Asosiy makroiktisodiy ko`rsatkichlar va ularni xisoblash reja


O`zbekiston Respublikasida YAIMning foydalanish tarkibi (%)


Download 158.01 Kb.
bet5/11
Sana22.06.2023
Hajmi158.01 Kb.
#1647607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ASOSIY MAKROIKTISODIY KO

O`zbekiston Respublikasida YAIMning foydalanish tarkibi (%)

Davr

YAkuniy iste`mol xarajatlari jami, %

YAlpi jamgarish

Sof eksport

Xususiy

Davlat

Asosiy kapitalga yalpi ichki investitsiya

Zaxiralarning o`zgarishi va boshkalar

2000

61,9

18,7

24,0

-4,4

-0,2

2001

61,5

18,5

27,9

-6,8

-1,1

2002

60,2

18,0

22,1

-0,9

0,6

2003

55,6

17,5

21,0

-0,3

6,2

2004

51,7

17,1

22,1

1,8

7.3

Manba: «O`zbekiston iktisodiyoti» Taxliliy sharx.
O`zbekiston Respublikasi iktisodiyot vazirligining SISM nashri,
«№ 8,mart 2005 ,17 bet
Tovarlar va xizmatlarning davlat xaridi YAIMdagi salmogi jixatidan uchinchi pogonada bo`lib, 2004 yilda YAIMning 17,1 %ini tashkil etgan.
Eksport xajmining keskin o`sishi va 2004 yilda tashki savdoda 1,03 mlrd. AKSH dollariga teng ijobiy koldikka erishilishi tufayli sof eksportning YAIMdagi ulushi ko`tarilib 7,3 foizni tashkil etdi.
5. YAIMni daromadlar(taksimot usuli) bo`yicha xisoblash.
YAIMni daromadlar bo`yicha aniklashda yakuniy maxsulotni ishlab chikarish jarayonida rezident-ishlab chikarish birliklari tomonidan, ko`shilgan kiymatlar xisobidan, to`langan dastlabki daromadlar ko`shib chikiladi.
YAMMni daromadlari yigindisi ko`rinishida xisoblashda asosan kuyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliklar (Tn) – bilvosita soliklar(ko`shilgan kiymat soligi, aktsizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar xajmlari o`rtasidagi fark;
yollanma ishchilarning ish xaklari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga xisoblagan barcha turdagi mexnat xaki to`lovlarining nominal mikdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish xaki fondiga nisbatan xisoblanib to`lanadigan ijtimoiy sugurta ajratmalari. O`zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish xaki fondiga nisbatan 31% bo`lgan bo`lsa. 2006 yildan boshlab 25 % kilib belgilandi
Korporatsiyalarning yalpi foydasi nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar- kichik xajmdagi, uy xo`jaliklariga tegishli korxonalar bo`lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish xaki elementlari o`zaro ko`shilib ketgan bo`ladi. Bu xolat aralash daromad atamasini ko`llashga sabab bo`ladi.

Download 158.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling