agentlik muammolar va u bilan bog‘liq salohiyatli xarajatlar qoidaga ko‘ra kichik kompaniyalar rivojiga amalda ta’sir ko‘rsatmaydi. Shundan kelib chiqib, modomiki menejerlar ma’lum mulk ulushiga ega bo‘lgan aktsionerlar hisoblansa farovonlikni maksimallashtirish maqsadiga muvofiq qarorlar qabul qiladilar.Kichik kompaniyalarning boshqa maqsadlari bo‘lishiga qaramasda farovonlikni maksimallashtirish maqsadini hisobga olmasdan qarorlar qabul qilish doimo imkonsizdir. Farovonlikni pasayishiga olib keluvchi bir qator qarorlar qabul qiluvchi kompaniyalar ertami kechmi bankrotlikka duch keladilar.Shunday xulosa qilishimiz mumkinki boylikni maksimallashtirish maqsadi kichik kompaniyalar uchuBir necha yil mobaynida Buyuk Britaniyada hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan bir qator tadqiqotlar o‘tkazildi, ularning ko‘p qismi kichik biznes kompaniyalarini moliyalashtirishga tegishli edi; masalan 1980-yilda Uilson qo‘mitasi moliyaviy institutlar faoliyatini tahlil qildi. Har bir tadqiqot u yoki bu miqdorda kichik kompaniyalar uchun tashqi moliyaviy manbalarni jalb qilish yirik biznesga qaraganda qatta qiyinchiliklar bilan sodir bo‘lishi va ancha qimmat turishini aniqladi. Shuning uchun ular asosan o‘z faoliyatidan olingan pul mablag‘laridan foydalanishga majbur. Yirik kompaniyalar asosiy moliyalashtirish manbasi sifatida taqsimlanmagan foydaga kuchli bog‘liq bo‘ladi, qimmatli qog‘ozlar so‘nggi yillar uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishning umumiy hajmining 25% ni tashkil qiladi.Shubhasiz, kichik biznes korxonalari moliyalashtirish olishda ayrim muammolar bilan haqiqatda to‘qnash kelmoqdalar. Kichik biznes tarmog‘ida o‘tkazilgan turli xil tadqiqotlar to‘g‘risidagi ma’ruza natijalari kichik biznes uchun tashqi moliyalashtirish amaliyotlarini engillashtirishda ko‘p sonli loyiha hamda agentlarni tashkil qilishga turtki berdi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar kichik kompaniyalar uchun mumkin bo‘lgan moliyalashtirish manbalari ko‘p emasligini aniqladi, bunday manbalar mavjudligi to‘g‘risida esa kichik kompaniyalar rahbarlari etarlicha xabardor emas. Buyuk Britaniyada kichik biznes faoliyatidagi axborot bo‘shliqlarini bartaraf qilishga zarurat aniqlandi . 14. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tarkibiy jihatdan qayta qurish – kompleks muammo Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasini qayta qurish jarayonida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ilg‘or sifat takror ishlab chiqarish siljishlariga, bevosita tovar ishlab chiqaruvchilarning investitsion va moliyaviy faoliyatini ta’minlashda, bozor sharoitida ularning samarali ishlashlariga erishish uchun kompleks choralar tizimini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun uning xom ashyo yo‘nalishiga ega ekanligini o‘zgartirish strategik nuqtai nazardan uzoq muddatli ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bu yuqori texnologik yangi ishlab chiqarishni tashkil etish, qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni yuqori sur’atlarda rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi dasturni amalga oshirish zarurligini taqozo etadi. Sanoatni xom ashyoni kompleks chuqur qayta ishlashga yo‘naltirish asosida va bozorlarda yuqori texnologiyali mahsulotlarning sotilishini oshirishsiz samarali taraqqiyotga yerishib bo‘lmaydi. Bu taraqqiyotning innovatsion-investitsion tipiga o‘tish maqsadida qo‘shimcha moliyaviy resurslarni olish uchun samarali yo‘l hisoblanadi. Mashinasozlik va metalni qayta ishlashni yuqori sur’atlarda rivojlantirish xo’jalik yurituvchi subyektlarning tarkibiy tuzilmasini qayta qurishda ustuvor vazifadir. Takror ishlab chiqarishning intensiv tipiga o‘tish ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirishda mashinsozlik ta’sirining o‘sishini talab qiladi. Iqtisodiyotning mashinasozlik tarmoqlari esa moliyalashtirishning yangi manbalarini jalb qilish asosida ishlab chiqarishning texnologik jihatdan yangilanishini kuchaytirishga yehtiyoj sezadi.Mashinasozlik kompleksini rivojlantirish uchun mashina va asbob-uskunalarning mustahkamligi va sifatini oshirish, mashinasozlik buyumlarining absolyut va nisbiy salmog‘ini (texnik o‘lcham birligiga nisbatan) kamaytirish yo‘li bilan mahsulotlarning metall va energiya sig‘imlarini kamaytirish muhim hisoblanadi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligiga javob beruvchi ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish uzoq muddatli investitsion va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq. Xuddi shu maqsadlarga kichik biznesni samarali rivojlantirish ham xizmat qiladi. Ishlab chiqarishning fan sig‘imini oshirish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha kompleks choralar alohida ahamiyatga ega. Marketing sohasida ta’sirchan (harakatchan) siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan yangilash va mahsulotlar yangi turlarini o‘zlashtirishning oqilona strategiyasini tanlash kerak. Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish zamonaviy bozor infratuzilmasini yaratish, xususan, iqtisodiyotning transportkommunikatsion kompleksini rivojlantirish bilan o‘zaro bog‘langan. Uning vazifasi transport chiqimlarini qisqartirish va xizmatlarning sifatini oshirish hisobidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida transport xarajatlarini kamaytirishdan iborat.Xalqaro andozalarga mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishning murakkabligini inobatga olgan holda dunyo ishlab chiqaruvchilarining markasidan foydalanib qo‘shma xo’jalik yurituvchi subyektlarga asos solish va ularning rivojlanishini ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega. 15. Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi. Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat ijroiya organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular ma’lum darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar Mamlakatimizda Markaziy bankning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: narxlari barqarorligi; bank tizimining barqarorligi va rivojlanishi; to‘lov tizimining barqarorligi va rivojlanishi Bundan tashqari, Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: pul-kredit siyosati va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish; bank tizimining barqarorligini ta'minlash, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatiga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'minlash; banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish; banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolarini nazorat qilish; bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilishni ta'minlash, aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish; bank, pul-kredit statistikasi shakllantirish va e'lon qilish; tashqi sektor statistikasi, shu jumladan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzlari, zaxiraviy aktivlari va valyuta kurslarini shakllantirish va e'lon qilish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini boshqarish, hisobga olish va saqlash. Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas: moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish; tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish; uchinchi shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish; banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitalida ishtirok etish, bunda valyuta birjasi kapitallaridagi ishtirok etish istisnodir. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hisobot beradi. 16.Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan: -xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi; -jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi; -jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi. 17.Mоliya bоzоrining iqtisоdiyotdagi ahamiyati,o’rni va rоllari. Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog’liq asosiy vazifalari asosida bеlgilanadi: iqtisodiyotning rеal sеktoriga invеstitsion moliya rеsurslarni samarali jalb qilinishi; kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi; davlat budjеtiga hizmat ko’rsatishi, uning kamomatini (dеfitsitini) qoplash uchun pul mablag’larini samarali jalb qilinishi; iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi; inflyatsiya sur’atlari (tеmplari) va valyuta kurslari o’zgarishiga opеrativ ta’sir ko’rsatilishi; davlatning krеdit - pul va budjеt - soliq siyosatini ob’еktiv va mutanosiblikda olib borilishi; mulkka egalik xuquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi; jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni intеgrallashuvi. Moliya bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyasi asosida uning o’rni va rolini makroiqtisodiy pozitsiyadan ko’rish muhim ahmiyatga ega. Bu tеngliklar mamlakatda daromadlar va harajatlar o’rtasidagi ichki makroiqtisodiy disbalansni tashqi disbalans bilan bog’liqligini bildiradi. Ikkala disbalans ham jamg’armalar va invеstitsiyalar o’rtasidagi disbalansga olib kеladi, dеmak, ular iqtisodiy o’sishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bunda esa moliya bozorining qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi roli bеqiyosdir. Chunki aynan moliya bozori yordamida jamg’armalar shakllanadi va ular samarali invеstitsiyalarga aylanadi. Qisqa davr ichida iqtisodiy o’sish moliya bozori orqali mavjud moliyaviy rеsurslardan samarali foydalanish hisobiga erishiladi. Ammo uzoq muddatli davrda iqtisodiy o’sish ishlab chiqarish qimmatlarini invеstitsiyalar hajmini kеngaytirish yo’li bilan modеrnizatsiyalashuvi va oshirilishini talab etadi. Makroiqtisodiy barqarorlik sharoitida invеstitsiyalarga bo’lgan talab esa moliya institutlari yordamida ichki va tashqi jamg’armalar hisobiga qoplanadi. Bundan ayon bo’ladiki, moliya bozori moliyaviy rеsurslarni (jamg’armalarni) iqtisodiyotda samarali (effеktiv) taqsimlash va qayta taqsimlash funktsiyasini amalga oshiradi va iqtisodiyot holati “baromеtri” rolini bajaradi. Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog‘liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi: -iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi; -kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi; -davlat byudjetiga hizmat ko‘rsatishi, uning kamomatini (defitsitini) qoplash uchun pul mablag‘larini samarali jalb qilinishi; -iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi; -inflyatsiya sur’atlari (templari) va valyuta kurslari o‘zgarishiga operativ ta’sir ko‘rsatilishi; -davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini ob’ektiv va mutanosiblikda olib borilishi; -mulkka egalik xuquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi; -jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi. 18…Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va ularni oshirish yo‘llari. Tashqi subyektlar birinchi navbatda хo`jalikning moliyaviy holatini ifoda etuvchi ko`rsatkichlarga e’tibor qaratadilar. Bu ko`rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - kapital tarkibi ko`rsatkichlari; - to`lovga qobillik (likvidlik) ko`rsatkichlari; - ish faolligi ko`rsatkichlari; - rеntabеllik ko`rsatkichlari. Kapital tarkibi ko`rsatkichlari korхonalarga uzoq muddatli moliyaviy mablag`lar (qo`yilmalar) kiritgan krеditorlar va invеstorlarning himoyalanish darajasini aks ettiradi. U korхonaning uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ifodalaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling