Vujudga kelish joyiga qarab xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:
-ichki;
Natijasining muhimligiga ko‘ra moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’ sirini ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdan tashkil topadi: -asosiy omillar; -ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan omillar.
Tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha xo’jalik yurituvchi subyektlarlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdagi omillardan tarkib topadi:
-oddiy; -murakkab.
Harakat etish davriga muvofiq moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi omillarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
-doimiy; -vaqtinchalik.
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omillarga quyidagi- larni kiritish mumkin:
- xo‘jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlari ta’siri; - davlatning soliq va kredit siyosati;
- iste’molchilarning to‘lovga layoqatli talabi va daromadlarining darajasi;
- jamiyatda texnika taraqqiyoti, texnika va texnologiyalarning umumiy darajasi;
- tashqi iqtisodiy aloqalarning darajasi;
- xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha qonunchilik aktlari; - va boshqalar.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga bog‘liq ravishda u quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
-ichki barqarorlik; -tashqi barqarorlik; -umumiy barqarorlik.
20..Moliyaviy bozorining mazmun-mohiyati va ahamiyat
Moliyaning bajaradigan funksiyasi nuqtai nazaridan moliya tizimining vazifasi bozor iqtisodiyotidagi transaksiyalarga hizmat ko‘rsatish, jamg‘armalarni jamlash va taqsimlashdir.
Bozorning eng yuqori darajada rivojlangan turi moliya bozori hisoblanadi.
Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini insoniyat jamiyatida pulning paydo bo‘lishi va u bilan bog‘liq bozor munosabatlari amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko‘rish mumkin.
moliya bozori – bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq tashkillashgan iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot sub’ektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo‘luvchi tizim.
Do'stlaringiz bilan baham: |